Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlari elektronlashtiriladi

Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlari elektronlashtiriladi
Telegramda o'qish

🔰 «Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (696-son, 06.11.2020y.) qabul qilindi.

✅ Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida quyidagilar Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida amalga oshiriladi:

👉 qabul kvotalari bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish;
👉 hujjatlarni topshirish va ro‘yxatga olish;
👉 faoliyat samaradorligini monitoring qilish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Yagona elektron tizimning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.

Ilmiy nashrlar bo‘yicha milliy bazaning elektron platformasi tashkil etiladi.

2021 yil yakuniga qadar Milliy bazaga respublikada nashr qilingan ilmiy jurnallardagi maqolalarning elektron shakldagi matnlari kiritiladi.

📍Hujjat haqidagi to‘liq ma’lumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: