Xalq ta’limi vazirligida ta’lim sifatini oshirish masalasi ko‘rildi

23 oktyabr kuni Xalq ta’limi vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda ta’lim sifatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan umumta’lim maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirishi bo‘yicha qilingan tahlil va ko‘rilgan chora-tadbirlar natijadorligi hamda kelgusidagi vazifalar muhokama etildi.
Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan ta’lim sifatini ko‘tarish masalasi Hay’at yig‘ilishi kun tartibiga qo‘yildi.
Bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtiga kirish natijalarini to‘liq ko‘rib chiqish maqsadida O‘zbekistondagi xorijiy hamda chet el oliy o‘quv yurtlariga kirish natijalari ham tahlil qilindi.
Xususan, attestst.uzedu.uz elektron bazasidagi barcha (282 974 nafar) 11-sinf bitiruvchilarining nomma-nom ro‘yxati (attestat raqami asosida) olinib, bugungi kunda ularning qaysi oliy o‘quv yurtiga kirganligi, davlat granti yoki kontrakt asosida ekanligi, o‘qishga kirmagan bitiruvchilarning bugungi kunda ishga joylashganligi haqida hududiy boshqarmalardan tezkor ma’lumotlar olindi.
Tahlillarga ko‘ra, 282 794 nafar bitiruvchilardan 34 837 nafari (yoki 12.3%) oliy o‘quv yurtiga qabul qilingan. Ularning 25 280 nafari (73%) respublikamizdagi davlat oliy ta’lim muassasalariga, 2 794 nafari (8%) O‘zbekistondagi xorijiy oliy o‘quv yurtlariga, 6 793 nafari chet eldagi xorijiy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirgan. SHuningdek, bitiruvchilarning 6 958 nafari (28%) davlat granti asosida, 27 879 nafari (72%) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.
Bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtiga kirish natijalarini hududlar kesimida tahlil qilinganda birinchi uchtalikda Toshkent shahri (36%), Navoiy viloyati (21,9%), Buxoro viloyati (18,4%) o‘rin egalladi. Afsuski, so‘nggi o‘rinlarda Qashqadaryo (14-o‘rinda 7,4%), Jizzax (8,0%), Andijon (8,2%) viloyatlari qolib ketgan.
Birorta ham bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kirmagan maktablar soni ham tahlil qilindi. Bu borada “anti rekordsmen” hududlar ro‘yxatiga Qashqadaryo (44 ta – 39,7%), Jizzax (189 ta — 34,9%), Samarqand (374 ta 30,8%) viloyatlari kirdi. Nisbatan yaxshi natijalar Toshkent shahri (1 ta 0.3%), Buxoro (33 ta -6.2%), Xorazm (43 ta 8.2%) viloyatlarida ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hay’at yig‘ilishida bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtiga kirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan Farg‘ona viloyati, Uchko‘prik tumanidagi 21-maktab direktori Z.Kimsanova muvaffaqiyatga erishishda maktabda to‘plangan tajriba va tavsiyalarini quyidagicha izohladi:
-Muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, har bir maktab o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib olishi lozim. SHuningdek, butun pedagogik jamoa birgalikda maqsad sari intilishi zarur. Buning uchun albatta, yaxshi pedagoglar kerak. Bu borada dars soatlarini taqsimlashda tajribasi yuqori va fidoyi o‘qituvchilarga ko‘proq e’tibor qarataman.
Hay’at majlisida oliy o‘quv yurtiga kirishda eng yaxshi natija ko‘rsatgan viloyat, tuman (shahar) va maktab rahbarlari rag‘batlantirildi. Aksincha, o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan, ta’lim sifatini oshirishda mavjud imkoniyatlardan foydalanmagan, tashabbus ko‘rsatmagan viloyat, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudiri va maktab rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Yig‘ilish so‘ngida hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirlari va maktab rahbarlariga ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha 10 ta ustuvor vazifalarni belgilab olish va ularni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Yig‘ilishda yaxshi natija ko‘rsatgan ta’lim muassasalari direktorlari rag‘batlantirilib borilishi, yomon natija ko‘rsatadigan maktab rahbarlari jazolanishi ta’kidlandi.
SHu o‘rinda, yomon natija ko‘rsatgan tuman va viloyat xalq ta’limi bo‘limi hamda boshqarmalar rahbarlariga intizomiy chora ko‘rildi. Natijasi past bo‘lgan maktab direktorlariga ham qonunchilik doirasida intizomiy chora ko‘rish vazifasi berildi.
Xalq ta’limi vazirligi doimiy ravishda ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratib boradi.


23 октября состоялось очередное расширенное заседание Коллегии Министерства народного просвещения.

На нем обсуждался анализ охвата выпускников школ высшим образованием, что является одним из основных показателей качества образования, эффективность принимаемых мер и задачи на будущее.
На повестку дня коллегии вынесено повышение качества образования, что является одной из основных задач Министерства народного образования.
С целью полного рассмотрения результатов приема выпускников в высшие учебные заведения также были проанализированы результаты приема в зарубежные и зарубежные вузы Узбекистана.
В частности, получен список всех (282 974) выпускников 11 классов в электронной базе attestst.uzedu.uz (по номеру аттестата), в какой вуз они поступили сегодня, на основании государственного гранта или контракта, оперативная информация было получено от региональных отделений о том, что выпускники, которые не поступили, в настоящее время трудоустроены.
Согласно анализу, из 282 794 выпускников 34 837 (или 12,3%) поступили в высшие учебные заведения. Из них 25 280 (73 %) поступили в государственные высшие учебные заведения республики, 2 794 (8 %) – в зарубежные вузы Узбекистана, 6 793 – в зарубежные вузы за рубежом. Кроме того, 6 958 выпускников (28 %) были приняты на основе государственных грантов, а 27 879 (72 %) — на контрактной основе.
Город Ташкент (36%), Навоийская область (21,9%) и Бухарская область (18,4%) входят в тройку лидеров при анализе результатов приема выпускников в высшие учебные заведения по регионам. К сожалению, на последних местах оказались Кашкадарьинская (7,4%), Джизакская (8,0%) и Андижанская (8,2%) области.
Также было проанализировано количество школ, выпускники которых не поступили в высшие учебные заведения. В связи с этим в список «антирекордных» регионов вошли Кашкадарьинская (44 – 39,7%), Джизакская (189 – 34,9%), Самаркандская (374 – 30,8%) области. Относительно хорошие результаты отмечены в г.Ташкенте (1,0,3%), Бухарской (33-6,2%), Хорезмской (43,8,2%) областях.
На заседании коллегии директор школы № 21 Учкуприкского района Ферганской области, имеющей высокий коэффициент охвата учащихся, З. Кимсанова прокомментировала опыт школы и рекомендации для достижения успеха:
-Чтобы быть успешной, в первую очередь каждая школа должна иметь четкую цель. Также необходимо, чтобы весь педагогический коллектив работал вместе для достижения цели. Для этого, конечно, нужны хорошие воспитатели. В связи с этим я уделяю больше внимания опытным и преданным своему делу учителям при распределении учебных часов.
На заседании правления были поощрены руководители губерний, районов (городов) и школ, показавшие лучшие результаты при поступлении в университет. Наоборот, принято решение о привлечении к дисциплинарной ответственности начальника областного, районного (городского) отдела народного образования и директоров школ, которые действовали безответственно, не использовали имеющиеся возможности для повышения качества образования, не проявили инициативу. принятый.
В завершение совещания руководителям областных отделов народного образования, районных отделов народного образования и директорам школ было поручено определить и реализовать 10 приоритетных направлений повышения качества образования.
На совещании отмечалось, что директора учебных заведений, показавшие хорошие результаты, будут поощряться, а директора школ, показавшие плохие результаты, будут наказаны.
В связи с этим к руководителям районных и областных отделов народного образования и отделов, показавших неудовлетворительные результаты, были привлечены дисциплинарные взыскания. Низкоэффективные директора школ также были обязаны по закону принимать дисциплинарные меры.
Министерство народного образования постоянно уделяет внимание вопросам, связанным с повышением качества образования.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: