Ta’lim sifatini oshirish strategiyasida kadrlar siyosati

Ta’lim sifatini oshirish strategiyasida kadrlar siyosati

«Yangi O‘zbekiston» gazetasining shu yil 13 sentabr sonida Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Ayubxon Radjiyevning «Ta’lim sifatini oshirish strategiyasida kadrlar siyosati» nomli maqolasi chop etildi. Quyida uni o‘qishingiz mumkin.

Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali yig‘ilishda Prezidentimiz ta’lim sohasini rivojlantirishni asosiy vazifalardan biri sifatida qayd etib, jumladan, shunday dedi: “Ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratishni izchil davom ettiramiz. Buning uchun maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqiladi”.
Haqiqatan ham, sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli ta’limni rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ushbu izchillik jabhada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda sohaga qaratilayotgan e’tibor ko‘lami yildan-yilga kengayib borayotgani, o‘qituvchilarga ko‘plab imtiyoz va yengilliklar yaratilayotgani haqida ko‘p gapiryapmiz. Biroq soha xodimlarining bunga javobi qanday bo‘lyapti?
O‘qitish sifati pedagoglar saviyasiga bog‘liq
Har yili avgust oyining oxirida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari natijalari tahlili e’lon qilinadi. Abituriyentlarning test sinovlaridagi ko‘rsatkichlari to‘p langan ballarga qarab guruhlanib, 56 balldan past natija ko‘rsatganlar soni va ularning barcha abituriyentlarga nisbatan salmog‘i ko‘rsatiladi. Oxirgi yillarda mazkur ko‘rsatkich jami abituriyentlarning qariyb yarmini tashkil qilmoqda. Bu esa maktab bitiruvchilarining 50 foizi talab qilinadigan bilimning bor-yo‘g‘i yarmiga ega ekani, ya’ni maktablarimizda sifatli ta’lim berilmayotgani haqidagi mulohazalarga sabab bo‘ladi. Albatta, qabul imtihonlarida ishtirok etayotganlarning hammasi ham maktab bitiruvchilari emas, biroq salmoqli qismini joriy yoki undan oldingi yilda maktabni bitirganlar tashkil qiladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarning past natija ko‘rsatishi maktablarimizdagi ta’lim sifatida ayrim muammolar borligini namoyon qiluvchi yagona holat emas. 2019 yili Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayoniga jalb qilingan o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi o‘zi dars beradigan fandan qoniqarsiz natija ko‘rsatgan. Yomoni, mazkur o‘qituvchilarning o‘quvchilari ham tegishli fanlardan juda past ball to‘plagan.
Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti oxirgi ikki yilda o‘tkazgan tahlillar biologiya o‘qituvchilarining 90,6 foizi, fizika o‘qituvchilarining 97,6 foizi o‘z fanidan juda ham sayoz bilimga ega ekanini ko‘rsatdi.
O‘zida yo‘q bilimni birovga berib bo‘lmaydi
Maktablarimizda o‘qituvchilar kasbiy mahoratining pastligi, ta’lim sifati talab darajasida emasligi, bitiruvchilarning bilimi yetarli bo‘lmagani uchun oliy ta’lim muassasalariga kirolmayotgani, sifat tarkibi yuqori bo‘lmagan abituriyentlardan shakllantirilgan talabalardan tayyorlangan o‘qituvchilarning yetarli darajada raqobatbardosh emasligi kabi muammolar asosiy masala o‘qituvchining tajribasi va mahorati bilan bog‘liqligini ko‘rsatyapti. Chunki maktabdagi ta’lim sifati undagi o‘qituvchilar saviyasidan yuqori bo‘lolmaydi.
Ta’lim sifatiga ta’sir qiluvchi boshq a omillar borligini ta’kidlovchi fikr lar ham ko‘p bildiriladi. Shulardan biri — sinflarda o‘quvchilar sonining ko‘pligi. Yuzaki qaraganda kam sonli o‘quvchilarni o‘qitish ko‘p sonli o‘quvchilarga dars berishdan ko‘ra, osonroq tuyuladi. Biroq bu kam sonli bolalarning ta’lim sifati yuqori bo‘ladi, degani emas.
2000 yillarning boshida ta’lim islohotini boshlagan rivojlangan mamlakatlarda sinflardagi o‘quvchilar sonini kamaytirish o‘qitish sifatini ta’minlashning yo‘llaridan biri hisoblangan. Keyingi tahlillar bunday yondashuv kutilgan natija bermaganini ko‘rsatdi. Yevropa Ittifoqining deyarli barcha va Osiyo mintaqasining bir qator davlatlari ana shu yo‘ldan borib, ta’limga xarajatni sezilarli darajada oshirgan. Biroq ularning faqat bir nechtasi ta’lim sifatining sezilarli yaxshilanishiga erishgan, aksariyatida o‘qitish sifati o‘zgarmasdan qolgan yoki hatto pasaygan.
AQSHning bir nechta shtati va shaharlarida, shuningdek, Singapur va Janubiy Koreyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar o‘rtacha qobiliyatga ega yetti-sakkiz yoshli ikki o‘quvchiga bir-biridan juda farq qiladigan (yuqori va past saviyali) o‘qituvchilar biriktirilsa, uch yildan keyin ularning bilimi darajasi bir-birinikidan 50 foizdan ziyodroqqa farq qilarkan. Demak, yuqori malakali o‘qituvchilar dars bergan sinflarda o‘quvchilar uch barobar tezroq rivojlanar ekan.
Joriy yil iyun oyida mamlakatimizda bo‘lgan Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti bosh kotibining ta’lim siyosati bo‘yicha maslahatchisi Andreas Shlyaxerga “O‘qitish sifatini ta’minlash uchun nima muhim: sinflardagi o‘quvchilar sonini qisqartirishmi yoki o‘qituvchilarning saviyasini oshirishmi?” degan savol berildi. Unga javoban mutaxassis shunday dedi: “Agar siz darslarni qisqartirish yoki o‘qituvchilarning malakasini oshirishdan birini tanlashingiz kerak bo‘lsa, pedagoglarning saviyasi muhimroq. Bu borada yuqori natijalarga erishgan davlatlar, masalan, Xitoy tajribasini o‘rganishimiz mumkin. Darhaqiqat, bu mamlakatda juda katta sinflar mavjud. Lekin, ikkinchi tomondan, bu davlatda pedagog kadrlar malakasini muntazam oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda”.
Demak, ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish boshqa yondashuvlarga nisbatan samaraliroq ekan. Boshqacha aytganda, maktabda, hududda va nihoyat mamlakatda sifatli ta’limni ta’minlash yuqori malakali pedagoglarga bog‘liq.
Samarali o‘qitish uchun uzluksiz o‘qish kerak
Zamonaviy dunyoda o‘qituvchilarning intellektual salohiyatini oshirish jamiyat rivojlanishini ta’minlovchi asosiy mexanizmdir. Ta’lim siyosati sohasida jahonning yetakchi ekspertlaridan biri bo‘lgan Maykl Barber bir maqolasida samarali maktab tizimini tavsiflovchi tarkibiy elementlardan biri yuqori malakali o‘qituvchilar jamoasi hamda ularning pedagoglik fazilati va malakasini muttasil takomillashtirishdir, deb ta’kidlaydi.
Haqiqatan ham, bugun tez o‘zgarayotgan zamonda iqtisodiyot, fan va ta’lim mislsiz sur’atda rivojlanib bormoqda. Mavjud ilmiy axborotlar, shu jumladan, maktab fanlariga doir ma’lumotlarni har yili to‘la yangilashga ehtiyoj sezilyapti. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun o‘qituvchi har kuni o‘qib o‘rganishi zarur. Mazkur talabni bajarishi uchun davlat va jamiyat muallimga tegishli sharoitlar yaratib beradi.
Yevropadagi Finlyandiya, Germaniya, Fransiya, Estoniya kabi ta’limi rivojlangan mamlakatlar, shuningdek, Osiyo mintaqasidagi Xitoy, Janubiy Koreya, Singapur, Malayziya kabi davlatlarda maktab o‘qituvchilarining zamon talablariga mos tayyorgarlik ko‘rishini ta’minlash uchun pedagoglardan har yili malaka oshirish talab qilinadi. Bu jarayon turli shakl va davomiylikka ega bo‘lib, ularda muallimlarning ishtirok etishi majburiydir. Malaka oshirish kurslarining davomiyligi Yevropa mamlakatlarida kamida 5 kun etib belgilangan bo‘lsa, Janubiy Koreyada 108 soat, Singapurda 100 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
Bizda esa 2021 yilgacha amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, o‘qituvchilar har 5 yilda bir marta 144 soatlik dasturga asoslangan malaka oshirish kurslarida o‘qishi lozim edi. Biroq har besh yilda o‘qiladigan malaka oshirish kursi zarur bilimlarni zamonaviy sur’atga mos tarzda yangilab berolmaydi. Sababi, kurslarda olingan bilim tez eskiradi, bu esa o‘qituvchilarning taraqqiyotdan ortda qolishiga, o‘qitadigan fani, metodikasi va ta’lim texnologiyalari bilan bog‘liq yangiliklardan bexabar bo‘lib qolishiga olib keladi.
Bugungi kun talablariga mutlaqo javob berolmay qolgan mazkur tartib “Hayot davomida o‘qish” tamoyiliga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimiga transformatsiya qilindi. Xalq ta’limi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlarning har yili kamida 36 soat hajmda malaka oshirishi va belgilangan kredit ballarni to‘plashi majburiyligi tartibi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur qoida pedagog kadrlar malakasini oshirishning 6 ta shaklidan (ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish; ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish; masofaviy ta’lim; dual ta’lim; mustaqil ta’lim; malaka oshirishning muqobil shakllari) birini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlashi mumkinligini nazarda tutadi.
Bugun xalq ta’limi xodimlarining, jumladan, pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etish uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Har yili majburiy bo‘lgan malaka oshirish kurslaridan tashqari maktab o‘qituvchilariga o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borish uchun har haftaning muayyan bir kuni metodika kuni sifatida belgilab qo‘yilgan. Mana shu kuni o‘qituvchiga dars soatlari qo‘yilmaydi, u faqat o‘zining kasbiy mahoratini oshirish tadbirlarida ishtirok etadi yoki mustaqil ta’lim oladi.
Maktabning vazifasi — o‘quvchilarni hayotga tayyorlash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida nizom”da “Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi”, deb qayd etilgan.
O‘quvchilarni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, o‘g‘il-qizlarni yuqori malaka talab etmaydigan kasblarga tayyorlash umumiy o‘rta ta’lim maktabining vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Demak, o‘quvchi shaxsini mustaqil fikrlash, ta’limning keyingi turini tanlash hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarni egallashga tayyorlash umumiy o‘rta ta’limni amalga oshiruvchi ta’lim muassasasi — maktabning maqsadi ekan.
O‘quv muassasasi o‘z vazifasini qanday bajarmoqda?
Mamlakatimizda maktab bitiruvchilarining kasb tanlash borasidagi fikrini o‘rganish uchun 1000 dan ortiq maktabda pedagog va o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazildi. Bitiruvchilar bilan muloqot chog‘ida ularning qaysi yo‘nalish bo‘yicha o‘qishni davom ettirishi va qaysi kasbni tanlashi bilan qiziqib, kasblarni bilish va tanlash borasidagi fikrlari tahlil qilindi.
Har ikkala yondashuv asosida — borib ko‘rganda ham, so‘rovnoma o‘tkazilganda ham xulosa bir xil bo‘ldi. Natijalar tahlili mamlakatimizda yuzdan ortiq kasb mavjud bo‘lsa-da, bitiruvchilar bor-yo‘g‘i 20 ga yaqin kasb haqida tasavvurga ega ekanini ko‘rsatdi.
Tadqiqot natijasida ma’lum bo‘lishicha, bitiruvchilarning 20,9 foizi pedagogika va psixologiya kasbini tanlagan, bu jami bitiruvchilarning 81 ming 500 nafarini tashkil etmoqda. Eng quyi ko‘rsatkich ijodiy sohalarda ekani qayd etilgan, ya’ni 1,4 foiz. Hunarlar ichida eng yuqori ko‘rsatkich ijtimoiy xizmat sohalari (sartaroshlik, tikuvchilik, kosmetologlik va boshqalar)da, eng quyi natija esa fermerlik, dehqonchilik, hunarmandlik va ustachilikda ekani ma’lum bo‘ldi.
2021/2022 o‘quv yilida maktabni tamomlagan 11-sinf bitiruvchilarining 67 foizi “Sizning 11-sinfni bitirgandan keyingi rejalaringiz qanday?” degan savolga javob natijalari allaqachon kasbi(sohasi)ni tanlab qo‘yganini ko‘rsatmoqda. Ammo kelajagi haqida aniq tasavvurga ega, deb hisoblangan mazkur bitiruvchilarning ko‘pi kasb-hunarlar haqida yetarlicha ma’lumotga ega emas. Hatto juda ko‘p kasblarni bilmaydi, ya’ni mehnat bozorida qaysi kasbga talab yuqori, qaysi kasbdan qancha daromad olish mumkinligiga qiziqmagan. Bitiruvchilarning 6 foizi kelajakni hozirdan rejalashtirishga hali erta deb hisoblashini hamda shaxsiy hayot, oila qurishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan.
Hozirda iqtisodiyotning u yoki bu sohasida kasblar juda ko‘p. Ularning aksariyatida olinadigan daromad oliy ma’lumotli mutaxassisnikidan ancha salmoqli. Shunday ekan, nega bitiruvchi o‘quvchilar faqat bir necha kasb va ularni egallash uchun o‘qishi lozim bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi haqida ma’lumotga ega? Ularining ko‘pi bilan 20 foizi oliy ta’lim muassasalariga kirishi mumkin, qolgani nima bilan shug‘ullanadi? Agar qo‘lida biror hunari bo‘lmasa, nima qiladi?
Ana shu savollarga javob berishda qiynalmaslik uchun bugungi kun maktabida ertangi kungi hayotni nazarda tutgan holda, ta’lim-tarbiya ishini tashkil qilish va bunda o‘quvchilarga kasb tanlash borasida zarur ma’lumotlarni taqdim etib borish kerak. Maktab imkon qadar yoshlarni mustaqil fikrlashga va ta’limning keyingi turini tanlash hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarni egallashga tayyorlash vazifasini bajarishi lozim. Shundagina o‘g‘il-qizlarimizning kelajagidan, mustaqil hayotga qadam qo‘yishidan ko‘nglimiz xotirjam bo‘ladi.
Ayubxon RADJIYEV,
Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
dotsent

Manba: yuz.uz

Mavzuga doir:
Chekka hududlardagi maktablarda kadrlar yetishmasligi qanday hal etiladi?

Taʼlim sifatini ko‘taradigan dastur ishlab chiqildi

Endi o‘qituvchilar ishga kirishda sarson bo‘lmaydi


13 сентября текущего года в газете «Новый Узбекистан» была опубликована статья ректора Национального исследовательского института имени Абдуллы Авлони, доктора философии (PhD), под названием «Кадровая политика в стратегии повышения качества образования», доцент Аюбхан Раджиев. Вы можете прочитать его ниже.

На торжественном собрании, состоявшемся в связи с 31-й годовщиной независимости нашей страны, Президент отметил развитие сферы образования как одну из главных задач, и сказал, в том числе: будем последовательно продолжать. С этой целью будут коренным образом пересмотрены школьные программы, методика обучения, содержание учебников.
Ведь благодаря особому вниманию к сфере вопрос развития образования поднялся на уровень государственной политики. Эта последовательность проявляется в постепенных реформах на фронте.
Мы много говорим о том, что сфера внимания, уделяемая сфере в нашей стране, с каждым годом расширяется, а для педагогов создается множество льгот и послаблений. Но какова реакция промышленных рабочих?
Качество преподавания зависит от уровня педагогов
Ежегодно в конце августа Государственный центр тестирования публикует анализ результатов проведенных испытаний для поступления в высшие учебные заведения на следующий учебный год. Показатели поступающих в тестах группируются по набранным баллам, и показывается количество показавших результаты ниже 56 баллов и их вес по отношению ко всем поступающим. В последние годы эта цифра составляет около половины всех абитуриентов. Это приводит к выводу, что 50% выпускников школ имеют только половину необходимых знаний, то есть качественное образование в наших школах не дается. Конечно, не все участвующие во вступительных экзаменах являются выпускниками школы, но значительную часть составляют те, кто окончил школу в текущем или предыдущем году.
Низкая успеваемость абитуриентов при поступлении в высшие учебные заведения — не единственный случай, свидетельствующий о наличии проблем в обучении в наших школах. В 2019 году более половины учителей, вовлеченных в учебный процесс в Сырдарьинской области, показали неудовлетворительные результаты по преподаваемому предмету. К сожалению, ученики этих учителей также получили очень низкие баллы по соответствующим предметам.
Анализы, проведенные Национальным научно-исследовательским институтом повышения квалификации и повышения квалификации учителей имени Абдуллы Авлони за последние два года, показывают, что 90,6% учителей биологии и 97,6% учителей физики имеют очень поверхностные знания по своему предмету.Вы не можете дать кому-то знания, которых у вас нет
Основными проблемами в наших школах являются низкая профессиональная квалификация учителей, качество образования не соответствует требуемому уровню, выпускники не принимаются в высшие учебные заведения из-за недостаточных знаний, а преподаватели, подготовленные из некачественных студентов, недостаточно конкурентоспособны. y показывает, что проблема связана с опытом и навыками учителя. Потому что качество образования в школе не может быть выше уровня ее учителей.
Существует множество мнений, подчеркивающих, что есть и другие факторы, влияющие на качество образования. Одним из них является большое количество учеников в классах. На первый взгляд, обучение небольшого числа студентов кажется проще, чем обучение большого числа студентов. Однако это не означает, что качество образования для небольшого числа детей будет высоким.
В развитых странах, начавших образовательную реформу в начале 2000-х гг., сокращение количества учащихся в классах считалось одним из способов обеспечения качества образования. Дальнейший анализ показал, что такой подход не дал ожидаемого результата. По этому пути пошли практически все страны Евросоюза и ряд стран Азиатского региона, значительно повысившие стоимость образования. Однако лишь немногие из них добились значительного улучшения качества образования, в то время как в большинстве из них качество преподавания осталось неизменным или даже снизилось.
Исследования, проведенные в нескольких штатах и ​​городах США, а также в Сингапуре и Южной Корее, показали, что если двум семи-восьмилетним учащимся со средними способностями дают очень разных учителей (высоких и низких), то после трех лет их уровень образования отличается друг от друга более чем на 50 процентов. Так, на занятиях, которые ведут высококвалифицированные педагоги, ученики развиваются в три раза быстрее.
Андреас Шляхер, советник по образовательной политике Генерального секретаря Организации экономического сотрудничества и развития, побывавший в нашей стране в июне этого года, задал вопрос: «Что важно для обеспечения качества образования: сокращение количества учеников в классах или повышения качества учителей?» « был задан вопрос. В ответ эксперт сказал: «Если приходится выбирать между сокращением классов или повышением квалификации учителей, важнее уровень педагогов. В связи с этим можно изучить опыт стран, добившихся высоких результатов, например Китая. Действительно, в этой стране очень большие классы. Но, с другой стороны, в этой стране особое внимание уделяется регулярному повышению квалификации педагогов».
Поэтому повышение профессионального мастерства педагогов более эффективно, чем другие подходы в повышении качества образования. Другими словами, в школеобеспечение качественного образования в регионе и, в конечном счете, в стране зависит от высокой квалификации педагогов.
Непрерывное обучение необходимо для эффективного обучения
В современном мире повышение интеллектуального потенциала педагогов является основным механизмом, обеспечивающим развитие общества. Майкл Барбер, один из ведущих мировых экспертов в области образовательной политики, в статье утверждает, что одним из структурных элементов, характеризующих эффективную школьную систему, является коллектив высококвалифицированных учителей и постоянное совершенствование их педагогических качеств и навыков.
Ведь в сегодняшнее быстро меняющееся время экономика, наука и образование развиваются небывалыми темпами. Необходимо ежегодно полностью обновлять имеющуюся научную информацию, в том числе информацию по школьным предметам. Чтобы быть успешным в таких условиях, учителю нужно читать и учиться каждый день. Государство и общество создадут учителю соответствующие условия для выполнения этого требования.
В европейских странах с развитым образованием, таких как Финляндия, Германия, Франция, Эстония, а также в азиатских странах, таких как Китай, Южная Корея, Сингапур, Малайзия, педагоги обязаны проходить ежегодное обучение, чтобы обеспечить подготовку школьных учителей в соответствии с требования времени будут выполнены. Этот процесс имеет разные формы и продолжительность, и участие педагогов в них обязательно. Если продолжительность курсов обучения установлена ​​не менее 5 дней в странах Европы, то она не должна быть менее 108 часов в Южной Корее и 100 часов в Сингапуре.
В нашей стране по правилам, действовавшим до 2021 года, учителя должны были каждые 5 лет проходить курсы повышения квалификации по 144-часовой программе. Однако курс повышения квалификации, проводимый раз в пять лет, не может обновить необходимые знания в соответствии с современными темпами. Причина в том, что знания, полученные на курсах, быстро устаревают, из-за чего учителя отстают от прогресса, остаются в неведении относительно нововведений, связанных с преподаваемым предметом, методами и технологиями обучения.
Эта процедура, совершенно не отвечающая сегодняшним требованиям, трансформировалась в систему непрерывного профессионального развития, основанную на принципе «Обучение на протяжении всей жизни». Установлен порядок, в соответствии с которым работники народного образования, в том числе педагоги, ежегодно повышают свою квалификацию в течение не менее 36 часов и набирают указанные кредитные баллы. Это правило распространяется на одну из 6 форм повышения квалификации педагогических кадров (обучение без отрыва от производства, обучение без отрыва от производства, дистанционное обучение, дуальное обучение, самостоятельное обучение, альтернативные формы профессионального развития) и предполагает, что он может выбирать по своему усмотрению. осмотрительность.
Сегодня созданы достаточные условия для организации непрерывного повышения квалификации работников народного образования, в том числе педагогов.В дополнение к ежегодным обязательным курсам повышения квалификации, определенный день каждой недели определяется как методический день для школьных учителей, чтобы постоянно совершенствовать свои профессиональные навыки. В этот день у учителя нет классных часов, он только участвует в мероприятиях по повышению своего профессионального мастерства или получает самостоятельное образование.
Миссия школы – подготовить учеников к жизни
В «Положении об общем среднем образовании», утвержденном постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 15 марта 2017 года, «общее среднее образование обеспечивает учащихся необходимым объемом знаний, самостоятельного мышления, организаторских способностей и развивает навыки практического опыта, помогает изначально сориентироваться в профессии и выбрать следующую ступень образования.
Профессиональная диагностика и ориентация учащихся на профессии, а также подготовка юношей и девушек к профессиям, не требующим высокой квалификации, определяются как одна из задач общеобразовательной школы.
Поэтому целью школы является подготовка ученика к самостоятельному мышлению, выбору следующего вида образования, занятиям, не требующим высокой квалификации.
Как учебное заведение выполняет свою миссию?
С целью изучения мнения выпускников школ о выборе профессии в нашей стране были проведены интервью с педагогами и учащимися более 1000 школ. В ходе беседы с выпускниками они интересовались, в каком направлении продолжить обучение и какую профессию выбрать, а также анализировали свое мнение о знании и выборе профессий.
На основании обоих подходов вывод был одинаковым, как при посещении, так и при проведении опроса. Анализ результатов показал, что хотя профессий в нашей стране более сотни, выпускники имеют представление только о 20 профессиях.
В результате исследования установлено, что 20,9 % выпускников выбрали профессию педагога и психолога, что составляет 81 тысячу 500 выпускников. Самый низкий показатель зафиксирован в креативных индустриях – 1,4 процента. Среди профессий установлено, что самый высокий показатель по социальному обслуживанию (парикмахерское дело, пошив одежды, косметология и др.), а самый низкий результат по фермерскому хозяйству, сельскому хозяйству, ремёслам и мастерству.
67% 11-классников, окончивших 2021/2022 учебный год, спросили: «Каковы ваши планы после окончания 11-го класса?» результаты ответа на вопрос показывают, что он уже выбрал свою профессию (специализацию). Но многие из этих выпускников, которые, как считается, имеют четкое представление о своем будущем, не обладают достаточной информацией о профессиях. Многих профессий он даже не знает, то есть его не интересовало, какая профессия пользуется большим спросом на рынке труда, и какой доход можно получить от какой профессии.6% выпускников сказали, что пока рано планировать будущее и планируют строить семью и личную жизнь.
В настоящее время существует множество профессий в той или иной отрасли экономики. У большинства из них доход намного выше, чем у специалиста с высшим образованием. Так почему же выпускники знают только о нескольких профессиях и вузе, в котором им нужно учиться, чтобы их получить? Максимум 20 процентов из них могут поступить в вузы, что будут делать остальные? Что бы он делал, если бы у него не было работы?
Чтобы не возникло затруднений при ответе на эти вопросы, необходимо организовать воспитательную работу в школе сегодняшнего дня с учетом жизни завтрашнего дня и предоставить учащимся необходимую информацию о выборе профессии. В максимально возможной степени школа должна готовить молодых людей к самостоятельному мышлению и выбору следующего вида образования и к получению профессий, не требующих высокой квалификации. Только тогда мы будем спокойны за будущее наших сыновей и дочерей, что они начнут самостоятельную жизнь.
Аюбхан РАДЖИЕВ,
Ректор Национального исследовательского института имени Абдуллы Авлони,
доктор философии в педагогических науках (PhD),
Доцент

Источник: юз.уз

Предмет:
Как решить нехватку кадров в школах в отдаленных районах?

Разработана программа повышения качества образования

Теперь учителя без колебаний устроятся на работу

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: