Ta’lim tizimi va yangicha yondashuvlar

Ta’lim tizimi va yangicha yondashuvlar

Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi.

Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‘iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi.
Professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori
2018 yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.
Oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazilishi oliy ta’limga qamrab olish ko‘lamini yanada kengaytirdi.
Ta’lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo‘ldi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim sohasida amalg aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir.
Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida – sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo‘lini tutgan barcha mamlakatlarda e’tirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti, rahbar sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, yetakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, yurtimizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uyg‘unlantirishga qaratganligi bejiz emas.
Davlatimiz rahbarining shundan keyin sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” ishlab chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa ko‘plab qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan biri sifatida belgilanishi ham ana shu e’tiborning amaliy ifodasi edi.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, intelektual mulk ulushi Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020 yilning 12 oktabr kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ham “Intellektual mulkni himoya qilish – Uchinchi uyg‘onish davri uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi” mavzusiga bag‘ishlangan edi. O‘shanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Xususan, ta’lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi.
Shunga ko‘ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi ham ta’lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo‘ldi deyishimiz mumkin.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar Namangan davlat universitetida ham izchil amalga oshirib kelinmoqda. Binobarin keyingi uch yil ichida fakultetlar soni 9 tadan 15 taga, mutaxassislik kafedralari soni 27 tadan 46 taga, ta’im yo‘nalishlari soni 31 tadan 52 taga, magistratura mutaxassisliklari soni esa 12 tadan 26 taga yetkazildi. Bunga mos ravishda ilm istagida bo‘lgan universitet talaba yoshlari soni 5100 nafardan qariyib 21000 nafarga yetdi.
Professor-o‘qituvchilar soni 470 nafardan 710 nafarga yetdi. Universitetda 2018-2019 o‘quv yiliga qadar ilmiy salohiyat 26 fizni tashkil etib, bironta ixtisoslik bo‘yicha ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bomagan. Keyingi yillarda ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor qaratilib, ilmiy salohiyat 37 foizdan oshdi, ta’lim sifatini ta’minlash yo‘lida bugungi kunda 12 ta ixtisoslik bo‘yicha 9 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bormoqda. Albatta, bu borada 17 ta tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar hisobidan universitet ilmiy-pedagog kadrlari saflarini salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish maqsadi belgilab olingan.
Yaqin-yaqingacha universitet asosan pedagogik soha uchun mutaxassislar tayyorlar edi. Bugungi kunda universitetda Arxeologiya, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Sotsiologiya, Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha), Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha), Zooinjeneriya: baliqchilik, Mevachilik va uzumchilik, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish, Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha), Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), 2021 yildan boshlab esa Davolash ishi, Pediatriya ishi kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni boshlaganligi oliygohimizni haqiqiy ma’noda viloyatimizning aql markaziga aylanayotganligidan dalolat beradi.
Universitet yirik ilmiy-tadqiqot markazi sifatida Namangan davlat universitetida media markaz tashkil etish, Akvakultura bo‘yicha o‘quv-amaliy trenajer tashkil etish, “Dorivor o‘simliklardan shifobaxsh ichimliklar tayyorlash”, shifobaxsh profilaktik sumalak ishlab chiqarish texnologiyasi, Farg‘ona vodiysida tarqalgan kamyob va yo‘qolib borayotgan hamda endem turlarning tirik kolleksiyasi, elektron fotoalbomi va raqamlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish kabi yirik xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan oliy ta’lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining kengayotgani ta’lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta’lim xizmatlarini ta’minlash va bu borada hukumatimiz tomonidan berilgan vazifalarni to‘la-to‘kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Sobitxon TURG‘UNOV,
Namangan davlat universiteti rektori,
pedagogika fanlari doktori, professor

Manba: Yuz.uz


Новый Узбекистан начинается со школы.

Сегодня все сферы жизни Нового Узбекистана стали площадкой для глубоких реформ. В этом процессе нельзя не радоваться изменениям в системе образования, являющейся основой социальной сферы. В последние годы практическая работа по организации всех ступеней системы образования в нашей стране в соответствии с современными требованиями вступила в решающую стадию.
Как сказал Президент, «Чем более образованными будут наши дети в школе, тем быстрее будет развиваться высокотехнологичная экономика и тем больше будут решаться социальные проблемы. Поэтому, когда я говорю, что порог нового Узбекистана начинается со школы, думаю, весь наш народ поддержит эту идею».
Главной частью реформ в сфере образования, безусловно, является реформа системы высшего образования. В частности, установление приоритетов системного реформирования высшего образования в Республике Узбекистан, поднятие процесса подготовки высококвалифицированного самостоятельного мышления на качественно новый уровень, модернизация высшего образования на основе передовых образовательных технологий. Система высшего образования Республики Узбекистан до 2030 года, утвержденная Указом Президента Республики Узбекистан от 8 октября 2019 года, служит прелюдией к новым реформам в сфере.
В основу документа положены задачи ускорения интеллектуального развития, подготовки конкурентоспособных кадров, эффективной организации научной и инновационной деятельности, а также развития интеграции науки, образования и производства в целях укрепления международного сотрудничества.
Содержание концепции отражает приоритеты реформирования системы высшего образования страны. Он включает в себя расширение охвата и повышение качества образования в высшей школе, внедрение цифровых технологий и образовательных платформ, вовлечение молодежи в научную деятельность, формирование инновационных структур, коммерциализацию результатов исследований, получение международного признания и более.планка четко обозначены направления. Все это служит для того, чтобы поднять образовательный процесс на новый качественный уровень.
Не секрет, что сегодня ведущие мировые университеты являются крупнейшими научными центрами. Создаются новые университеты и филиалы ведущих университетов мира. Например, за последние 5 лет в стране было создано 47 новых высших учебных заведений, в том числе филиалов зарубежных вузов, а количество высших учебных заведений достигло 125.
Негосударственные высшие учебные заведения создаются на основе системы государственно-частного партнерства. После изучения мнения населения было восстановлено заочное и вечернее обучение,увеличиваются квоты приема. Уровень зачисления выпускников средних школ увеличился с 9% в 2016 году до 25% в 2020 году.
Создан механизм повышения квалификации и стажировки профессорско-преподавательского состава в высших учебных заведениях и научно-исследовательских учреждениях за рубежом. Размер их месячной заработной платы
По сравнению с 2018 годом он увеличился в среднем в 2,5 раза. С этого года на хозрасчет переведены 10 высших учебных заведений.
Увеличение количества государственных грантов для получения высшего образования не менее чем на 25 процентов, удвоение количества грантов для девочек из малообеспеченных семей для поступления в университеты до 2000, еще больше расширило охват приема в высшие учебные заведения.
Одним из важнейших нововведений в системе образования является передача 65 академических лицеев высшим учебным заведениям в целях усиления связи вузов с нижними уровнями системы образования, а также 187 технических колледжей. это родственным университетам и сетевым предприятиям.
В заключение отметим, что перспективные задачи в сфере образования по своей актуальности и практической значимости не отстают от реформ в других сферах. Потому что пришло время продолжить реформы в этой сфере в более широком масштабе.
В XXI веке, который называют веком информационных технологий, развитие науки и создание инноваций во всех сферах жизни — промышленности, строительстве, химии, сельском хозяйстве, текстиле, машиностроении и других — стали жизненной необходимостью. Этот процесс в настоящее время признан во всех развивающихся странах мира. В нашей стране этому процессу уделяется особое внимание.
Неслучайно Президент нашей страны начал свою деятельность в качестве руководителя со встреч с учеными, ведущими учеными и учеными в целом, а с развитием промышленности сосредоточил внимание на развитии науки в нашей стране.
Концепция Президента о дальнейшем совершенствовании системы здравоохранения, развитии системы книгопечатания и распространения книг, укреплении чтения, создании в стране новых свободных экономических зон, реализации Стратегии действий по дальнейшему развитию страны, концепции развития науки до 2030 г. Развитие науки, учреждение Международного центра Имама Термези и многие другие решения, указы и распоряжения, ставившие развитие науки одним из ключевых вопросов, также были практическим проявлением этого внимания.
Надежная защита интеллектуальной собственности имеет особое значение в развитии науки и инноваций, в превращении их достижений в продукцию с высокой добавленной стоимостью.
Согласно отчетамДоля интеллектуальной собственности составляет 45% ВВП в Европе, 12% в Китае и 7% в России. Встреча под председательством Президента 12 октября 2020 года также была посвящена теме «Защита интеллектуальной собственности – надежный фундамент Третьего Возрождения». При этом глава государства подчеркнул необходимость обеспечения сотрудничества патентообладателей и предпринимателей.
В частности, одним из важнейших документов, принятых в системе образования, стало принятие новой редакции Закона «Об образовании». Закон четко определяет основные принципы, систему, виды и формы образования.
Также в соответствии с законом стали доступны государственные высшие, средние специальные, профессиональные учебные заведения и их филиалы, государственные высшие, средние специальные, профессиональные учебные заведения и их филиалы, созданные решениями Президента или правительства. Создание негосударственных образовательных учреждений осуществляется их учредителями. Негосударственные образовательные организации будут лицензироваться Государственной инспекцией по контролю качества образования.
Соответственно, принятие и реализация данного закона является одним из важнейших документов в сфере образования.
Реформы в сфере образования в Узбекистане в последние годы последовательно осуществляются в Наманганском государственном университете. За последние три года количество факультетов увеличилось с 9 до 15, количество профильных отделений с 27 до 46, количество специальностей с 31 до 52, количество специальностей магистратуры с 12 до 26. Соответственно, число студентов вузов, интересующихся наукой, увеличилось с 5 100 до 21 000 человек.
Количество профессоров увеличилось с 470 до 710. Академическая численность вуза на 2018-2019 учебный год составляла 26 физиков, ни по одной из специальностей не было профильного совета. В последние годы большое внимание уделяется подготовке научных педагогов, научный потенциал превысил 37%, и на сегодняшний день по обеспечению качества образования действуют 9 специализированных советов по 12 специальностям. Безусловно, в связи с этим ставится цель пополнить ряды научно-педагогических кадров университета потенциальными кадрами из 17 докторантов.
До недавнего времени университет в основном готовил специалистов для педагогической сферы. На сегодняшний день университет организует и управляет учреждениями Археологии, Культуры и искусств, Социологии, Правоведения (по видам деятельности), Библиотечно-информационной деятельности (по видам деятельности), Зооинженерии: Рыбного хозяйства, Плодоовощеводства, Медицины, выращивания и переработки проволоки. технология,Овощеводство, бахчеводство и картофелеводство, Организация и управление тепличными хозяйствами, Социальная работа (по различным направлениям деятельности), Организация и управление гостиничным хозяйством, Туризм (по направлениям деятельности), а с 2021 г. В вузе началась подготовка кадров по таких направлений, как лечебное дело, педиатрия, свидетельствует о том, что наш университет становится настоящим интеллектуальным центром нашего региона.
Университет как крупный научный центр по созданию медиацентра при Наманганском государственном университете, организации обучения и практических занятий по аквакультуре, «Приготовление лечебных напитков из лекарственных растений», технологии производства лечебного профилактического сумаляка, распространенного в Ферганской Valley участвует в крупных международных научных проектах, таких как создание живой коллекции редких и исчезающих и эндемичных видов, электронного фотоальбома и цифровой электронной базы данных.
Предоставление по инициативе Президента академической и организационной, а также финансовой самостоятельности высшим учебным заведениям и расширение полномочий Советов будет способствовать реализации государственной политики в сфере образования, оказанию качественных образовательных услуг и выполнению задачи, поставленные нашим правительством, что создаст широкие возможности для подготовки потенциальных кадров, которые будут определять развитие нашей страны.
Собитхон ТУРГУНОВ,
ректор Наманганского государственного университета,
доктор педагогических наук, профессор

Источник: Юз.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: