Yangi O‘zbekiston pedagogikasi: tayanch oliygohni asrab qolish zahmati

Yangi O‘zbekiston pedagogikasi: tayanch oliygohni asrab qolish zahmati

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining shu yil 20 sentyabr sonida pedagogika fanlari doktori Ulug‘bek Inoyatovning “Yangi O‘zbekiston pedagogikasi: tayanch oliygohni asrab qolish zahmati” nomli maqolasi chop etildi. Quyida uni o‘qishingiz mumkin.

Prezidentimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha 2026 yilgacha mo‘ljallangan ustuvor vazifalarning dastlabkisi sifatida aynan ta’lim sohasini belgilab berdi. Maktablarning o‘quv dasturlari, o‘qitish uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta ko‘rib chiqilishi, yangilangan tizim, avvalo, xorijlik ilg‘or mutaxassislar ekspertizasidan o‘tkazilib, keyin hayotga tatbiq etilishi zarurligi ta’kidlandi. Demak, anglashimiz kerakki, mamlakatimiz ta’lim tizimi yangi bosqichga, butunlay yangicha islohotlar davriga kirmoqda.
Murakkab muammolar girdobida
Bunga yetib kelish oson bo‘lgani yo‘q. Uzoq yillar mobaynida to‘planib qolgan murakkab muammolar hal qilindi. Ayrim hollarda eski xatolarni qat’iyat bilan tuzatishga ham to‘g‘ri keldi. Yaqin-yaqingacha, bundan 5-6 yil oldin ham ta’lim tizimi yechimi imkonsiz masalalar girdobiga tushib qolgandek tuyulardi. Xususan, 9 yillik maktab ta’limiga o‘tish xato bo‘lganini hayotning o‘zi achchiq saboqlarida ko‘rsatdi. Hali dunyoqarashi shakllanib ulgurmagan o‘quvchi maktabdan keyingi davrda ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi.
Avvalo, ularning kelajakda kim bo‘lish haqidagi orzulari, qanday soha yoki kasbga qiziqishi bilan hisoblashilmadi. Hamma o‘quvchi hududdagi bitta kollejga, qiziqishi, ehtiyojidan qat’i nazar, ko‘r-ko‘rona joylashtirildi. Maktab o‘qituvchilarini tayyorlash masalasiga tizimli yondashilmasligi fan o‘qituvchilarining yetishmovchiligini keltirib chiqardi. Bitta o‘qituvchining mutaxassisligi bo‘lmagan ikki yoki uchta fandan dars berishi ta’lim sifatining keskin tushishiga olib keldi.
O‘quvchilarning fan asoslarini o‘rganishga intilishini susaytirdi. Yillar davomida o‘qituvchilarning toifalari pasayib ketdi. Ularning qariyb 70 foizi shuning evaziga kam maosh olardi. Go‘yo bunday ishlar ta’limga sarf-xarajatlarni oshirmaslik uchun ataylab o‘ylab topilgandek bo‘lib qoldi. Pedagoglarning o‘quvchilari bilan birga jamoat ishlariga majburan jalb etilishi, bu holat har yili muntazam takrorlanishi, oylab davom etishi har ikki tomonning ham o‘qib-o‘rganishga ishtiyoqini so‘ndirib bordi. K
ollejlardagi umumiy vaziyat maktablardagidan ham murakkab edi. Yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatishi, zamonaviy va professional ko‘nikmalar  berishi kerak bo‘lgan kollejlarning o‘zida moddiy-texnik holat, o‘quv-uslubiy ta’minot, pedagog-o‘qituvchilarning saviyasi talab darajasida emasdi. Barchaning bir xil — 3 yillik dastur asosida o‘qitilishi yoshlarni kollejlardan bezdirdi. Davomat juda susayib, bilim, hunar o‘rganish sifati pasayib ketdi.
Boz ustiga, o‘quvchilarning oila muhitidan uzilib qolishi, kollejda ularga yetarli sharoit va muhit yaratilmagani, oila — mahalla — ta’lim muassasasi tizimining samarasiz faoliyati oqibatida yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq  muammolar ham ortib boraverdi. Kollejni tamomlab, undan muayyan kasb-hunar egallab chiqishi kerak bo‘lgan o‘g‘il-qizlar na mustaqil ishlashga, na oliy ta’limda o‘qishni davom ettirishga tayyor bo‘lardi.
Umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimidagi kamchiliklar oliy ta’limga, yuqori malakali, zamon talablariga javob beradigan, vatanparvar kadrlarni tayyorlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin emasdi. Qabul kvotalarining yildan-yilga qisqartirilgani vaziyatni yanada murakkablashtirib yubordi. Holat shunga borib yetdiki, umumiy o‘rta ta’lim bitiruvchilarining 9 foizigina oliy ta’limda o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘ldi, xolos.
Oliy ta’lim muassasalaridagi pedagog kadrlar malakasini oshirish, kasbiy va metodik tayyorgarligini takomillashtirish, mehnatini munosib rag‘batlantirish, yuqori natijalarga intilish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash masalalarida ham muammolar oz emasdi. Bugun eslasak, o‘sha yillari jamiyatda oliy ta’limning, bilimning qadri, ta’lim muassasalari va pedagog-o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzi haqiqatan ham tushib ketgandi.
Shunday paytda ta’lim tizimini yanada qiyinroq vaziyatdan asrash uchun, avvalo, uning dardu tashvishini ichidan bilish, ta’lim haqida, ilm-ma’rifat haqida qayg‘urish, uni himoya qila olish kerak edi. Davlatimiz rahbarining Yangi O‘zbekiston sharoitida uzoqni ko‘ra olishi, muammolarni hal qilishdagi qat’iy irodasi bilan bugungi kunga kelib, yuqorida keltirilgan va ta’lim bilan bog‘liq barcha muammolarga samarali yechim topilmoqda.
Ilm-ma’rifat qayg‘usida
2016 yili xalq ta’limi vaziri vazifasida ishlardim. Bir kuni Bosh vazir qabuliga chaqirildim. Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoyev o‘sha paytda Bosh vazir edi. Men bilan birga Bosh vazir o‘rinbosari, oliy ta’lim vaziri ham yetib kelgan. Shundan ham ko‘riladigan masala yoki beriladigan topshiriq odatdagidan muhim va jiddiy ekanini sezish mumkin edi. Bosh vazir bizni o‘ychan kayfiyatda qabul qildi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyati bo‘yicha Prezident Islom Karimov qattiq e’tiroz bildirganini, uning talabalarini viloyatlardagi pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalariga tarqatib yuborish va universitetni yopish masalasi qo‘yilganini aytdi. U kishining yuzidan, kayfiyatidan uzoq yillik tarixga ega, mamlakatdagi pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha tayanch oliygohni yopib yuborish masalasida chuqur o‘ylab, qaror qabul qilinishini istayotgani bilinib turardi.
O‘zi yaqinda Toshkent viloyati pedagogika instituti yopilgani, agar tayanch universitet yopilsa, pedagog kadrlarni yetkazib berish muammosi yanada chuqurlashishi, bu holat, ayniqsa, butun mamlakatdagi pedagoglarga salbiy ta’sir qilishi mumkinligini aytdi. Vaziyat haqiqatan ham murakkab, o‘yga toldiradigan edi: bir tomonda qat’iy e’tiroz va topshiriqlar, ikkinchi tomonda mamlakat miqyosida pedagog kadrlar tayyorlash masalasi turardi.
Shuning uchun Shavkat Mirziyoyev bizga asoslangan takliflar tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi. Masalani qanday hal qilish kerakligi bizni ham o‘ylantirib qo‘ydi. Shu kuni pedagog kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq ma’lumotlarni, mamlakatimizda pedagogik yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatadigan barcha oliygohlarning viloyatlar bo‘yicha talabalarni qabul qilish imkoniyatini tahlil qilib chiqdik. Bir-ikki taklif tayyorlagan bo‘ldik.
Vaziyat hammamiz uchun juda qaltis edi. Bitta noto‘g‘ri qadam mamlakat kelajagi, xalqimiz ma’rifati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim sohaga jiddiy putur yetkazishi mumkin edi. Shu kecha juda uzun bo‘ldi. Hammamiz qayerdandir, qandaydir najot kutardik. Ertasi kuni kerakli ma’lumotlar, fakt va raqamlar, tayyorlagan takliflarimizni olib, yana Bosh vazir qabuliga bordik. Taqdimot qildik, takliflarimizni, fikrlarimizni bildirdik. Lekin to‘g‘risini aytsam, hech birimiz bunday murakkab vaziyatda yechim, oxirgi qaror qanday bo‘lishini taxmin ham, tasavvur ham qilolmasdik.
Shavkat Mirziyoyev hammamizni diqqat bilan tingladi, vaziyatni oydinlashtiruvchi bir necha savol berdi. Biz o‘shanda e’tibordan chetda qoldirgan, taklif tayyorlashda hisobga olmagan jihatlar borligini tushundik. To‘g‘risi, ahvolimiz yanada og‘irlashdi. Kutilmaganda Bosh vazir Chilonzordagi pedagogika kollejiga zudlik bilan yetib borishimizni tayinladi. Kollejning to‘rt tomonini aylanib, asosiy va yordamchi binolar, yotoqxona, barcha kirish-chiqish yo‘laklari, yerto‘lalargacha ko‘zdan kechirdi.
Shundan so‘ng hammamizga ish-ishimizga qaytishimizga ruxsat berdi. Oradan bir necha soat o‘tib, Shavkat Mirziyoyev pedagogika universiteti yopilmasligi, balki uning faoliyati takomillashtirilib, o‘zi borib ko‘rgan kollej binosiga ko‘chirilishi haqida xulosaga kelinganini aytib, bir qator ko‘rsatmalar berdi. Shu tariqa uzoq yillik tarixga ega, mamlakatimizda pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha tayanch oliygoh yopilmaydigan bo‘ldi.
2016 yil 13 may kuni Vazirlar Mahkamasining Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Unda 1-Toshkent pedagogika kollejining Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, 27uy manzilida joylashgan binolari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga berilishi hamda uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun zarur mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgandi.
Eng muhimi, universitet mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimi va oliy ta’limning pedagogika yo‘nalishlari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta’minlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim muassasasi sifatida belgilandi.
O‘shanda kollejni ko‘zdan kechirish jarayonida Shavkat Mirziyoyev pedagogika universitetini bu yerga qanday joylashtirish, shunchaki ko‘chirish emas, pedagoglarga, talabalarga qulay sharoit yaratish rejasini ham pishitib olganini, ta’limni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri bo‘lgan pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini qo‘llab-quvvatlashni ko‘ngliga tugib qo‘yganini keyin bildik…
O‘zgacha mehr
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganidan keyin ta’lim tizimiga, xususan, pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga alohida e’tibor, o‘zgacha mehr bilan yondashayotganiga guvohmiz. Uzoqqa bormaylik, mana, joriy yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, shu yildan boshlab 2026 yilgacha universitet xalqaro talablarga muvofiq transformatsiya qilinishi kerak. Bu bo‘yicha kompleks rivojlantirish dasturi va maqsadli ko‘rsatkichlar ham tasdiqlanib, vazifalar belgilab berildi. Kompleks rivojlantirish dasturida 6 ta yo‘nalishda 26 ta yaxlit vazifani bajarish bo‘yicha aniq choralar ko‘zda tutilgan. Universitetning xalqaro reytinglarga kirishini, uzluksiz ta’lim tizimi bilan integratsiyasini ta’minlash, xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb etish, oliygoh hududida 5000 o‘rinli bino va inshootlarni qurish hamda jihozlash kabi vazifalar shular jumlasidan.
Uzoq yillar sohada saqlanib kelgan muammolar bolalar, yoshlarning bilimi va dunyoqarashida qanday og‘ir asoratlar qoldirgan bo‘lsa, pedagoglarga, ularni tayyorlash tizimiga ham undan kam bo‘lmagan zarar yetkazgan, asorat qoldirgan edi. Davlatimiz rahbarining pedagog kadrlarni tayyorlash, ularni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilayotgan qarorlari mazmuni, avvalo, eski asoratlarni yo‘qotib, tizimni dunyodagi ilg‘or amaliyot bilan integratsiyalashga qaratilmoqda.
Buning sababi tushunarli: ta’lim tizimini o‘zgartirishni o‘quv reja va dasturlarini yangilash, professor-o‘qituvchilarning saviyasini oshirishdan boshlash kerak. Ko‘rkam, qulay sharoitli binolar qurishga, imkoniyatlar yaratishga manba topilyapti. Bu yaxshi, albatta. Lekin bu tadbirlarning hammasi oxir-oqibatda pedagogika sohasining ijtimoiy nufuzini oshirishga, salohiyatini ko‘tarishga, mazmunini ilg‘or bilimlar va metodikalar bilan boyitishga xizmat qilishini unutmasligimiz kerak.
Davlatimiz rahbari “Yangi O‘zbekiston maktab bitiruvchisi zamonaviy ko‘nikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs bo‘lib yetishadi. Buning uchun barcha hududlarimizda, ayniqsa, qishloqlarda maktablar qurish, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor beramiz”, deb ta’kidladi.
Darhaqiqat, bu Prezidentimizning doimiy e’tiborida turgan, kun tartibidan tushmaydigan masalaga aylandi. E’tibor bering, shu yil 21 iyun kuni davlatimiz rahbarining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu qaror, bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yangi avlod pedagoglarini tayyorlashda muhim huquqiy asos bo‘ladi.
Qaror bilan o‘ta dolzarb va o‘zaro uzviy bog‘liq 3 ta vazifa — zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash masalalarini samarali hal etishni ko‘zda tutadi. Bir paytlar pedagogika yo‘nalishidagi tayanch universitet asrab qolingan bo‘lsa, endi ushbu qaror bilan pedagogik yo‘nalishlar va pedagogik ta’lim muassasalari negizida mamlakatimizning turli viloyatlarida 8 ta davlat pedagogika instituti hamda 2 ta davlat pedagogika universiteti tashkil etilishi belgilandi.
Bu mamlakatimizda pedagogik ta’limning yangi, haqiqiy rivojlanish davri boshlanayotganini anglatadi. Strategik darajadagi muhim hujjat bilan qo‘yilgan vazifalar, yaratilgan imkoniyat va qulayliklarni yaqin-yaqingacha xayolga keltirish mushkul edi. Masalan, joriy o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-kurs talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida yo‘lga qo‘yiladi. Ya’ni talabalar haftada 2 kun maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu tariqa talabalar nazariya bilan amaliyotni uyg‘un olib borishni, bolalar bilan bevosita ishlashni, bog‘chadagi, maktabdagi muhitga kirishni o‘rgana boradi. Bundan tashqari, jarayonda institut va umumta’lim muassasalari o‘rtasida doimiy aloqa, talabchanlik yuzaga keladi, bu esa har ikki tomonda sifatning o‘zgarishiga yo‘l ochadi. 2023 yildan boshlab “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari hisobidan har yili tasdiqlangan umumiy qabul kvotalari doirasida pedagog kadrlar uchun kamida  35 ta alohida kvota ajratiladi. Umidli yoshlarimiz dunyoning ilg‘or davlatlarida bilim va malakasini oshirib qaytishi yuksak pedagogik qadriyatlarning yurtimizga kirib kelishini yanada jadallashtiradi.
Pedagogika sohasini rivojlantirish, Yangi O‘zbekiston ruhiga mos darajaga ko‘tarish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, belgilangan vazifalar ko‘lami, qamrovi juda keng. Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha Milliy kengash raisi sifatida Prezidentimizning o‘zi bu islohotlarning asosiy tashabbuskori, jonkuyari bo‘lib, hammamizga yuksak namuna ko‘rsatmoqda. Endi pedagoglar, sohaga mas’ullar, barchamiz mamlakatimiz ta’lim tizimini yangi darajaga olib chiqish, bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sadoqatli yosh avlodni voyaga yetkazish mas’uliyati bilan faoliyat yuritishimiz zarur.

Manba: yuz.uz

Mavzuga doir:
Yangi O‘zbekistonning rivojlangan ta’lim tizimi bitiruvchisi qanday bo‘lishi kerak?

Yangi O‘zbekiston: Yangicha ta’lim tizimi va yangicha yondashuvlar

Pedagog kadrlar tayyorlash tizimining tranformatsiyasi


20 сентября текущего года в газете «Янги Узбекистон» была опубликована статья доктора педагогических наук Улугбека Иноятова «Педагогика Нового Узбекистана: усилия по сохранению главного университета». Вы можете прочитать его ниже.

Президент Республики Узбекистан определил сферу образования в качестве первой из приоритетных задач по созданию Нового Узбекистана до 2026 года. Подчеркнуто, что образовательные программы, методика обучения, содержание учебников школ должны быть коренным образом пересмотрены, обновленная система сначала должна быть рассмотрена передовыми зарубежными специалистами, а затем внедрена в практику. Итак, мы должны понимать, что система образования нашей страны вступает в новый этап, период совершенно новых реформ.
В водовороте сложных проблем
Добраться туда было непросто. Сложные проблемы, накопившиеся за многие годы, решены. В некоторых случаях приходилось решительно исправлять старые ошибки. Еще недавно, еще 5-6 лет назад, казалось, что решение системы образования застряло в водовороте неразрешимых задач. В частности, ошибкой был переход на 9-летнее школьное образование, сама жизнь преподнесла горькие уроки. Ученик, еще не сформировавший свое мировоззрение, столкнулся со многими трудностями в послешкольный период.
Во-первых, не учитывались их мечты о том, кем они будут в будущем, какая область или профессия им интересны. Все студенты были вслепую помещены в один колледж в этом районе, независимо от интереса или потребности. Отсутствие системного подхода к подготовке школьных учителей привело к нехватке учителей естественных наук. Преподавание одним учителем двух-трех непрофильных предметов приводило к резкому падению качества образования.
Это ослабило желание школьников овладеть основами науки. С годами ряды учителей сокращались. Около 70 процентов из них получали низкую заработную плату. Такие вещи как будто специально продуманы, чтобы не увеличивать расходы на образование. Принудительное привлечение педагогов вместе со своими учениками к общественным работам, эта ситуация регулярно повторяется из года в год и продолжается месяцами. К
Общая ситуация в колледжах была более сложной, чем в школах. Материально-технические условия, учебно-методическое обеспечение, уровень педагогов-педагогов не были на должном уровне в колледжах, которые должны были обучать молодежь профессиям и обеспечивать ее современными и профессиональными навыками. Молодежь устала от колледжей, потому что всех учат по одной и той же трехлетней программе. Посещаемость значительно снизилась, а качество образования и обучения снизилось.
Более того, из-за оторванности обучающихся от семейной среды, недостаточно созданных для них условий и среды в колледже, неэффективного функционирования системы семья-соседство-образовательное учреждение проблемы, связанные с воспитанием молодежи, продолжали нарастать.После окончания колледжа юноши и девушки, которые должны были получить определенную профессию, не были готовы ни к самостоятельной работе, ни к продолжению обучения в вузе.
Недостатки в системе общего и среднего специального профессионального образования могли негативно сказаться на высшем образовании и подготовке высококвалифицированных, патриотически настроенных кадров, отвечающих требованиям времени. Сокращение квот приема из года в год еще больше осложняло ситуацию. Ситуация достигла такого уровня, что только 9% выпускников общего среднего образования смогли продолжить обучение в высших учебных заведениях.
Много проблем было в вопросах повышения квалификации педагогов высших учебных заведений, повышения их профессиональной и методической подготовки, правильной мотивации их труда, стремления к высоким результатам, поддержки их в занятиях научной деятельностью. Если вспомнить сегодня, то в те годы значение высшего образования, знаний, учебных заведений и педагогов-педагогов в обществе действительно снизилось.
В то время, чтобы уберечь систему образования от более сложной ситуации, прежде всего, нужно было знать ее боль и тревогу изнутри, заботиться об образовании и знаниях и уметь их защитить. Благодаря дальновидности руководителя нашей страны в условиях Нового Узбекистана и его твердой воле к решению проблем находят эффективные пути решения всех вышеперечисленных проблем, связанных с образованием.
Знание в беде
В 2016 году я работал министром народного просвещения. Однажды меня вызвали на прием к премьер-министру. Президент Шавкат Мирзиёев в то время был премьер-министром. Вместе со мной приехал вице-премьер, министр высшего образования. Отсюда можно было почувствовать, что рассматриваемый вопрос или поставленная задача важнее и серьезнее, чем обычно. Премьер-министр принял нас в задумчивом настроении.
Президент Ислам Каримов резко возражал против деятельности Ташкентского государственного педагогического университета имени Низами, заявил, что ставится вопрос о расселении его студентов по высшим учебным заведениям педагогического направления в регионах и закрытии вуза. По лицу и настроению человека было видно, что он глубоко задумался над вопросом закрытия главного педагогического вуза страны с многолетней историей и хочет, чтобы решение было принято.
Он сообщил, что недавно был закрыт Педагогический институт Ташкентской области, и если будет закрыт головной вуз, то проблема с обеспечением профессорско-преподавательским составом будет углубляться, и такая ситуация может негативно сказаться на педагогах в целом по стране. Ситуация была действительно сложной и заставляющей задуматься: с одной стороны, были жесткие возражения и поручения, а с другой стороны, стоял вопрос подготовки педагогов на национальном уровне.
Именно поэтому Шавкат Мирзиёев поставил перед нами задачу подготовить обоснованные предложения.Мы тоже думали, как решить проблему. В этот день мы проанализировали информацию, связанную с подготовкой педагогических кадров, возможностью приема студентов в регионах всех вузов, работающих в педагогической сфере в нашей стране. Мы подготовили несколько предложений.
Ситуация была очень опасной для всех нас. Один неверный шаг мог серьезно повредить важной сфере, неразрывно связанной с будущим страны и просвещением нашего народа. Это была долгая ночь. Мы все ждали какого-то спасения откуда-то. На следующий день мы взяли необходимую информацию, факты и цифры, подготовили предложения и снова отправились на прием к премьер-министру. Мы сделали презентацию, высказали свои предложения и мнения. Но, по правде говоря, никто из нас не мог представить, каким будет выход и окончательное решение в такой сложной ситуации.
Шавкат Мирзиёев внимательно выслушал всех нас и задал несколько вопросов, разъясняющих ситуацию. Мы поняли тогда, что были некоторые аспекты, которые мы упустили из виду, которые мы не учли при подготовке предложения. Безусловно, наше положение ухудшилось. Неожиданно премьер-министр приказал нам немедленно добраться до педагогического колледжа в Чиланзоре. Он обошел колледж с четырех сторон, осмотрел главные и подсобные корпуса, общежитие, все входы и выходы и даже подвалы.
После этого он разрешил нам всем вернуться к работе. Спустя несколько часов Шавкат Мирзиёев дал ряд поручений, сообщив, что сделан вывод о том, что педагогический университет не будет закрываться, а будет улучшена его деятельность и перемещен в здание колледжа, которое он посетил. Таким образом, базовый вуз по подготовке педагогов с многолетней историей в нашей стране не был закрыт.
13 мая 2016 года Кабинет Министров принял решение о мерах по дальнейшему совершенствованию деятельности Ташкентского государственного педагогического университета. Он предусматривал передачу Ташкентскому государственному педагогическому университету имени Низами зданий 1-го Ташкентского педагогического колледжа, расположенного по адресу улица Бунёдкор, 27, Чиланзарский район, а также выделение необходимых средств на укрепление его материально-технической базы.
Самое главное, что университет обозначен как базовое высшее учебное заведение для обеспечения качественной подготовки, переподготовки и повышения квалификации педагогов высшей квалификации на уровне международных стандартов системы непрерывного образования нашей страны. и педагогические направления высшего образования.
Тогда же, во время осмотра колледжа, Шавкат Мирзиёев подготовил план, как разместить здесь педагогический университет, не просто перенести его, но и создать комфортные условия для педагогов и студентов.Позже мы выяснили, что педагог, являющийся одним из главных факторов развития образования, пренебрегал поддержкой системы подготовки кадров…
Особая любовь
Мы являемся свидетелями того, что после избрания Шавката Мирзиёева Президентом Республики Узбекистан особое внимание он уделяет системе образования, в частности, всесторонней поддержке и развитию деятельности вузов в сфере педагогики. Не будем заходить слишком далеко, в июне этого года было принято постановление Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по совершенствованию деятельности Ташкентского государственного педагогического университета имени Низоми».
Согласно решению, с этого года до 2026 года университет должен быть преобразован в соответствии с международными требованиями. В связи с этим были утверждены комплексная программа развития и целевые показатели, поставлены задачи. В комплексной программе развития предусмотрены конкретные мероприятия по реализации 26 комплексных задач по 6 направлениям. В число этих задач входит обеспечение выхода вуза в международные рейтинги, интеграция с системой непрерывного образования, привлечение к образовательному процессу зарубежных специалистов, строительство и оснащение зданий и сооружений на 5000 мест на территории вуза.
Проблемы, сохраняющиеся в этой сфере на протяжении многих лет, оставили серьезные осложнения в познании и мировоззрении детей и молодежи, не меньший ущерб и сложности они нанесли педагогам и системе их подготовки. Содержание принимаемых главой нашего государства решений о подготовке педагогических кадров, их поощрении и поддержке ориентировано на устранение старых сложностей и интеграцию системы с передовой мировой практикой.
Причина этого ясна: необходимо начать изменение системы образования с обновления учебных планов и программ, повышения уровня профессорско-преподавательского состава. Ищется ресурс для строительства красивых, удобных зданий и создания возможностей. Это хорошо, конечно. Однако нельзя забывать, что вся эта деятельность в конечном итоге служит повышению общественного престижа области педагогики, повышению ее потенциала, обогащению ее содержания передовыми знаниями и методами.
Глава нашего государства сказал: «Выпускник школы «Новый Узбекистан» станет человеком, обладающим современными навыками, владеющим информационными технологиями, креативным мышлением, способным принимать самостоятельные решения, широким мировоззрением. С этой целью мы уделяем особое внимание вопросам строительства школ во всех наших регионах, особенно в селах, и обеспечения их квалифицированными педагогическими кадрами», — сказал он.
По сути, он стал вопросом, который постоянно находится в центре внимания Президента и не выпадает из повестки дня. Обратите внимание, что21 июня текущего года принято постановление главы нашего государства «О мерах по повышению качества педагогического образования и дальнейшему развитию деятельности высших учебных заведений, готовящих педагогов». Словом, это решение станет важной правовой базой для подготовки нового поколения педагогов в нашей стране.
Крайне актуальными и взаимосвязанными с решением являются 3 задачи — разработка современных образовательных программ, поднятие на новый уровень подготовки высококвалифицированных профессиональных кадров, объединение образования, науки и практики в области педагогики. вопросы снабжения мукой. В свое время был сохранен базовый университет в области педагогики, но теперь, согласно этому решению, в разных регионах страны на базе педагогических направлений и педагогических образовательных учреждений будут созданы 8 государственных педагогических институтов и 2 государственных педагогических университета. учреждения.
Это означает, что в нашей стране начинается новый, реальный период развития педагогического образования. Трудно было представить задачи, возможности и удобства, создаваемые важным стратегическим документом. Например, начиная с текущего учебного года еженедельные учебные занятия для студентов 2-4 курсов дневной формы обучения в вузах, готовящих педагогов, будут организованы в формате «4+2». То есть у школьников будет возможность проходить практику в дошкольных и общеобразовательных учреждениях 2 дня в неделю.
Таким образом учащиеся учатся совмещать теорию и практику, работать непосредственно с детьми, входить в среду детского сада и школы. Кроме того, в процессе происходит постоянная коммуникация и спрос между институтом и общеобразовательными учреждениями, что открывает путь к качественным изменениям с обеих сторон. Начиная с 2023 года, не менее 35 отдельных квот для педагогов будут выделяться в рамках ежегодно утверждаемых общих квот приема за счет стипендий «Эл-Юрт Умид». Тот факт, что наша перспективная молодежь возвращается в передовые страны мира для совершенствования своих знаний и навыков, ускорит внедрение в нашу страну высоких педагогических ценностей.
Масштабы и размах реформ, проводимых с целью развития области педагогики и поднятия ее на уровень, соответствующий духу Нового Узбекистана, очень широки. Как председатель Национального совета по реформированию системы народного образования, Президент сам является главным инициатором и энтузиастом этих реформ, подавая всем нам отличный пример. Теперь педагоги, руководители сферы, все мы должны с ответственностью работать над выводом системы образования нашей страны на новый уровень, воспитанием образованного, самостоятельно мыслящего, верного Родине молодого поколения.

Источник: [mask_link]yuz.uz[/mask_link]

Предмет:
Каким должен быть выпускник системы передового образования нового Узбекистана?Новый Узбекистан: Новая система образования и новые подходы

Трансформация системы подготовки учителей

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: