Xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar haqida maqola

Xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar haqida maqola

Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar “Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash” nomi bilan qayta tashkil etilgan institutimiz jamoasi zimmasiga ham mas’uliyatli vazifalarni yukladi.

Tizimni o‘zgartirishni o‘zimizni o‘zgartirishdan boshladik
Institutning faqat nomigina emas, maqsad-vazifalari ham o‘zgardi. Faoliyat doirasi kengaydi, shuningdek, jamoa tarkibi yangi-malakali kadrlar bilan mustahkamlandi. Institutning yangi funksional vazifalaridan kelib chiqib, Davlat xizmatlari agentligining ochiq tanlovi orqali, suhbat asosida, yuqori salohiyatli kadrlarni tanlab olish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Institutning maqomi, maqsad va vazifalari o‘zgargani uning imidjida ham o‘z aksini topdi. Ya’ni, uning ramziy belgilari ؅ — brendi va logotipi qayta yaratildi. Yangi brendida institut nomi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan o‘zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy shaxsi ismining bosh harflari AA, bonet va pero belgilari aks ettirilgan.
Institutimiz o‘z faoliyatini “Shaffoflik, adolat, sifat va hisobdorlik” shiori asosida tashkil qilib, amalga oshirilayotgan ishlari haqida keng jamoatchilikni va, ayniqsa, ko‘p ming sonli xalq ta’limi xodimlarini tezkor ravishda xabardor qilib turish va ularning fikrini o‘rganish hamda natijalar sarhisobini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish ishlarini yo‘lga qo‘ydi.
Qisqa fursatda institut faoliyati to‘g‘risidagi axborot, e’lon va tezkor yangiliklarni yoritib boruvchi  o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy veb-sayti — avloniy.uz ishga tushirildi. Institut istalgan ommaviy axborot vositasi uchun ochiq tashkilotga aylandi.
Institutimiz faoliyatidagi o‘zgarishlarning asosiy maqsadi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar  ishlab chiqish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish orqali xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini amalda joriy etishdan iborat bo‘lgani bois, belgilangan vazifalar ijrosi muammolar tahlilidan boshlandi.
Muammolar va ularning yechimlari
Institutning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ko‘p ming sonli xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi faoliyatiga bo‘lgan munosabati o‘rganildi hamda o‘rganish natijalari ilmiy tahlil qilindi.
Tahlil natijalari mavjud muammolarning aksariyati malaka oshirishni tashkil etish bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi.
Xalq ta’limi xodimlarining umumiy va xususan pedagogik kadrlar malakasini oshirishning sovet davrida belgilangan tashkiliy tamoyillari ob’ektiv muammolar manbai hisoblanadi. Ushbu tamoyillarga muvofiq, ta’lim muassasalarining rahbarlari 3 yillik, pedagogik xodimlar esa 5 yillik davriylik asosida 144 soatlik o‘quv dasturi bo‘yicha, asosan, ish va yashash joyidan ajralgan holda malaka oshirishlari shartligi belgilangan. Chunki, kurslar viloyat markazlarida joylashgan malaka oshirish hududiy markazlari tomonidan tashkil etiladi. Bu esa malaka oshirayotgan o‘qituvchilarni boshqa o‘qituvchilar bilan almashtirish, o‘qituvchini oilasi va yashash joyidan yiroq ketishi, qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni keltirib chiqarayotgan edi. Shu sababdan ham o‘qituvchilar malaka oshirish kurslariga xohlamasdan borar, iloj topsa bormaslikka harakat qilishardi.
Tadqiqotlar shuningdek, ayrim o‘qituvchilarda kasbiy bilim va ko‘nikmalarning yetishmasligi bilan bog‘liq sub’ektiv muammolarni ham ko‘rsatdi. Bu esa kasbiy mahoratni oshirish bo‘yicha mustaqil o‘qish, o‘rganish ko‘nikmasining yetishmasligidan dalolat beradi. Xodimlarning kasbiy tayyorgarlik saviyasini o‘rganish uchun tasodifiy tarzda tanlangan o‘qituvchilar va maktab rahbarlarining yarmidan ko‘pi mutaxassislik (o‘qituvchilar) va boshqaruv (maktab direktorlari) bo‘yicha juda sayoz bilimga ega ekanliklari ma’lum bo‘ldi.
Sub’ektiv tavsifga ega bo‘lgan ushbu muammoning kelib chiqishi yuqorida qayd etilgan ob’ektiv muammoning salbiy ta’siri bilan izohlanadi. O‘qituvchilar va maktab direktorlarining yomon ko‘rsatkichlari nafaqat o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishning yetishmasligi, balki xalq ta’limi muassasalari xodimlari malakasini oshirish davriyligi bilan ham bog‘liq. 3–5 yil davriylikda amalga oshiriladigan malaka oshirish kursi ta’lim sohasidagi bilimlar yangilanishining zamonaviy sur’atlariga munosib tayyorgarlikni ta’minlab berolmaydi. Kurslarda olingan bilimlar tezda eskiradi, bu esa o‘qituvchilarning taraqqiyotdan orqada qolishiga va o‘qitiladigan fani, o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari bilan bog‘liq yangiliklardan bexabar bo‘lib qolishiga olib keladi.
Yuqoridagi muammolar va ularning kelib chiqish sabablari yuzasidan olingan tadqiqot natijalari mamlakatimiz rahbariyati tomonidan malaka oshirish tizimini davriylikdan uzluksiz faoliyatga o‘tkazish, ya’ni xalq ta’limi xodimlarining davriy malaka oshirishdan uzluksiz kasbiy rivojlantirishga o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalarning qanchalik dolzarb ekanligini yana bir bor isbotladi.
Muammolar va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘rganish natijalarini ilmiy tahlil qilish asosida xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish tizimini davriylikdan “Hayot davomida o‘qish” tamoyiliga asoslangan holda uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini joriy etish mexanizmlari ishlab chiqildi. Ushbu mexanizm xalq ta’limi xodimlarini har yili malaka oshirishga jalb qilish va bunda pedagog xodimlarni kamida 36 soat, rahbar xodimlarni esa 30 soat o‘qitishni nazarda tutadi. Malaka oshirishning tashkiliy shakl va vositalarini ham zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda kengaytirish, takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.
Ayubxon RADJIYEV,
Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish
va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot
instituti rahbariO‘

Manba: yuz.uz


Реформы в системе образования также возложили на коллектив нашего реорганизованного института задачу «Изучение проблем и перспектив народного образования имени Абдуллы Авлони».

Мы начали с изменения системы, изменив себя
Изменилось не только название института, но и его цели. Расширилась сфера деятельности, а коллектив пополнился новыми квалифицированными кадрами. Исходя из новых функциональных обязанностей Института, налажена практика подбора высокопотенциальных кадров на основе собеседования посредством открытого конкурса Агентства государственных услуг.
Изменение статуса, целей и задач института отражается на его имидже. То есть воссозданы его символы ؅ — бренд и логотип. На новом бренде присутствуют инициалы АА, чепчик и перья имени узбекского просветителя Абдуллы Авлони, неразрывно связанного с названием института.
Наш институт строит свою деятельность исходя из девиза «Прозрачность, справедливость, качество и подотчетность», оперативно информировать широкую общественность и, в частности, тысячи общественных педагогов о своей работе и изучать их взгляды, а также широкие средства массовой информации охват результатов.
За короткий срок был запущен официальный сайт на узбекском, русском и английском языках — avloniy.uz, на котором размещена информация, объявления и последние новости о деятельности института. Институт стал открытой организацией для любых СМИ.
Основной целью изменений в деятельности нашего института является изучение существующих проблем в системе переподготовки и повышения квалификации работников народного образования, разработка научно обоснованных предложений по их решению, координация деятельности других образовательных учреждений, работающих в Так как стоит задача реализовать на практике систему непрерывного профессионального развития персонала, реализация поставленных задач началась с анализа проблем.
Проблемы и их решения
Через официальный сайт института и его страницы в социальных сетях было изучено отношение тысяч работников народного образования к деятельности системы переподготовки и повышения квалификации, проведен научный анализ результатов исследования.
Результаты анализа показывают, что большая часть существующих проблем связана с организацией обучения.
Источником объективных проблем являются организационные принципы советского времени, повышающие квалификацию народных педагогов вообще и учителей в частности. В соответствии с этими принципами руководители образовательных учреждений обязаны повышать свою квалификацию по 144-часовой программе обучения с периодичностью в 3 года, а педагогические работники — с периодичностью в 5 лет, преимущественно вне места работы и жительства. Потому что,Курсы организуют региональные центры повышения квалификации, расположенные в областных центрах. Это привело ко многим проблемам, связанным с заменой штатных учителей другими учителями, удаленностью учителя от семьи и места жительства, дополнительными финансовыми затратами. Именно поэтому учителя неохотно идут на курсы повышения квалификации и стараются туда не ходить.
Исследования также выявили субъективные проблемы у некоторых учителей из-за отсутствия профессиональных знаний и навыков. Это свидетельствует об отсутствии навыков самостоятельного чтения и изучения для повышения профессиональных навыков. Более половины учителей и руководителей школ, отобранных случайным образом для оценки уровня профессиональной подготовки кадров, оказались очень поверхностными познаниями по специальности (учителя) и менеджменту (директора школ).
Происхождение этой проблемы, носящей субъективный характер, объясняется негативным влиянием упомянутой выше объективной проблемы. Плохая работа учителей и директоров школ связана не только с отсутствием стремления к самосовершенствованию, но и с отсутствием периодичности обучения работников народного образования. Курс повышения квалификации, длящийся 3-5 лет, не обеспечивает адекватной подготовки к нынешним темпам обновления знаний в образовании. Знания, полученные на курсах, быстро устаревают, что приводит к отставанию учителей в развитии и незнанию новшеств в предмете, методах обучения и образовательных технологиях.
Результаты изучения вышеперечисленных проблем и их причин показывают актуальность поставленной руководством страны задачи по периодическому совершенствованию системы повышения квалификации, т. е. перехода от периодического обучения к непрерывному повышению квалификации работников народного образования. .
На основе научного анализа результатов изучения проблем и их причин разработаны механизмы внедрения системы непрерывного профессионального развития по принципу «обучения на протяжении всей жизни» в систему повышения квалификации работников народного образования. Механизм предусматривает ежегодную подготовку государственных педагогов, при этом не менее 36 часов обучения для педагогов и 30 часов для администраторов. Разработаны предложения по расширению и совершенствованию организационных форм и средств повышения квалификации с использованием современных информационно-коммуникационных технологий.
Аюбхон РАДЖИЕВ,
Изучение проблем народного образования имени Абдуллы Авлони
и исследования для определения перспектив
начальник института

Источник: юз.уз.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: