Har bir xalq ta’limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi

Har bir xalq ta'limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi
Telegramda o'qish

“Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–4963-son, 25.01.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 martdan:
➖ xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganiladi hamda ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi;
➖ har bir xalq ta’limi xodimining elektron portfoliosi shakllantiriladi;
➖ kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlari joriy etiladi. 
 2021 yil 1 sentabrdan boshlab: 
n boshlab: ➖ malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga o
➖ malaka toifasini berish va saqlab qolish bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish yil davomida amalga oshiriladi; 
➖ uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili va boshqalar) attestatsiyadan o‘tmagan pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi va mazkur davr mobaynida ularning malaka toifasi saqlab qolinadi (o‘z tashabbusiga ko‘ra attestatsiyadan o‘tmoqchi bo‘lgan pedagog kadrlar bundan mustasno). 
 Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri yuritiladi. 
➡Davlat budjetidan mablag‘lar faqat Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlariga ajratiladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: