O‘zbekistondagi OTMda Finlyandiya ta’lim tizimi asosida kadrlar tayyorlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistondagi OTMda Finlyandiya ta’lim tizimi asosida kadrlar tayyorlash rejalashtirilmoqda

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Finlyandiyaning Turku amaliy fanlar universiteti rahbariyati hamda Tashqi ishlar vazirligi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videomuloqotda ta’lim va ilm-fan orqali mamlakatimizni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadigan malakali mutaxassislar tayyorlash masalasi muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, mazkur universitetlar o‘rtasida ikki tomonlama diplom beruvchi qo‘shma ta’lim dasturini joriy qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Unga ko‘ra, 2021 yil yanvar oyidan Turku amaliy fanlar universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturi doirasida dastlabki qabulni boshlash rejalashtirildi.

Dasturning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda talabalar 1+3 shaklida ta’lim oladilar hamda Finlyandiya kompaniyalariga ishga qabul qilinadilar. Ya’ni, dastur ishtirokchilari dastlabki 1 yil O‘zbekistonda va keyingi 3 yil Finlyandiyada ta’lim oladilar. O‘qish davrida talabalar fin kompaniyalarida amaliyot o‘taydilar, bitiruvchilar o‘z sohalari bo‘yicha Finlyandiya kompaniyalarida ishga qabul qilinishlari belgilangan.

Dastlabki kelishuvlarga ko‘ra qo‘shma ta’lim dasturi bakalavriat bosqichida “Dasturiy muhandislik va tadbirkorlik” hamda “Biznes axborot texnologiyalari va tadbirkorlik” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni qabul qilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu dastur hamkorlari Yevropaning eng mashhur tadbirkorlaridan Piter Vesterbaka, Finlyandiyaning Finest Future kompaniyasi, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi hisoblanadi. Dasturni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yaqindan ko‘mak bermoqda.


В ходе видеоконференции в Ташкентском государственном экономическом университете с руководством Университета прикладных наук Турку и Министерства иностранных дел Финляндии был затронут вопрос подготовки квалифицированных специалистов, которые будут способствовать развитию нашей страны через образование и науку. обсуждалось.

В ходе переговоров стороны договорились развивать практическое сотрудничество, а также принять практические меры по внедрению совместной дипломной программы между этими вузами.

По его словам, первый прием планируется начать в январе 2021 года в рамках совместной образовательной программы с Университетом прикладных наук Турку.

Особенность программы в том, что студенты учатся по форме 1+3 и трудоустроены в финские компании. Другими словами, первый год участники программы будут учиться в Узбекистане, а следующие три года – в Финляндии. Во время учебы студенты проходят стажировку в финских компаниях, а выпускники нанимаются финскими компаниями по своим направлениям.

Согласно первоначальным договоренностям, в совместную программу будут зачислены студенты бакалавриата в области разработки программного обеспечения и предпринимательства, а также бизнес-информационных технологий и предпринимательства.

Партнерами данной программы являются Петер Вестербака, один из самых известных предпринимателей Европы, Finest Future, Финляндия, и Почетное консульство Финляндии в Узбекистане. Министерство иностранных дел Республики Узбекистан оказывает активное содействие в реализации программы.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: