O‘zbekistonda Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi

O‘zbekistonda Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 29-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmon bilan Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi yo‘nalishlarini belgilab berdi:

  • O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;

    uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

    o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;

    xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;

    xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;

    yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish;

    davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;

    yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;

    xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.

Farmonga ko‘ra, konsepsiya tegishli davrga mo‘ljallangan maqsadli parametrlar va yo‘nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‘l xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
E’tiborlisi, konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash borasida ham kamchiliklardan holi emas.
Konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar bo‘yicha yangi o‘quv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi. O‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi. Farmonning to’liq matni bilan Xalq ta’limi vazirligi axborot nashrida batafsil tanishish mumkin.


29 апреля 2019 года Президент Шавкат Мирзиёев подписал Указ «Об утверждении Концепции развития системы народного образования Республики Узбекистан до 2030 года».

Указом утверждена концепция развития системы народного образования до 2030 года и дорожная карта по ее реализации. В концепции обозначены следующие направления развития системы образования:

К 2030 году вывести Республику Узбекистан в число 30 лучших стран мира в рейтинге Международной программы оценки учащихся PISA (Программа международной оценки учащихся);

качественное обновление содержания системы непрерывного образования, а также подготовки, переподготовки и повышения квалификации специалистов;

совершенствование методов обучения, постепенное внедрение принципов индивидуализации в образовательный процесс;

внедрение современных информационно-коммуникационных технологий и инновационных проектов в сфере народного образования;

укрепление материально-технической базы учреждений народного образования и повышение эффективности бюджетного финансирования;

внедрение современных методов и направлений внешкольного образования в обучение и трудоустройство молодежи;

расширение конкурентной среды в системе народного образования за счет развития государственно-частного партнерства;

реализовать пять инициатив, в том числе комплекс мер, направленных на создание дополнительных условий для обучения молодежи;

Постепенно повышать уровень оплаты труда, материального стимулирования и социальной защиты работников общего среднего образования в целях повышения привлекательности системы народного образования.

Согласно указу, реализация концепции будет осуществляться поэтапно посредством «Дорожной карты», которая будет утверждаться ежегодно, исходя из целевых параметров и направлений на соответствующий период.
Примечательно, что в концепции обозначены существующие проблемы в сфере народного образования. Существует ряд проблем в управлении общим средним образованием. В частности, школы не поддерживаются государственными органами в плане методического, материально-технического обеспечения и финансирования. Есть недостатки и в кадровом обеспечении.
Концепция определяет основные направления развития системы образования. В частности, будет усовершенствована система общего среднего образования. Также будут разработаны новые учебные планы, программы и учебники по иностранным языкам, компьютерной грамотности, математике, физике, химии и биологии. Будут созданы условия для развития студентами своих способностей, самостоятельного выбора профессии и приобретения современных профессий. Полный текст указа доступен в пресс-релизе Министерства народного просвещения.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: