Katta yoshdagilarga ta’lim berish — dolzarb masala

Katta yoshdagilarga ta’lim berish — dolzarb masala

O‘zbekistonda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish darajasi boshqa mamlakatlar bilan qiyoslaganda juda past. Bu 2019 yilda o‘tkazilgan «O‘zbekistonda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish: dolzarb holat va rivojlanish istiqbollari» loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalaridir.

Senator Diloram Toshmuhamedova o‘z maqolasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri va katta yoshdagilarga ta’lim berish qanday rivojlanishi kerakligi haqida fikr yuritadi.

Katta yoshdagilarga ta’lim berishni ta’minlash nima uchun muhim?

«O‘zbekistonda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish: dolzarb holat va rivojlanish istiqbollari» loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqotlar katta yoshdagilarning o‘qishga bo‘lgan ehtiyoji yuqori ekanini aniqladi. Xususan, 24−33 yoshdagilarning 70 foizdan ortig‘i o‘zlarida bilim va ko‘nikmalarning yetishmasligini his qilmoqda, 34−42 yoshdagi respondentlar esa, ularning fikriga qo‘shilgan. Jami respondentlarning 60 foizi bilim va ko‘nikmalari yetishmasligini ko‘rsatib o‘tgan. So‘rovnomada ishtirok etganlarning deyarli yarmi bilim va malaka oshirish uchun imkoniyat yo‘qligini, oilaviy holatlar tufayli vaqt yetishmasligini, o‘qishning to‘lovi yuqori darajada ekanligini hamda ish beruvchining bundan manfaatdor emasligini ko‘rsatib o‘tgan.
O‘zbekiston faqat ta’limni rivojlantirib hamda, eng muhimi, bunga aholining barcha qatlamlarini jalb qilib yuksak marralarga erishishi mumkin. Ammo uzoq vaqt mobaynida ta’lim sohasidagi qonunchilik mukammal bo‘lmagan. 2020 yil 23 sentyabr kuni «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi va kuchga kirdi. Mazkur Qonunda ilk bor ta’lim xizmatlarini sezilarli darajada kengaytirishga asos bo‘ladigan ta’lim olishning turli shakllarining ta’rifi berilgan.
Ular orasida «oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish», «inklyuziv ta’lim», «katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish». Oxirgi atama rasmiy, norasmiy va informal ta’limni o‘z ichiga oladi. Natijada katta yoshdagilar butun hayoti davomida bilimlarini kengaytiradi, ko‘nikma va malakalarini boyitadi va talab etiladigan kasbni egallaydi. Ilgari men kattalar uchun ta’lim va ta’lim sohasini rivojlantirishning ahamiyati haqida yozgan edim, bu masala bugungi kunda muhim hayotiy ahamiyatga ega.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlaganidek, O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish — Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Ushbu muhim jarayonda esa, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish mamlakatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi rol o‘ynashi kerak. Bu, ayniqsa, yangi, ilg‘or axborot texnologiyalariga asoslangan raqamli bilimlarni o‘zlashtirish, zamonaviy kasblarni puxta egallashda yaqqol namoyon bo‘lishi kerak.
Zero, yurtimizning ertangi kelajagi innovatsion iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘liq. Mukammal bilimlarga tayangan holda qisqa vaqt ichida samarali va raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratish mumkin. Shu bois ham yuqori sifatli ta’lim tizimiga ega bo‘lish, inson kapitaliga sarmoya kiritish, rasmiy ta’lim bilan birga norasmiy ta’limni ham rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash muhimdir.
Ayniqsa, bugungi kunda, dunyo COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq oqibatlarni boshdan kechirayotgan bir vaqtda, bu har qachongidan ham dolzarbdir. Davlatlar o‘z salohiyatlarini tiklashlari, iqtisodiyotni ko‘tarishlari kerak, ularning rivojlanishi bevosita ta’lim tizimining, shu jumladan katta yoshdagilarga ta’lim berishning rivojlanishiga bog‘liq. Davlatlar raqobati kuchli dunyoda odamlarni ish bilan ta’minlash va farovonlikni oshirish bilan birga, oyoqda turib qolish muhimdir.
2016 yildagi YUNESKOning katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish bo‘yicha global hisobotida ta’kidlanganidek, katta yoshdagilarga barqaror va sifatli ta’lim beradigan mamlakatlar, odatda, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, faol siyosiy va fuqarolik institutlariga, jamoatchilikning ishonchi va integratsiyasiga ega. Aksincha, hokimiyat va moddiy farovonlikda katta tengsizliklar bo‘lgan joyda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish zarar ko‘radi.
Afsuski, O‘zbekistonda bandlik muammolarini hal qilishda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berishning salohiyatidan deyarli foydalanilmaydi. Mavjud ta’lim muassasalari katta yoshdagilar, ayniqsa, aholi ishsiz qatlamining yangi bilim va ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi.

Vaziyatni bartaraf etish uchun hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlariga mos ravishda Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berishni rivojlantirish bo‘yicha davlat konsepsiyasi zarur. Uning qabul qilinishi mamlakatning barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishi, kambag‘allikni kamaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

Butun dunyoda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berishning ijobiy jihatlarini ko‘rsatadigan ko‘plab dalillar mavjud. Biroq, ko‘pgina mamlakatlar ularni davlat xarajatlari bilan taqqoslamaydilar. Aksariyat hukumatlar byudjetning atigi 1 foizidan kamini katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish uchun ajratadilar, xolos. Istisno tariqasida, ushbu maqsadlar uchun davlat byudjetining taxminan 10 foizini sarflaydigan davlat Finlyandiyadir. Darvoqe, katta yoshdagi finlar yuqori darajada savodxonligi va muammolarni hal qilish ko‘nikmalari yuksak ekani bilan mashhur. Shuningdek, ushbu mamlakat ish bilan bandlik masalalari bo‘yicha katta yoshdagilarga ta’lim berish va ularni o‘qitish bo‘yicha eng yuqori sarmoyaga egaligi bilan ham ajralib turadi.
Umuman olganda, daromadlari yuqori va iqtisodiyoti barqaror bo‘lgan davlatlarda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berishdagi ishtiroki ham yuqori darajada ekanini ko‘rish mumkin. Ushbu mamlakatlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining a’zolari bo‘lib, bandlik va mehnat unumdorligi bo‘yicha katta ko‘rsatkich va natijalarga ega.

Xorijiy tajriba

Agar bizda katta yoshdagilar uchun norasmiy ta’limni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish haqida endi so‘z borayotgan bo‘lsa, Yevropada bu masala o‘tgan asrda ko‘tarilgan. Jumladan, 1953 yilda Yevropa katta yoshdagilar ta’limi assotsiatsiyasi tashkil etilib, bugungi kunda u 34 mamlakatdagi 100 dan ortiq filiallarni birlashtirgan va butun Yevropa bo‘ylab 50 milliondan ziyod erkak va ayollardan iborat katta yoshdagilar ta’limini qamrab olgan.
Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari orasida katta yoshdagilarni umrbod o‘qitish va ularga ta’lim berish g‘oyasini targ‘ib qilish hamda siyosatini ishlab chiqish; o‘z a’zolariga axborot va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish; loyihalar, nashrlar va treninglar orqali sohadan xabardorlikni rivojlantirish; xalqaro hamkorlik masalalari ustuvor o‘rin tutadi.
Xalq universitetlari esa, ko‘plab mamlakatlarda katta yoshdagilarga ta’lim berish tizimining bir qismidir. Bu hammabop ma’rifiy muassasalarda millionlab yevropaliklar, ta’lim darajasi va yoshidan qat’i nazar, kasbiy mahoratga ega bo‘lishlari mumkin.
Buni Germaniyadagi xalq universitetlari misolida ham ko‘rish mumkin. Bu mamlakatdagi 900 dan ortiq shunday muassasalar ma’lum firma va korxonalar uchun xizmat safarlari va sayohatlar ko‘rinishida «buyurtma bo‘yicha ta’lim» shaklida kadrlarni qayta tayyorlash kurslari va seminarlarni taklif etadilar. Ularda har qanday yoshdagi odam tahsil olishi mumkin. Hatto ishlab turgan odamlar, ishsizlar, oila qurgan ayollar va erkaklar, shuningdek, pensionerlarga yo‘naltirilgan alohida kurslar mavjud.
Xalq universitetlari sharofati bilan har bir Germaniya fuqarosi yangi ixtisosni egallashi yoki o‘z sohasi bo‘yicha malakasini mustahkamlashi mumkin. Maxsus hisobvaraqda — turli darajadagi sertifikatlarni taqdim etadigan til kurslari, turli darajadagi foydalanuvchilar uchun kompyuter mahoratini o‘rgatish bo‘yicha juda ko‘p takliflar mavjud. Xalq universitetlarini bitirib chiqish orqali Germaniyada har yili 9 milliondan ortiq kishi qo‘shimcha bilim va malakaga ega bo‘ladi.
Janubiy Koreyada butun hayot davomida uzluksiz ta’lim haqidagi qonunga binoan, ushbu sohadagi milliy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan maslahat organi faoliyat olib boradi. Hayot davomida uzluksiz ta’lim qo‘mitasi ta’lim vaziri tomonidan boshqariladi. Uning tarkibiga vazir o‘rinbosarlari, Milliy uzluksiz ta’lim instituti prezidenti va qo‘mita raisi tomonidan tayinlanadigan ekspertlar kiradi.

Prezident qanday vazifa qo‘ydi?

Mamlakatimizga kuchli salohiyatga ega bilimli yoshlar va kuchli iqtisodiyot kerak. Ayni paytda dunyoda kelajak iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob beradigan yangi o‘quv madaniyati shakllanmoqda. Iqtisodiyot va ta’lim tizimining umumiy maqsadi raqobatga dosh bera oladigan va mas’uliyatli, mustaqil ravishda qaror qabul qilishga qodir, o‘ziga o‘zi motivatsiya berib rivojlantiruvchi va butun umri davomida qayta tayyorlanish uchun o‘qib-o‘rganuvchi kadrlarni tayyorlashdir.

Shu sababli 2020 yilgi Davlat dasturida butun mamlakat bo‘ylab «Ishga marhamat» mono-markazlari va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etish vazifalari belgilangan. Mazkur markazlarda ishsizlar va kambag‘al oilalar a’zolari tadbirkorlik va kasbga o‘qitiladi, shuningdek, band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish, fuqarolarga psixologik va yuridik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida ham faoliyat olib boradi. Dastur beshta tashabbus doirasida raqamli texnologiyalar markazlarini, yoshlar va IT-parklarni yaratishni ham nazarda tutadi.
Joriy yilning 11 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaror imzolandi. Hujjatga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududlarda «Ishga marhamat» monomarkazlarini, kasb-hunarga o‘qitish markazlarini, Toshkent shahri tumanlarida qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslarini, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Eng ahamiyatlisi, mazkur Qaror bilan birinchi marta qonunchilik darajasida ushbu sohada xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilib, imtiyozlar rag‘batlantirish choralari sifatida kiritildi. Shunday qilib, nodavlat kasb-hunarga o‘qitish muassasalarini tashkil etish uchun bo‘sh turgan binolar yoki ularning bir qismi operativ boshqaruvga yoki uzoq muddatli imtiyozli ijaraga beriladi. O‘quv dasturi va o‘qituvchilarni mustaqil tanlash huquqi taqdim etiladi.
Biroq, katta yoshdagilarga ta’lim berish imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun, tegishli kasbiy vakolatlarga ega bo‘lgan kattalar bilan ishlaydigan andragog-pedagoglarni tayyorlash muammosini hal qilish kerak. Biz bu masala bilan hech qachon shug‘ullanmaganmiz, hatto ko‘plab ta’lim sohasi xodimlarining o‘zlari bu so‘zni birinchi marta eshitishmoqda. Ammo bu muammo faqatgina O‘zbekistonda mavjud emas. Katta yoshdagilarga ta’lim berishning professionallik darajasini oshirish bugungi kunda ham bir mamlakat uchun, shu jumladan, xalqaro miqyosda ham asosiy muammo hisoblanadi. Bu muhokama uchun alohida mavzu bo‘lgani sababli bu haqida keyinroq to‘xtalamiz.

Ichkaridan nigoh

Har yili o‘tkazilishi kerak bo‘lgan so‘rovlar katta yoshdagilarning ta’limda ishtirok etish darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu sohadagi taraqqiyotni doimiy kuzatib borish katta yoshdagilarni o‘qish va ta’lim olishini rivojlantirish strategiyasini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning boshqa Davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish imkonini beradi.
Bu yo‘nalishda birinchi qadam allaqachon tashlangan. 2019 yilda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi (hozirda «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti) Germaniya Xalq universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) O‘zbekistondagi Filiali ko‘magi bilan ««O‘zbekistonda katta yoshdagilar o‘qishi va ta’limi: dolzarb holat va rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi tadqiqotni o‘tkazdi.
Mazkur tadqiqot asosida tayyorlangan hujjat respublikadagi katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish sohasidagi ishlarning real holatini tahlil qiladi, bu sohaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini namoyish etadi. Ushbu loyiha manfaatdor tomonlarni jalb qilgan holda joriy yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, O‘zbekistondagi katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish holati to‘g‘risida Milliy hisobot uchun asos bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot ob’ektlari 24−55 yoshdagi ayollar va 25−60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar edi. Unda Yevropa Ittifoqining barcha davlatlarida tashkil etilgan xalqaro tadqiqot Adult Education Survey (AES) yondashuvining alohida usullari qo‘llanilgan. So‘rovnoma O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirilgan.
Afsuski, tadqiqot natijalari katta yoshdagilarning o‘qishi va ta’lim olishi jarayonida ishtirok etish darajasining pastligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, yoshi kattaroq odam bu masalaga kamroq qiziqish bildiradi. Rasmiy va norasmiy ta’limdagi ayollarning ishtirok etish darajasi esa, erkaklarnikiga nisbatan biroz yuqori. Shu bilan birga, erkaklar informal (mustaqil o‘qish) o‘rganishda katta faollik ko‘rsatdi.
So‘rov o‘tkazilganlarning deyarli yarmi o‘zida o‘qish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qildi. Bunga oilaviy sharoitlar tufayli vaqt yetishmasligi, o‘quv uchun to‘lovlarning yuqoriligi va ish beruvchi ruxsat bermasligi sabablar sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, ish bilan band bo‘lmagan oila a’zolari va ta’limning baland narxi tufayli yuqori qaramlik yuki bo‘lgan o‘rtacha 5,8 kishidan iborat uy xo‘jaliklarining kam daromadlari katta yoshdagilarning birgalikda ta’lim olish va o‘qishda ishtirok etishiga jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Shaharlar aholisi bu borada faolroq. Biroq, qishloqlar aholisida qo‘shimcha ko‘nikmalar va bilimlarga katta ehtiyoj seziladi. Mintaqaviy farqlar katta yoshdagilar uchun ta’lim olish va o‘qish uchun teng imkoniyatlarning yetishmasligini ko‘rsatdi.
Rasmiy ta’lim muassasalari juda keng va katta tarmoqqa ega bo‘lishiga qaramay, ularning katta yoshdagilar ta’limini rivojlantirishdagi o‘rni pastligicha qolmoqda. Xuddi shu xulosa norasmiy ta’limga ham taalluqlidir, bu yerda rasmiy ta’lim muassasalarining ulushi atigi 10 foizni tashkil qiladi.
Ushbu ma’lumotlar mamlakatda rasmiy va norasmiy ta’limni rivojlantirish uchun davlat ta’lim muassasalari salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayotganidan dalolat beradi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ishlovchi xodimlar ishsizlarga qaraganda ko‘proq o‘qishga qatnashadi. Bunda ta’lim olish asosan allaqachon oliy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. O‘rta-maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan respondentlar 25 yildan so‘ng kamdan-kam hollarda o‘z bilim va malakalarini oshirishadi. Muntazam ravishda malaka oshirish kurslaridan o‘tishi shart bo‘lgan o‘rta tibbiyot xodimlari va boshqa ba’zi kasb egalarigina bundan mustasno. Respondentlarni ta’lim olishga undaydigan asosiy sabab ishdagi o‘z pozitsiyalarini saqlab qolish yoxud uni yaxshilash istagidir. Bu masala ayollardan ko‘ra erkaklarni ko‘proq tashvishga solmoqda.
Respondentlarning qariyb to‘rtdan bir qismi ish beruvchining talabiga binoan yoki qonun talablariga muvofiq o‘qigan. Va faqat 16% shaxsiy rag‘batlantirishga ega respondentlar (ularning aksariyati ayollar) — bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish, yangi odamlar bilan tanishish maqsadida bo‘larkan.
Tadqiqot natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, ayollar o‘qishga katta qiziqish bildirishadi, ammo bu qiziqish har doim ham ularning oiladagi va bolalarni tarbiyalashdagi an’anaviy roli tufayli amalga oshmaydi. Ular ta’lim olish imkoniyatlari erkaklardan farqli o‘laroq, oilaviy va shaxsiy sharoitlar tufayli cheklangan, deb hisoblashadi.
Tibbiyot, pedagogika va boshqa gumanitar fanlar eng talabgir yo‘nalishlar bo‘lib qolmoqda. Bunday o‘qishga talab asosan ayollar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Erkaklar orasida esa, iqtisodiyot va muhandislik mutaxassisliklariga talab katta, ammo til o‘rganish, axborot texnologiyalari sohasida ta’lim olishni istaganlar juda kam.

Asosiysi, diplom emas, balki mutaxassislik

So‘rov shuni ko‘rsatdiki, bizning fuqarolarimiz norasmiy ta’limning afzalliklarini to‘liq anglab yetmaydilar. Respondentlarning 70 foizi norasmiy ta’lim olishdan ko‘ra, rasmiy tahsil asosida ma’lumot olishni afzal ko‘rishi ushbu fikrimiz dalilidir.

Nodavlat ta’lim muassasalari (NTM) faoliyatidan xabardorlik va ularning kasb-hunar ta’limi dasturlarida o‘qish istagi ham past — respondentlarning 50 foizi NTMlar haqida bilishadi xolos va ularning faqat 38 foizigina o‘zlarining dasturlarda o‘qishni xohlashadi. Bu respondentlarning faqat davlat ta’lim muassasasining diplomigina muvaffaqiyat kafolati, degan qat’iy fikridan dalolat beradi.
Informal o‘qish — bu mustaqil o‘qishga intilish. Bu xislat, taassufki, respondentlarning atigi 27,8 foizidagina mavjud, xolos. Bu nuqtada qiziqishlar doirasi rasmiy va norasmiy ta’lim olishdan farqli o‘laroq, tarmoqlararo universal bilimlar, informatika va dasturlash, chet tillari, iqtisodiy fanlar, uy xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi, transport vositalarini ta’mirlash va boshqalarni qamrab oladi. Ammo baribir qiziqishlar qandaydir tarzda ish bilan bog‘liq (53%). Eng muhimi, tadqiqot o‘qishga bo‘lgan talab yuqori ekanini tasdiqladi. So‘rovnomada ishtirok etgan 24−33 yosh oralig‘idagi shaxslarning 70,8 foizi o‘zida bilim va ko‘nikmalar yetishmasligini his qilsa, 34−42 yoshdagilar orasida bu ko‘rsatkich deyarli 60 foizni tashkil etadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, katta yoshdagilar uchun o‘qish va ta’limni rivojlantirishda nodavlat ta’lim muassasalarining roli nihoyatda past darajada qolmoqda. Sababi, ushbu tashkilotlar tarmog‘i chekka hududlarda, tabiiyki, respublikada ham rivojlanmagan. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarining eng yuqori ulushi Toshkent shahrida va poytaxt viloyatida kuzatilgan — 64 foizdan ortiq. Bunday muassasalarning 6 foizdan ko‘prog‘i Samarqand shahri va viloyati, 5 foizga yaqini Namangan shahri va Namangan viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadigan tashkilotlarning eng kam sonini Jizzax shahri va Jizzax viloyati tavsiflaydi — atigi 0,7 foiz. Ushbu raqamlar turli viloyatlardagi aholining ta’lim xizmatlariga ega bo‘lish imkoniyatlarida nomuvofiqligini ko‘rsatadi.
Respondentlarning yarmidan sal ko‘proq qismi yangi ishga joylashish yoki bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun qo‘shimcha o‘qib-o‘rganishni istaydi. Ammo ko‘pchilik Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida tashkil etilgan Bandlikka ko‘maklashish markazlari, Ishsizlarni o‘qitish markazlari orqali kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlash imkoniyatlari to‘g‘risida eshitmagan. Respondentlar nodavlat ta’lim muassasalarida o‘qitish sharoitlari haqida ham kam ma’lumotga ega. Bularning barchasi aholining xabardorligi yetarli darajada emasligi, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish masalalari bo‘yicha mamlakatda samarali ma’lumot va maslahat tizimi mavjud emasligidan dalolat beradi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida

Davlatning barqaror rivojlanishi, uning raqobatbardoshligini ta’minlash ishchi kuchi bozorlarining tez o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda aholini, ayniqsa katta yoshdagilarni doimiy ravishda kasb-hunarga o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish bilan bevosita bog‘liq. Shu sababli, bugungi kunda O‘zbekiston uchun katta yoshdagi aholini o‘qitish va unga ta’lim berishga jiddiy e’tibor qaratish juda muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqot natijalaridan respublikadagi vaziyatga bir qadar oydinlik kiritildi va mavjud holatni tartibga solish uchun quyidagi tavsiyalarni bildirish mumkin:
2030 yilgacha bo‘lgan davrda katta yoshdagilarning ta’lim olishdagi ishtirokini oshirish bilan bog‘liq murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan Katta yoshdagilarga ta’lim berishni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish zarur. Va bu jarayonda ilmiy doiralar, jamoat kengashlari, nodavlat tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar qatnashishlari maqsadga muvofiq.
Norasmiy ta’lim va informal o‘qish natijalarini tan olish, tasdiqlash va sertifikatsiyalash tizimini joyriy etish lozim.
Katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berishni rivojlantirish uchun rasmiy ta’lim muassasalari tarmog‘ining imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish kerak.
Norasmiy ta’lim ta’minotchilarini (nodavlat ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va madaniyat markazlari) ni rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatning alohida chekka hududlarida ularning tarmog‘ini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash Davlat dasturini qabul qilish zarur. Chora-tadbirlarning qabul qilinishi katta yoshdagi aholi o‘rtasida asosan «kompyuter savodxonligi» ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, onlayn ta’limni kuchaytirish uchun sharoit yaratish, ayniqsa, pandemiya sharoitida o‘quv jarayonlarini raqamlashtirishga yordam beradi.
Moliyalashtirish va rag‘batlantirishning ko‘p kanalli mexanizmlarini rivojlantirish lozim. Bunda bir tomondan, ta’lim xizmati ko‘rsatuvchilarni, ikkinchi tomondan, ta’lim xizmatlari iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutish darkor. Masalan, mahalliy hokimiyat organlari provayderlarga o‘quv binolarini bepul berishi yoki institutsional mablag‘ ajratishi, tinglovchilarga vaucherlar va stipendiyalar berish, kasb ta’limini olish davridagi ta’til uchun haq to‘lash mumkin.
Aholining zaif qatlamlari, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar, mehnat muhojirlari, ishsizlar, nogironlar, mahkumlar, qariyalar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va boshqalar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini targ‘ib qilish va kengaytirishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiq. Aholi shuni his etishi kerakki, kasb-hunarga o‘qish, ta’lim olish va lavozim bo‘yicha ko‘tarilishda erkaklar va ayollar teng huquqlarga ega.
O‘tgan yili Veymarda bo‘lib o‘tgan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish» konferensiyasida YUNESKO, Katta yoshdagilar ta’limi bo‘yicha xalqaro kengash va Yevropa kattalar ta’limi assotsiatsiyasi vakillari Belarus, Bolqon mamlakatlari, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi kattalar ta’limi amaliyotidan yaxshi misollarni qayd etishdi. Yaqin yillarda O‘zbekiston ham ushbu ro‘yxatga kirishiga va uning tajribasi boshqa mamlakatlar tomonidan qo‘llanilishi va foydali bo‘lishiga ishonaman.


Уровень образования и подготовки взрослых в Узбекистане очень низкий по сравнению с другими странами. Таковы результаты опроса, проведенного в 2019 году по проекту «Обучение и воспитание взрослых в Узбекистане: текущее состояние и перспективы развития». В своей статье сенатор Дилорам Ташмухамедова рассуждает о новой редакции Закона об образовании и о том, как должно развиваться образование взрослых.Почему важно обеспечивать образование пожилых людей?Исследование, проведенное в рамках проекта «Обучение и образование взрослых в Узбекистане: Текущее состояние и перспективы развития» установлено, что потребность в образовании взрослых высока. В частности, с этим согласились более 70% взрослых 24-33 лет респондентов 34-42 лет. 60% опрошенных указали на недостаток знаний и умений Почти половина опрошенных заявили, что им не хватает знаний и навыков, что нет возможности повышаться, что не хватает времени по семейным обстоятельствам, что плата за обучение высока, а работодатель в этом не заинтересован. тган.
Узбекистан может добиться больших успехов, только развивая образование и, самое главное, вовлекая в него все слои населения. Но долгое время образовательное законодательство не было совершенным. 23 сентября 2020 года новая редакция Закона «Об образовании» была подписана Президентом и вступила в силу.
К ним относятся «семейное образование и самостоятельное обучение», «инклюзивное образование», «обучение и обучение взрослых». Последнее включает формальное, неформальное и неформальное образование. В результате взрослые расширяют свои знания на протяжении всей жизни, обогащают свои навыки и умения, приобретают требуемую профессию. Я уже писал ранее о важности образования и развития образования для взрослых, вопросе, который сегодня имеет жизненно важное значение.
Как сказал Президент Шавкат Мирзиёев в своем выступлении на торжественной церемонии, посвященной двадцать девятой годовщине независимости Республики Узбекистан, в Узбекистане закладывается новое возрождение – фундамент Третьего Возрождения. В этом важном процессе ключевую роль в развитии нашей страны должно сыграть образование взрослых. Особенно это должно проявляться в приобретении цифровых знаний на основе новых, передовых информационных технологий, а также в основательном освоении современных профессий.
Ведь будущее нашей страны тесно связано с инновационной экономикой.На основе совершенных знаний можно в короткие сроки создать эффективную и конкурентоспособную экономику. Именно поэтому важно иметь качественную систему образования, инвестировать в человеческий капитал, развивать и поддерживать как неформальное, так и формальное образование.
Это особенно актуально сегодня, когда мир переживает последствия пандемии COVID-19. Государствам необходимо восстанавливать свой потенциал, стимулировать экономику, и их развитие напрямую зависит от развития системы образования, в том числе образования для взрослых. В высококонкурентном мире важно оставаться на плаву, обеспечивая при этом занятость и повышая благосостояние.
Как отмечается в Глобальном отчете ЮНЕСКО об образовании и обучении взрослых за 2016 г., страны, обеспечивающие устойчивое и качественное образование для взрослых, как правило, отличаются высокими темпами социально-экономического развития, активными политическими и гражданскими институтами, общественным доверием и интеграцией. Наоборот, там, где велико неравенство власти и материального благосостояния, воспитывать и обучать взрослых вредно.
К сожалению, потенциал образования и обучения взрослых в Узбекистане практически не используется для решения проблем трудоустройства. Существующие образовательные учреждения не могут удовлетворить потребности пожилых людей, особенно безработных, в новых знаниях и навыках, необходима государственная концепция. Его принятие станет важным шагом на пути к устойчивому и инклюзивному экономическому росту и сокращению бедности в стране. Однако многие страны не сравнивают их с государственными расходами. Большинство правительств тратят менее 1 процента своего бюджета на образование и обучение взрослых. В виде исключения государством, расходующим на эти цели около 10% государственного бюджета, является Финляндия. Кстати, пожилые финны известны своим высоким уровнем грамотности и умением решать проблемы. В стране также осуществляются крупнейшие инвестиции в профессиональное образование и обучение взрослых.
В целом в странах с высокими доходами и стабильной экономикой участие в образовании и обучении взрослых также велико. Эти страны являются членами Организации экономического сотрудничества и развития,Зарубежный опыт Если говорить сейчас о поддержке и развитии неформального образования взрослых, то в Европе этот вопрос поднимался еще в прошлом веке. В частности, Европейская ассоциация образования взрослых была основана в 1953 году и сегодня объединяет более 100 отделений в 34 странах и охватывает обучение более 50 миллионов мужчин и женщин по всей Европе.
Основными задачами Ассоциации являются продвижение идеи непрерывного обучения и образования взрослых и разработка политики; предоставлять информацию и другие услуги своим членам; повышение осведомленности в этой области посредством проектов, публикаций и тренингов; вопросы международного сотрудничества являются приоритетными.
Государственные университеты являются частью системы образования взрослых во многих странах. Миллионы европейцев, независимо от уровня образования и возраста, могут приобрести профессиональные навыки в этих популярных учебных заведениях.
Это можно увидеть на примере государственных университетов в Германии. Более 900 таких учреждений в стране предлагают курсы переподготовки и семинары в форме «обучения по требованию» в виде командировок и командировок для определенных фирм и предприятий. В них могут учиться люди любого возраста. Существуют даже специальные курсы для работающих, безработных, замужних женщин и мужчин, а также пенсионеров.
Благодаря государственным университетам каждый гражданин Германии может освоить новую специальность или повысить квалификацию в своей области. В специальном аккаунте есть языковые курсы, предлагающие разные уровни сертификации, и множество предложений по обучению компьютерным навыкам пользователей разного уровня. Окончив государственные университеты, более 9 миллионов человек в Германии ежегодно получают дополнительные знания и навыки.
В Южной Корее есть консультативный орган, отвечающий за разработку и реализацию национальной политики в этой области в соответствии с Законом о непрерывном непрерывном образовании. Комитет по обучению на протяжении всей жизни возглавляет министр образования. В его состав входят эксперты, назначаемые заместителями министров, президент Национального института повышения квалификации и председатель комитета.Какую задачу ставит президент?Нашей стране нужны образованные молодые люди с сильным потенциалом и сильной экономикой. В то же время в мире формируется новая образовательная культура, полностью отвечающая требованиям экономики будущего. Общая цель экономики и системы образования – быть конкурентоспособными и ответственными, способными принимать самостоятельные решения,Поэтому в Госпрограмме-2020 по созданию моноцентров «Добро пожаловать на работу» и центров профессионального обучения по всей стране в Госпрограмме-2020 определены функции. В этих центрах проводится обучение безработных и членов малообеспеченных семей предпринимательству и профессиональному обучению, а также в сфере трудоустройства, профессионального обучения, социальной поддержки и защиты безработных, развития бизнеса, обучения и вовлечения в предпринимательство, а также в качестве психолого-правовых услуг гражданам. Программа также предусматривает создание центров цифровых технологий, молодежных и IT-парков в рамках пяти инициатив.
11 августа текущего года Президент Республики Узбекистан подписал указ «О дополнительных мерах, направленных на привлечение малоимущих и безработных к предпринимательской деятельности, повышение их трудовой активности и профессиональной подготовки, а также трудоустройства». Министерством занятости и трудовых отношений совместно с Советом Министров Республики Каракалпакстан, областным и Ташкентским городским хокимиятами Поставлена ​​задача организовать курсы профессионального обучения, пункты профессионального обучения для населения микрорайона совместно с Министерством махалли и Поддержка семьи.
Самое главное, Постановление впервые предусматривает на законодательном уровне поддержку частного сектора в этой сфере и предоставление льгот. Так, свободные здания или их часть для создания негосударственных учреждений профессионального образования будут переданы в оперативное управление или в долгосрочную льготную аренду. Предусмотрен учебный план и независимый подбор преподавателей.
Однако для полной реализации образовательных возможностей взрослых необходимо решить проблему подготовки воспитателей-андрагогов, работающих со взрослыми, обладающих соответствующими профессиональными компетенциями. Мы никогда раньше не занимались этим вопросом, а многие педагоги слышат его впервые. Но эта проблема не уникальна для Узбекистана. Повышение профессионализма в области образования взрослых по-прежнему является серьезной проблемой для одной страны, в том числе на международном уровне. Это отдельная тема для обсуждения, поэтому мы поговорим об этом позже.Постоянный мониторинг прогресса в этой сфере позволит разрабатывать и реализовывать стратегии развития образования и обучения взрослых, а также другие государственные программы социально-экономического развития страны.
Первый шаг в этом направлении уже сделан. В 2019 году при поддержке Узбекского отделения Немецкой ассоциации народных университетов (DVV), Центра научно-практических исследований «Семья» (ныне НИИ «Махалля и семья») limi: текущее состояние и перспективы развития» .
В документе, основанном на этом исследовании, анализируется реальное положение дел в сфере образования и обучения взрослых в стране, что демонстрирует влияние отрасли на социально-экономическое развитие страны. Проект заинтересованных сторон планируется завершить к концу этого года, и он может послужить основой для Национального отчета о состоянии образования и обучения взрослых в Узбекистане.
Целевыми субъектами были женщины в возрасте 24–55 лет и мужчины в возрасте 25–60 лет. В нем используются специальные методы исследования образования взрослых (AES), международного исследования, проводимого во всех странах ЕС. Опрос адаптирован к условиям Узбекистана.
К сожалению, результаты исследования показывают, что уровень участия взрослых в процессе обучения и воспитания низок. Кроме того, пожилой человек меньше интересуется предметом. Уровень участия женщин в формальном и неформальном образовании несколько выше, чем у мужчин. В то же время мужчины были более активны в неформальном (самостоятельном чтении) обучении.
Почти половина опрошенных заявили, что не могут позволить себе учиться. Причины этого – нехватка времени по семейным обстоятельствам, высокая плата за обучение и отказ работодателя. Кроме того, малообеспеченные домохозяйства, насчитывающие в среднем 5,8 человека, с высокой иждивенческой нагрузкой из-за безработных членов семьи и высокой стоимостью образования с меньшей вероятностью могут позволить себе совместное образование и профессиональную подготовку взрослых, могут служить серьезным препятствием для участие.
Горожане более активны в этом отношении. Однако в сельской местности существует большая потребность в дополнительных навыках и знаниях. Региональные различия показали отсутствие у взрослых равных возможностей учиться и учиться.
Хотя официальные учебные заведения имеют очень широкую и разветвленную сеть, их роль в развитии образования взрослых остается низкой. Тот же вывод относится и к неформальному образованию, где доля формального образования составляет всего 10%.Эти данные свидетельствуют о том, что потенциал государственных образовательных учреждений по развитию формального и неформального образования в стране используется недостаточно.
Исследования показали, что работающие люди чаще посещают школу, чем безработные. При этом обучение осуществляют в основном специалисты с высшим образованием. Респонденты со средним специальным образованием редко совершенствуют свои знания и навыки после 25 лет. За исключением акушерок и некоторых других специалистов, которые обязаны проходить регулярные курсы повышения квалификации. Основной причиной, побуждающей респондентов к обучению, является желание сохранить или улучшить свое положение на рабочем месте. Этот вопрос волнует мужчин больше, чем женщин.
Около четверти опрошенных обучались по требованию работодателя или в соответствии с требованиями закона. И только 16% респондентов с личными стимулами (в основном женщины) хотят расширить свои знания и навыки, познакомиться с новыми людьми.
Исследования показали, что женщины проявляют большой интерес к чтению, но этот интерес не всегда связан с их традиционной ролью в семье и воспитанием детей. Они считают, что доступ к образованию ограничен семейными и личными обстоятельствами, в отличие от мужчин.
Медицина, педагогика и другие гуманитарные науки остаются самыми популярными направлениями. Спрос на такое образование в основном поддерживают женщины. Среди мужчин большой спрос на специальности в области экономики и инженерии, но мало кто хочет учиться в сфере изучения языков, информационных технологий, они не понимают. Об этом свидетельствует тот факт, что 70 % респондентов предпочитают получать информацию на основе формального образования, а не неформального, и того меньше — только 50 % респондентов знают о НТМ и только 38 % из них хотят учиться. в собственных программах. Это отражает твердое мнение респондентов, что только диплом государственного учебного заведения является гарантией успеха.
Информальное чтение – это стремление к самостоятельному обучению. Это качество, к сожалению, присутствует только у 27,8% опрошенных. На данный момент в сферу интересов, помимо формального и неформального образования, входят междисциплинарные универсальные знания, информатика и программирование, иностранные языки, экономика, домоводство, сельское хозяйство, ремонт автомобилей и другое. Но все же интересы так или иначе связаны с работой (53%). Самое главное,исследования подтвердили, что спрос на чтение высок. В то время как 70,8% опрошенных в возрасте 24-33 лет ощущали нехватку знаний и навыков, в возрастной группе 34-42 лет этот показатель составил почти 60%.
Результаты исследования показывают, что роль негосударственных образовательных учреждений в развитии обучения и воспитания взрослых остается крайне низкой. Это связано с тем, что сеть этих организаций не развита в отдаленных районах, разумеется, в стране. По данным Государственной инспекции по контролю за качеством образования, наибольшая доля образовательных учреждений отмечена в Ташкенте и столичном регионе — более 64%. На город Самарканд и область приходится более 6% таких учреждений, а на город Наманган и Наманганский район около 5%. Наименьшее количество организаций, оказывающих образовательные услуги, представлено городом Джизак и Джизакской областью – всего 0,7%. Эти цифры показывают, что население в разных регионах не имеет доступа к образовательным услугам.
Чуть больше половины опрошенных хотят найти новую работу или узнать больше, чтобы улучшить свои знания и навыки. Однако многие не слышали о возможностях профессиональной подготовки и переподготовки через Центры содействия трудоустройству, Центры обучения безработных, созданные при поддержке Корейского агентства по международному сотрудничеству. Респонденты также мало осведомлены об условиях обучения в негосударственных образовательных учреждениях. Все это свидетельствует о недостаточной информированности населения, в стране отсутствует эффективная система информирования и консультирования по вопросам образования и обучения взрослых.Устойчивое развитие государства, обеспечение его конкурентоспособности напрямую связано с развитием системы непрерывного профессионального образования. обучение и повышение квалификации населения, особенно пожилого возраста, с учетом быстро меняющихся потребностей рынка труда. Поэтому для Узбекистана сегодня очень важно уделять серьезное внимание образованию и обучению взрослого населения.
Необходимо разработать концепцию развития образования взрослых для решения сложных вопросов расширения участия взрослых в образовании к 2030 году. И в этом процессе желательно участие научных кругов, общественных советов, неправительственных организаций, международных организаций.
Должна быть создана система признания, утверждения и сертификации результатов неформального образования и информального обучения.Необходимо максимально использовать возможности сети официальных образовательных учреждений для развития образования и обучения взрослых.
Необходимо принять государственную программу поддержки развития провайдеров неформального образования (негосударственных образовательных учреждений, общественных организаций и культурных центров), особенно в отдельных отдаленных районах страны. Принятие мер будет способствовать развитию навыков «компьютерной грамотности» у взрослого населения, а также создаст условия для усиления онлайн-образования, особенно в условиях пандемической цифровизации образовательных процессов.
Необходимо разработать многоканальное финансирование и механизмы стимулирования. Это должно включать поддержку поставщиков образовательных услуг, с одной стороны, и потребителей образовательных услуг, с другой. Например, местные органы власти могут предоставить поставщикам бесплатное или институциональное финансирование, предоставить ваучеры и стипендии студентам, а также оплатить отпуск во время профессионального обучения.
Особое внимание следует уделить поощрению и расширению доступа к качественному образованию для уязвимых групп, особенно молодежи, нуждающейся в социальной защите, трудовых мигрантов, безработных, инвалидов, заключенных, пожилых людей, лиц без гражданства и других. Население должно чувствовать, что мужчины и женщины имеют равные права в профессиональной подготовке, образовании и продвижении по службе.
Представители ЮНЕСКО, Международного совета по образованию взрослых и Европейской ассоциации образования взрослых в Беларуси привели хорошие примеры из практики образования взрослых на Балканах, в Юго-Восточной Азии и Латинской Америке. Надеюсь, что в ближайшие годы Узбекистан будет включен в этот список и его опыт будет использован и полезен другим странам.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: