Maktab tizimida xalqaro tadqiqotlarning o‘rni qanday?

Maktab tizimida xalqaro tadqiqotlarning o‘rni qanday?

O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim muassasalarining o‘quvchilari 2021-yilda tashkil etiladigan PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlarida ilk bor ishtirok etishlari rejalashtirilgan.

Mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni hamda hukumatning tegishli qarori qabul qilingan bo‘lib, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, xalqaro PISA tadqiqotining reytingida 2030-yilga borib dunyoning ilg‘or birinchi 30 ta mamlakatlari qatoriga kirishga erishish vazifalari qo‘yilgan. Xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish borasida muhtaram prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomalarida ham alohida ta’kidlab o‘tildi.
Mazkur masalada atroflicha tahlillar olib borish, xalqaro tajribalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, PISA tadqiqoti bo‘yicha xalqaro arenada munosib o‘rin egallash, bu shunchaki raqam emas, balki uning ortida turgan mashaqqatli mehnat, ta’lim sifati, kadrlar salohiyati, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, o‘quv dasturlari va darsliklar, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik ta’minoti, bir so‘z bilan aytganda, milliy ta’lim tizimining qanchalik tayyor ekanligi bilan bog‘liq hisoblanadi.
Xalqaro baholash dasturlarining ta’lim tizimi rivojlanishi va ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda kelgusidagi strategik vazifalarni belgilab olishda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Ushbu maqolada, PISA tadqiqoti natijalari va tahlillarini amalga oshirishda ko‘p yillik tajriba asosida xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan ba’zi fikrlar haqida to‘xtalib o‘tishga harakat qildik. Mazkur maqola, PISA dasturining asoschisi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Ta’lim masalalari bo‘yicha departamenti rahbari Janob Andreas Shlyaherning “XXI asr maktab tizimini qanday qurish mumkin?” nomli monografiyasi asosida tayyorlandi.
Unda, ta’lim sohasidagi rivojlanishlar, yutuqlar bilan dunyo ta’lim tizimida munosib o‘rin egallab turgan davlatlarning tajribalari, ularning ushbu yutuqlarga erishishlarida PISA tadqiqotining o‘rni haqida yoritib beriladi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatini belgilashda doimiy ravishda vujudga keladigan muammolarni hal qilib borishga zaruriyatning mavjudligi, o‘z navbatida axborot va ma’lumotlarni tezkorlik bilan to‘plash hamda ilmiy kashfiyotlar qilishni ham tez sur’atlarda amalga oshirish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Lekin, bu kabi ma’lumotlar tasodifiy voqealar asosida to‘planmasligini unutib qo‘ymaslik lozim.

PISA tadqiqoti asosida olingan ma’lumotlar qanchalik keng qamrovli va qimmatli bo‘lishiga qaramasdan, hanuzgacha ko‘plab savollarni javobsiz qoldirmoqda. Tadqiqot natijalari ma’lum bir vaqtning o‘zida ta’lim tizimlari haqidagi tasavvurlarni go‘yoki fotosurat singari qayd qilib boradi, ammo, bu natijalar maktab tizimlarining hozirgi darajaga qanday yetib kelganliklarini, ularning rivojlanishiga qaysi omillar hissa qo‘shgan yoki to‘sqinlik qilganligini ko‘rsatmaydi va ko‘rsata olmaydi ham. Ushbu olingan ma’lumotlar, ta’lim tizimida erishilgan yutuqlar va kamchiliklarning sabab va oqibatlari haqida to‘liq tasavvurni anglatmaydi. Omillarni bir-biriga bog‘lash ham ko‘pincha chalg‘itadi: misol uchun, agar qushlar har kuni quyosh chiqqanda sayrasa, bu ularning sayrog‘i tufayli quyosh ko‘tarilayotganligini anglatmaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, muvaffaqiyatli ta’lim tizimlaridagi mavjud vaziyatni bilishning o‘zi, bizga qoloq tizimlarni qanday yaxshilash haqidagi savolimizga javob beradi degani emas. Bu xalqaro tadqiqotlarning ham imkoniyati chegaralanganining bir misoli bo‘lib, tahlilning boshqa shakllaridan ham foydalanishni taqozo etadi. PISA maktab tizimini boshqarish uchun nimalar qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar bermaydi, balki turli mamlakatlarning pedagogik amaliyotlari to‘g‘risida jahon hamjamiyatini xabardor qiladi, bu — uning kuchli tomonidir.
Shunday ekan, ta’lim siyosatini belgilashda xalqaro tadqiqotlar natijalaridan o‘ziga xos tajribalarni o‘zlashtirishdan oldin, bu natijalarning kelib chiqish sabablari va oqibatlarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish lozim.
Ular turli davlatlarning xalqaro tadqiqot natijalarini taqqoslash orqali o‘z mamlakatlarining ta’lim siyosati uchun manfaatli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin, go‘yoki, ishbilarmon odamlar boshqa rivojlangan kompaniyalar tajribasidan ilhom olib, olingan saboqlarni o‘z holatlariga moslashtirgan holda o‘z kompaniyalarini muvaffaqiyatlarga yo‘naltirishni o‘rganganlari singari.

Buning uchun, qiyosiy tahlilning turli shakllari, masalan, mamlakatlarning ta’lim sifati va samaradorligini o‘rganish hamda mamlakatlarning bu ko‘rsatkichlaridagi o‘zaro farqlarni tahlil qilish, ushbu mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini baholash kabi usullardan foydalanishlari mumkin.

Ushbu yondashuvning asosiy tadqiqotchilaridan biri 1988-yildan beri AQSHda Ta’lim va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha Milliy markazni (National Center on Education and the Economy) boshqarib kelayotgan Mark Takerdir. U 2009-yilda bir qator tajribali tadqiqotchilarni to‘pladi hamda PISA tadqiqotlarida ishtirok etib kelayotgan, ta’lim tizimi jadal rivojlanayotgan yetakchi davlatlarning tajribasini tahlil qilish asosida AQSH ta’lim tizimi uchun tavsiyalar ishlab chiqishga bel bog‘ladi. Tadqiqot davomida tarixchilar, siyosatchilar, iqtisodchilar, ta’lim sohasidagi mutaxassislar, oddiy fuqarolar, jurnalistlar, tadbirkorlar va o‘qituvchilar bilan suhbatlashildi. Takerning bu tashabbusi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan olib borilayotgan amaliy tadqiqotlarini turli kasb vakillari va aholi qatlamlarining qiziqarli qarashlari va foydali takliflari bilan to‘ldirdi hamda keyinchalik salmoqli tadqiqotlar uchun zamin yaratdi.

Mamlakat ta’lim tizimining individual rivojlanishini tahlil qilish shu mamlakatning tarixini, an’anaviy qadriyatlarini, kuchli tomonlari va o‘ziga xos milliy muammolarini ham o‘rganishni talab etadi. Takerning qiyosiy tadqiqotlari ta’lim sohasida yaxshi natijalar bilan ajralib turadigan mamlakatlarning ta’lim siyosatidagi kutilmagan xususiyatlarni ochib berdi:

Yuqori samarali ta’lim siyosatiga ega mamlakatlar o‘z fuqarolarini resurslarni qisqa muddatli maqsadlarga sarflashdan ko‘ra, ta’lim orqali kelajakka sarmoya kiritishga sarflash manfaatli ekanligiga va ishchi kuchining narxi uchun emas, balki sifati uchun kurashish lozimligiga ishontirdilar.

Ta’limning yuqori mavqei – bu tenglamaning faqat bir tomonidir. Uning ikkinchi tomoni esa – bu nafaqat iqtidorli o‘quvchilar, balki har qanday o‘quvchi yaxshi o‘zlashtira olishi mumkinligiga bo‘lgan ishonchdir. Ba’zi mamlakatlarda faqat oz sonli kishilargina yaxshi natijalarga erisha olishi mumkin degan fikr mavjud. Ammo, PISA tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bunday qarash ijtimoiy nomutanosiblikni kuchaytiradi. Bundan farqli o‘laroq, Estoniya, Kanada, Finlyandiya va Yaponiya kabi turli mamlakatlarda ota-onalar va o‘qituvchilar har bir o‘quvchi yuqori talablarga javob bera olishiga ishonishadi. Ushbu ishonch dars jarayonidagi talabalar va o‘qituvchilarning xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi. Bunday tizimlardagi ta’lim munosabatlarining ishtirokchilari talabalarning qobiliyatlari, iste’dod va qiziqishlarini aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, balki har bir o‘quvchida ushbu xususiyatlarni rivojlantirishdek natijalarga erishdi.

Eng yaxshi maktab tizimlari ta’lim standartlaridan chetga chiqmagan holda o‘quvchilarning ta’limga oid turli xil ehtiyojlarini aniqlab, tabaqalashtirilgan pedagogik ta’lim orqali bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan. Ushbu tizimlarda insonlar oddiy talabalar ham g‘ayrioddiy iste’dodlarga ega bo‘lishi mumkinligini tan olishadi va shuning uchun barcha talabalar yuqori ta’lim standartlariga javob berishlari uchun o‘zlarining bor imkoniyatlarini safarbar qilishadi. Bundan tashqari, ushbu tizimlardagi o‘qituvchilar o‘z kuchlari, vaqtlari va mablag‘larini nafaqat o‘quvchilarining o‘zlashtirishiga, balki ularning farovon yashashiga ham sarflaydilar.

Hech qaysi mamlakatda maktab tizimining sifati o‘qituvchilarni tayyorlash sifatidan yuqori bo‘la olmaydi. Shuni inobatga olgan holda, ta’lim tizimi sifatini oshirish uchun eng avvalo pedagoglarning kasbiy tayyorgarligini yuqori bosqichga ko‘tarish lozim. Eng yaxshi ta’lim tizimi amal qiluvchi mamlakatlarda o‘qituvchilarning bilim salohiyatiga katta e’tibor beriladi, ularning davriy ravishda o‘qitib boriladi, o‘qituvchilarga, ayniqsa qiyinchiliklarga duch kelgan yosh o‘qituvchilarning malaka oshirishlariga ko‘maklashiladi va kasbiy standartlarga muvofiq ish haqi tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, bunday mamlakatlarda o‘qituvchilarning eng yaxshi pedagogik tajribalarni o‘rganishlari, hamkorlikda ishlashlari, kasbiy o‘sishi hamda shaxsiy karyera pog‘onalariga ko‘tarilib borishlari uchun sharoit yaratiladi.
Yuqori samarali maktab tizimlari rahbarlarining birinchi galdagi vazifalari – bu o‘quvchilarning o‘zlashtira olish imkoniyatlarini o‘rganish va bu o‘quvchilarga o‘qituvchilar tomonidan nimalarni o‘rgatishi lozimligini aniqlashdan iboratdir. Bunday davlatlar allaqachon ma’muriy boshqaruv va qog‘ozbozlik tizimidan voz kechib, mehnatni tashkil etishning professional shakllariga o‘tganlar. Ular o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatlarini rag‘batlantiradilar, nafaqat individual balki jamoaviy faoliyat samaradorligini oshirishga yordam beradigan professional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydilar. Yetakchi maktab tizimlarida ma’muriyat va o‘qituvchilar iyerarxik munosabatlardan uzoqlashishga va pastdan yuqoriga qarab rivojlanishga harakat qilmoqdalar. Shu bilan birga, ular o‘qituvchilar yoki maktablar o‘rtasidagi gorizontal aloqalarni mustahkamlashga, hamkorlik madaniyati va kuchli innovatsion tarmoqlarni yaratishga harakat qilmoqdalar.
Eng samarali maktab tizimlari har bir o‘quvchiga ilg‘or pedagogik tajribalar asosida yuqori darajadagi bilim beradi. Ushbu maqsadga erishish uchun murakkab boshqaruvga ega bo‘lgan maktablarga eng tajribali direktorlar va eng past o‘zlashtiruvchi sinflarga esa eng mahoratli o‘qituvchilar jalb qilinadi.
Va nihoyat, yana bir muhim tomoni shundaki, yuqori samarali ta’lim tizimlari belgilangan o‘quv kursining hamma joyda amalga oshirilishini nazorat qiladi. Ular uzoq vaqt davomida ta’lim siyosatining muvofiqligini ta’minlaydi va uning izchillik bilan amalga oshirilishini nazorat qiladi.

Jamshid Narziyev,
Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


Учащиеся общеобразовательных школ Республики Узбекистан впервые примут участие в международных исследованиях PISA и PIRLS, которые состоятся в 2021 году.
По данному вопросу приняты указ Президента Республики Узбекистан и соответствующее постановление правительства, ведется большая работа по подготовке к международным исследованиям. По его словам, в рейтинге международного исследования PISA ставится цель войти к 2030 году в число 30 лучших стран мира. В Послании Президента Олий Мажлису также отмечена необходимость надлежащей подготовки к процессу международной оценки.
Важно провести комплексный анализ этого вопроса, изучить международный опыт. Потому что достойное место на международной арене исследований PISA — это не просто цифры, а кропотливая работа, стоящая за ними, качество образования, человеческие ресурсы, знания и навыки студентов, учебные программы и учебники, логистика учебных заведений, в Короче говоря, зависит от готовности национальной системы образования.Международные оценочные программы влияют на развитие системы образования и качество образования В данной статье мы попытались сосредоточить внимание на некоторых мнениях, высказанных международными экспертами на основе опыт внедрения результатов и анализа исследований PISA. Эта статья г-на Андреаса Шлиахера, основателя программы PISA и руководителя отдела образования Организации экономического сотрудничества и развития, под названием «Как построить школьную систему в XXI веке?» подготовлен на основе монографии под названием .
Освещаются разработки в сфере образования, опыт стран, занявших достойное место в мировой системе образования своими достижениями, роль исследований PISA в достижении этих достижений Необходимость сделать это, в свою очередь, обуславливает необходимость быстрого сбора информации и данных, а также быстрое внедрение научных открытий. Однако следует иметь в виду, что такая информация не собирается на основе случайных событий.
Какими бы исчерпывающими и ценными ни были данные, полученные в ходе исследования PISA, многие вопросы остаются без ответа. В то же время результаты исследования фиксируют представления о системах образования как о фотографиях, но эти результаты не показывают, насколько школьные системы достигли своего нынешнего уровня, какие факторы способствовали или препятствовали их развитию. Эти данные не дают полного представления о причинах и следствиях достижений и недостатков системы образования. Взаимосвязь факторов также часто бывает запутанной: например, если птицы поют каждый день, когда восходит солнце, это не значит, что солнце восходит из-за их странствий.
Короче говоря, простое знание текущей ситуации в успешных системах образования не означает ответа на наш вопрос о том, как улучшить отсталые системы. Это пример ограниченного объема международных исследований, требующих использования других форм анализа. PISA не дает указаний, что делать для управления школьной системой, а информирует мировое сообщество о педагогических практиках разных стран, в чем ее сила.Прежде чем осваивать эксперименты, необходимо изучить взаимосвязи причин и следствий Как если бы деловые люди научились направлять свои компании к успеху, черпая вдохновение из опыта других развитых компаний и адаптируя извлеченные уроки к своим собственным обстоятельствам.
Для этого могут быть использованы разные формы сравнительного анализа, такие как изучение качества и эффективности образования в странах и анализ различий этих показателей стран, оценка специфики системы образования этих стран.
Одним из ключевых исследователей этого подхода является Марк Такер, возглавляющий Национальный центр образования и экономики США с 1988 года. В 2009 году он собрал ряд опытных исследователей и поставил перед собой задачу разработать рекомендации для системы образования США на основе анализа опыта ведущих стран в системе образования, участвующих в исследовании PISA. В ходе исследования были опрошены историки, политики, экономисты, работники образования, простые граждане, журналисты, предприниматели и учителя. Инициатива Такера дополнила практические исследования, проводимые Организацией экономического сотрудничества и развития (ОЭСР), интересными взглядами и полезными предложениями представителей различных профессий и слоев населения, а затем заложила основу для серьезных исследований.
Анализ индивидуального развития системы образования страны также требует изучения истории страны, традиционных ценностей, сильных сторон и конкретных национальных проблем. Сравнительное исследование Такера выявило неожиданные черты в образовательной политике стран с хорошими результатами в образовании:
Страны с высокоэффективной образовательной политикой убедили своих граждан, что инвестировать в будущее через образование выгоднее, чем тратить ресурсы на краткосрочные цели, и что рабочая сила должна бороться за качество, а не за цену.
Высокое положение образования — это только одна сторона уравнения. Другой стороной этого является убеждение, что не только одаренные ученики, но и любой ученик могут хорошо освоить его. В некоторых странах бытует мнение, что лишь небольшое количество людей может добиться хороших результатов. Однако исследование PISA показывает, что такой подход усугубляет социальное неравенство. Напротив, в различных странах, таких как Эстония, Канада, Финляндия и Япония, родители и учителя считают, что каждый ученик может соответствовать самым высоким стандартам. Эта уверенность отражается в поведении студентов и преподавателей во время курса. Участники образовательных отношений в таких системах не только выявляли способности, таланты и интересы учащихся, но и добивались таких результатов, как развитие этих качеств у каждого ученика.
Лучшие школьные системы стремятся удовлетворить эти потребности посредством дифференцированного педагогического образования, выявляя различные образовательные потребности учащихся без отклонения от образовательных стандартов. В этих системах люди признают, что даже обычные учащиеся могут обладать экстраординарными талантами, и поэтому мобилизуют все свои ресурсы для обеспечения того, чтобы все учащиеся соответствовали высоким образовательным стандартам. Кроме того, учителя в этих системах тратят свою энергию, время и ресурсы не только на мастерство своих учеников, но и на их благополучие.
Ни в одной стране качество школьной системы не может быть выше качества подготовки учителей. С учетом этого для повышения качества системы образования, прежде всего, необходимо повысить уровень профессиональной подготовки учителей. В странах с лучшей системой образования большое внимание уделяется повышению уровня знаний учителей, их периодическому повышению квалификации, оказанию помощи учителям, особенно молодым учителям, столкнувшимся с трудностями, и работе в соответствии с профессиональными стандартами будет введена платная система. Кроме того, в таких странах учителям создаются условия для изучения передового педагогического опыта, совместной работы, профессионального роста и продвижения по карьерной лестнице.
Первая задача высокоэффективных руководителей школьной системы состоит в том, чтобы изучить возможности мастерства учащихся и определить, чему эти учителя должны учить учащихся. Такие государства уже отказались от системы административного управления и делопроизводства и перешли к профессиональным формам организации труда. Они поощряют инновационную деятельность учителей, поддерживая профессиональное развитие, что способствует повышению эффективности не только индивидуальной, но и командной работы. В ведущих школьных системах администраторы и учителя склонны отходить от иерархических отношений и развиваться снизу вверх. При этом они стремятся укрепить горизонтальные связи между учителями или школами, создать культуру сотрудничества и прочные инновационные сети. Наиболее эффективные школьные системы обеспечивают каждому учащемуся высокий уровень знаний, основанный на лучших педагогических практиках. Для достижения этой цели в школах с комплексным управлением будут задействованы самые опытные директора, а в низших мастерских классах будут задействованы самые опытные учителя.И, наконец, еще один немаловажный аспект, который контролирует его реализацию повсеместно. Они обеспечивают последовательность образовательной политики на протяжении длительного периода времени и контролируют ее последовательную реализацию.
Джамшид Нарзиев,
Национальный центр международных исследований по оценке качества образования при Инспекции образования

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: