Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining tranformatsiyasi

Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining tranformatsiyasi

Afsonalarda bayon etilishicha og‘ir yuklarni ko‘tarish va siljitishga doir muvafaqqiyatli tajribalaridan ruhlanib ketgan buyuk olim Arximed: “Menga tayanch nuqtasini beringiz, yerni siljitaman”, deb aytgan ekan. Maktab ta’limi sifatini oshirishni nimadan boshlash kerak? Bu “og‘ir yuk”ning tayanch nuqtasi qayerda?

A.Avloniy nomidagi Milliy-tadqiqot instituti tomonidan o‘qituvchilarning kasb saviyasi o‘rganilganda, o‘z fanlarini bilish bo‘yicha past ko‘rsatkichni namoyon qilgan o‘qituvchilarning aksariyati 30-35 yoshgacha bo‘lgan pedagoglar ekanligi qayd etildi. Ya’ni, oliy ta’lim muassasalarini oxirgi 10-15 yillar oralig‘ida tugatgan nisbatan yosh o‘qituvchilar yetarli bilimlarga ega emaslar. Bu esa, o‘z navbatida, pedagoglarni tayyorlash tizimida muammolar mavjudligidan dalolat beradi.
2000 yillarning boshida pedagogika oliy ta’lim muassasalari universitetlarga aylantirildi va kadrlar buyurtmachisi bo‘lmish xalq ta’limi tizimi tarkibidan chiqarildi. Ana shu davrdan boshlab o‘qituvchi kadrlar tayyorlash tizimi faoliyati ham izdan chiqdi. Kadrlar buyurtmachisi bilan pedagoglar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi, pedagoglar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasasi bilan maktab o‘rtasidagi aloqalar izdan chiqdi. Universitetga aylangan sobiq pedagogika oliygohlari universitet ta’limini olgan mutaxassis va oliy ma’lumotli pedagog kadrni tayyorlashga doir bir-biridan nisbatan farq qiluvchi ikki xil vazifani bir vaqtda bajarish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ldi. Natijada, na sifatli mutaxassisni va na yuqori saviyali pedagog o‘qituvchini tayyorlashda talablar darajasidagi sifatga erishilmadi.
Albatta, mazkur davrda yuqori saviyali pedagog kadrlar ham tayyorlandi, biroq ular kam sonli bo‘lib, aksariyat hollarda maktablarga ishga bormagan.
Pedagog kadrlarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining kadrlar buyurtmachisi — xalq ta’limi tizimidan alohida faoliyat ko‘rsatishi yangi va zarur yo‘nalishdagi pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini o‘z vaqtida bajarishga salbiy ta’sir ko‘rsatib keldi.
Pedagog kadrlarni tayyorlash tizimida vujudga kelgan tanglik mamlakatimiz rahbariyatidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qildi. O‘qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, xususan, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, universitet faoliyatiga ilg‘or ta’lim dasturlarini joriy qilish hamda zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Prezidentimizning 2022 yil 11 maydagi “2022 — 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni, 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi.
Mazkur farmon va qarorlarda mamlakatimizda pedagoglar tayyorlash tizimini zamon talablariga mos ravishda transformatsiya qilishning majmuaviy chora-tadbirlari belgilab berildi. Jumladan:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (keyingi o‘rinlarda — Pedagogika universiteti) hamda uning huzuridagi ta’lim va ilmiy tashkilotlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi;
Pedagogika universiteti pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda yetakchi oliy ta’lim muassasasi etib belgilandi;
Respublikamizning 8 ta hududida davlat pedagogika institutlari tashkil etildi;
Chirchiq va Jizzax pedagogika institutlari pedagogika universitetlariga aylantirildi.
Shuningdek, pedagogika universiteti va institutlarida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy talablarga javob bera oladigan raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlashni ta’minlash maqsadida:
pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2 — 4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari «4+2» tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishini ta’minlash;
o‘quv jarayoniga talabalarda mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalarni joriy qilish;
malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda pedagoglar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’imining o‘quv-rejalari va dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish hamda xalqaro talablar asosida takomillashtirish vazifalari qo‘yildi.
Ta’limning barcha bosqichlarida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida Pedagogik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda — Kengash) tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:
maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, pedagog kadrlar tayyorlovchi professional va oliy ta’lim muassasalari, sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy va malaka oshirish tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni ta’minlash va mustahkamlash;
mamlakatda pedagogik ta’limni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, uning uzoq va o‘rta muddatli strategik dasturini tasdiqlash hamda amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarining o‘zaro uzviyligini, shuningdek, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional hamda kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muassasalarining dasturlari bilan uzluksizligini ta’minlash;
ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ijobiy tajribasini, shuningdek, o‘qitish va ta’lim oluvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ommalashtirish;
pedagogika sohasida ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga oid dolzarb muammolarni aniqlash, ularni keng jamoatchilik ishtirokida, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish va ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ularning yechimi bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ta’lim dasturlari va darsliklarni takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Kengash tomonidan tayyorlangan takliflar tegishli vazirlik va idoralar hamda davlat ta’lim va ilmiy muassasalari tomonidan majburiy tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.
Ayubxon RADJIYEV,
Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rektori,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),
dotsent.

Manba: yuz.uz

Mavzuga doir:
Endi o‘qituvchilar ishga kirishda sarson bo‘lmaydi

O‘qituvchilarni xursand qiladigan yangiliklar bor


Согласно легендам, великий ученый Архимед, вдохновленный своими успешными опытами по подъему и перемещению тяжестей, сказал: «Дайте мне точку опоры, и я сдвину землю». С чего начать повышение качества школьного образования? Где точка опоры этого «тяжелого груза»?

При изучении профессионального уровня учителей Национальным исследовательским институтом им. А. Авлони было отмечено, что большинство учителей, показавших низкий уровень знаний по своим предметам, составляют педагоги в возрасте до 30-35 лет. То есть относительно молодые преподаватели, окончившие вузы в течение последних 10-15 лет, не обладают достаточными знаниями. Это, в свою очередь, свидетельствует о наличии проблем в системе подготовки педагогов.
В начале 2000-х годов педагогические высшие учебные заведения были преобразованы в университеты и выведены из состава системы народного образования, являющейся работодателем кадров. С тех пор была нарушена и деятельность системы подготовки учителей. Отношения между рекрутером и педагогами-педагогами вуза, между педагогами-педагогами вуза и школой утеряны. Бывшие педагогические вузы, ставшие университетами, должны были решать одновременно две разные задачи подготовки специалиста с университетским образованием и педагога с высшим образованием. В результате ни специалист по качеству, ни педагог-педагог высокого уровня не были подготовлены до необходимого уровня качества.
Конечно, в этот период готовились и педагоги высокого уровня, но они были немногочисленны и в большинстве случаев не шли работать в школы.
Тот факт, что высшие учебные заведения, готовящие педагогические кадры, функционируют обособленно от системы народного образования, являющейся заказчиком кадров, отрицательно сказался на своевременном завершении подготовки педагогических кадров по новым и нужным направлениям.
Напряжение, возникшее в системе подготовки учителей, потребовало от руководства нашей страны принятия необходимых мер. Повышение престижа педагогической профессии и качества педагогов, планомерное развитие вузов, готовящих педагогов и совершенствование их менеджмента, разработка современных образовательных программ с внедрением передового зарубежного опыта, вывод на новый уровень подготовки высококвалифицированных профессиональных кадров повышение, а также обеспечение гармонии образования, науки и практики в области педагогики, в частности, повышение качества образования в Ташкентском государственном педагогическом университете имени Низами,в целях внедрения в деятельность вузов передовых образовательных программ и создания эффективной системы подготовки высококвалифицированных специалистов, обладающих навыками применения современных знаний и педагогических технологий Постановление от 21 июня 2022 года «Об утверждении национальной программы развития общественной образования», «О мерах по повышению качества педагогического образования и дальнейшему развитию деятельности высших учебных заведений, осуществляющих подготовку педагогических кадров»» и «О дополнительных мерах по совершенствованию деятельности Ташкентского государственного педагогического университета имени Низоми».
В этих указах и постановлениях были определены коллективные меры по преобразованию системы подготовки педагогов в нашей стране в соответствии с требованиями времени. Включая:
Ташкентский государственный педагогический университет имени Нисомия (далее — Педагогический университет) и образовательные и научные организации при нем были переданы Министерству народного образования;
Педагогический университет определен ведущим высшим учебным заведением по разработке образовательных программ в области педагогики;
Государственные педагогические институты созданы в 8 районах нашей республики;
Чирчикский и Джизакский педагогические институты были преобразованы в педагогические университеты.
Также в целях повышения качества образования в педагогических вузах и институтах обеспечить подготовку конкурентоспособных педагогических кадров, отвечающих современным требованиям:
Еженедельные учебные занятия со студентами 2-4 классов высших учебных заведений, осуществляющих подготовку педагогических кадров в форме очной формы обучения, проводятся в порядке «4+2», в том числе 4 дня занятий в высшем учебном заведении, 2 дня до школы и обеспечить ее проведение в общеобразовательных средних учебных заведениях в порядке интернатуры;
внедрение в учебный процесс методов, направленных на формирование у студентов навыков самостоятельного обучения, системного анализа и творческого мышления;
с привлечением квалифицированных зарубежных специалистов поставлены задачи по полному пересмотру и совершенствованию учебных планов и программ подготовки педагогов и повышению их квалификации и совершенствованию их на основе международных требований.
В целях обеспечения целостности и преемственности на всех ступенях образования был создан Республиканский совет по развитию педагогического образования (далее — Совет) и определены его основные задачи:
обеспечение и укрепление взаимоотношений между дошкольными, общеобразовательными и средними специальными, профессиональными и высшими учебными заведениями, осуществляющими подготовку педагогических кадров, научными и профессионально-техническими организациями, действующими в сфере;
определение основных направлений развития педагогического образования в стране,утверждение и контроль за выполнением своей долгосрочной и среднесрочной стратегической программы;
обеспечить преемственность учебных планов и образовательных программ высших учебных заведений, готовящих педагогические кадры, а также программ дошкольной, общеобразовательной, средней специальной, профессиональной и кадровой переподготовки и повышения их квалификации;
популяризировать положительный опыт образовательных учреждений в области педагогики, а также современные методы обучения и оценки знаний учащихся;
выявление актуальных проблем, связанных с развитием науки и образования в сфере педагогики, их обсуждение с участием широкой общественности, в том числе в социальных сетях, и подготовка рекомендаций по их решению на основе передового зарубежного опыта;
разработка предложений по подготовке, переподготовке и повышению квалификации педагогических кадров, совершенствованию образовательных программ и учебников, внедрению современных педагогических технологий.
Предложения, подготовленные Советом, определены для рассмотрения соответствующими министерствами и ведомствами, а также государственными образовательными и научными учреждениями.
Аюбхан РАДЖИЕВ,
Ректор Национального исследовательского института имени Абдуллы Авлони,
доктор философии в педагогических науках (PhD),
Доцент

Источник: юз.уз

Предмет:
Теперь учителя без колебаний устроятся на работу

Есть хорошие новости для учителей

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: