O‘qituvchilarga toifa olish soddalashtiriladi

O‘qituvchilarga toifa olish soddalashtiriladi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi.

Yig‘ilishda pedagog kadrlar malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda pedagoglar har 5 yilda, rahbar kadrlar esa har 3 yilda malaka oshirmoqda. Lekin bu to‘la qamrov uchun yetarli emas. Joriy yilda Sirdaryo viloyatida 11 ming nafar maktab o‘qituvchilarining barchasi sinov tariqasida masofaviy malaka oshirish kurslari bilan qamrab olinmoqda.

Kelgusi yili Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida malaka oshirish bo‘yicha masofadan o‘qitish tashkil etiladi. Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagog kadrlar malakasini oshirishda respublikada yetakchi oliygoh etib belgilanadi. Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti esa ta’lim muammolarini chuqur o‘rganadigan ilmiy-tadqiqot dargohi bo‘ladi.

O‘qituvchilar toifasini belgilash tartibini ham tubdan qayta ko‘rib chiqish lozimligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida mehnat qilayotgan 490 mingdan ziyod pedagoglarning 4 foizi oliy, 15 foizi birinchi toifaga ega. 4 bosqichdan iborat amaldagi attestatsiya tizimida qog‘ozbozlik hanuzgacha saqlanib qolgan.

Shu bois mutasaddilarga toifa berish tartibini soddalashtirish, pedagoglar bilimini yil davomida baholash imkonini beruvchi 2 bosqichli tizimga o‘tish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.


Сегодня сообщалось, что под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеосовещание по обсуждению вопросов совершенствования системы образования в стране, ускорения развития науки.

На встрече были рассмотрены вопросы повышения квалификации педагогов.

Сегодня учителя проходят обучение каждые 5 лет, а менеджеры – каждые 3 года. Но этого недостаточно для полного охвата. В этом году все 11 тысяч школьных учителей Сырдарьинской области охвачены дистанционными курсами в пробном порядке.

В следующем году дистанционное обучение будет организовано в Бухарской, Самаркандской, Ферганской областях и Ташкенте. Ташкентский государственный педагогический университет признан ведущим вузом страны по подготовке педагогических кадров. Институт перспективных исследований Авлони станет научно-исследовательским институтом, который будет углубленно изучать проблемы образования.

Также было отмечено, что следует кардинально пересмотреть порядок определения категории педагогов.

Из более чем 490 000 учителей, работающих сегодня в системе народного образования, 4% имеют высшее образование и 15% имеют первую категорию. Текущая 4-этапная система сертификации по-прежнему безбумажна.

Поэтому чиновникам было поручено упростить процесс классификации и перейти на двухуровневую систему, которая позволила бы учителям оценивать свои знания в течение года.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 3
  1. Gavhar

    Salom men biologiya fanidan dars beraman. Magistraturani qishloq x6jalik ins.ni tamomlaganman. Menga 2- toifa beriladimi y6qmi

    1. Assalomu alaykum oldzmi 2-toifa

      Assalomu alaykum oldzmi 2-toifani

  2. Musayeva Dilnoza

    Assalomu aleykum. Dikretdan qaytgan òqituvchiga attestatsiyada qatnawiw uchun baholaw mezonida ballar qay tariqa beriladi oldingi darslaridan namuna tayyorlayveradimi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: