Xalq ta’limi tizimida rahbar kadrlarni o‘qitish – davr talabi

Xalq ta’limi tizimida rahbar kadrlarni o‘qitish – davr talabi

Xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonda ta’lim tizimi, xususan, xalq ta’limi faoliyatini yana-da rivojlantirish, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan onlayn uchrashuvda bu qayd etildi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va Respublika ta’lim markazi hamkorligida bir qator xalqaro ta’lim ekspertlari ishtirokida o‘tkazildi.

Amerikalik xalqaro ta’lim eksperti va Prezident maktablarida faoliyat olib borayotgan amerikalik o‘qituvchilar bilan ta’lim muassasalari rahbarlari, pedagoglari va mutaxassis xodimlarining kasbiy rivojlantirish tizimi faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish, qayta tayyorlash va malaka oshirishning yangi shakl va mexanizmlarini joriy etish yuzasidan fikrlashildi.

Shuningdek, tizimdagi ta’lim mazmunini takomillashtirish bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlarini zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqish va xalqaro tajribalar asosida birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

Amaldagi davriy ravishda olib borilayotgan pedagoglarning malaka oshirishini ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlaydigan o‘qitishning uyg‘unlashgan hamda ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan shakllarini joriy etish borasida so‘z bordi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, xalq ta’limi xodimlarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish imkoniyatini yaratish, sohaga kredit-modul tizimini joriy etish, pedagoglarga turli shakl va vositalardan foydalangan holda kasb mahoratini oshirishga doir imtiyozlar berish, sohaga nodavlat ta’lim sektorini jalb etish zarur. Mazkur yo‘nalishda xalq ta’limi tizimida rahbar kadrlarni menejment, marketing, “xulq-atvor” iqtisodiyoti, “aqlli” boshqaruv, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish davr talabidir.

Bunda xalqaro tajribalardan kelib chiqib, maxsus dasturlar asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va soha xodimlari uchun muammolarga yo‘naltirilgan modulli o‘quv dasturlari, seminar, konferensiya, vebinar, mahorat darslari, simulyatsion treninglar negizida har yili malaka oshirishni nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish rejalashtirildi.

Pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishda, ya’ni ularning “butun hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz kasbiy ta’limini ta’minlashda tizimning barcha ishtirokchilari, ya’ni oliy ta’lim va malaka oshirish muassasalarining birgalikdagi faoliyati muhimdir. Mazkur faoliyatni yagona yondashuv asosida muvofiqlashtiruvchi hujjat –pedagoglarning kasbiy standartini yaratish kerak bo‘ladi.


Об этом было заявлено на онлайн-встрече с международными экспертами по вопросам дальнейшего развития системы образования в Узбекистане, в частности народного образования, переподготовки и повышения квалификации системных кадров. Встреча прошла в сотрудничестве с Администрацией Президента Республики Узбекистан, Институтом переподготовки и повышения квалификации руководителей и специалистов системы народного образования им. А. Авлони и Республиканским образовательным центром при участии ряда международных специалистов в области образования, а также обсудил с американским экспертом и американскими педагогами, работающими в Президентских школах, необходимость коренного пересмотра деятельности системы повышения квалификации руководителей образовательных учреждений, учителей и специалистов, переподготовки и внедрения новых форм и механизмов повышение квалификации.Обсуждена совместная работа по совершенствованию содержания образования в системе. Определены направления сотрудничества по доработке учебных планов и программ курсов переподготовки и повышения квалификации в соответствии с современными требованиями и совместной разработки на основе международного опыта, речь шла о внедрении унифицированных и интегрированных форм обучения. специалистам, создание возможностей для подготовки народных педагогов исходя из потребностей, внедрение кредитно-модульной системы на местах, разнообразие педагогов. сектор негосударственного образования в секторе. В этом направлении подготовка руководящих кадров в области менеджмента, маркетинга, экономики «поведения», «умного» управления, цифровизации и других направлений в системе народного образования является требованием времени. система непрерывного повышения квалификации, предусматривающая ежегодное обучение на основе модульных программ обучения, семинаров, конференций, вебинаров, мастер-классов, симуляционных тренингов для проблемных работников Совместная работа всех участников системы, т.е. , имеет важное значение в подготовке, переподготовке и повышении квалификации учителей, т. е. в обеспечении их непрерывного профессионального образования по принципу «обучение на протяжении всей жизни». Необходимо создать документ, который будет координировать эту деятельность на основе единого подхода – профессионального стандарта педагогов.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: