O‘qituvchilarni xursand qiladigan yangiliklar bor

O‘qituvchilarni xursand qiladigan yangiliklar bor

Vazirlar Mahkamasining 425-sonli qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Ba’zi o‘zgarishlar ko‘pchilik pedagog xodimlarga yoqmagani rost. Ammo mazkur qarorda ularni xursand qiladigan yangiliklar ham yo‘q emas. Chunki ushbu hujjat bilan «Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi to‘g‘risida»gi Nizom ham tasdiqlandi.

Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi orqali esa tizimda faoliyat yuritayotgan malakali pedagog kadrlar har oylik qo‘shimcha ustama, ilg‘or xodimlar esa bir martalik pul mukofoti olishlari mumkin.

Malakali pedagog kadrlarga beriladigan har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofot summasi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari ya’ni hozirgi vaqtdagi 5 mln 60 ming so‘mni tashkil etadi.

Har oylik ustama to‘lanadigan nomzodlarni saralash ishlari Vazirlik tomonidan tuzilgan hamda faol jamoatchilik vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Har oylik ustama u belgilangan kundan boshlab 9 oy davomida, bir martalik pul mukofotlari Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i chiqqan vaqtdan boshlab to‘lab beriladi.

❕E’tibor bering, ushbu ustamalarni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar oylik maoshidan tashqari har oyda 5 mln 60 ming so‘mdan qo‘shimcha haq olishga erishadi. 9 oyda bu summa 45 mln 540 ming so‘mni tashkil qiladi. To‘g‘ri ushbu ustamalarni qo‘lga kiritish uchun bir qancha sinovlardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ammo o‘ziga ishongan malakali pedagog xodimlar bu sinovlardan bemalol o‘ta olishiga ishonamiz.

P.S: Ustama va bir martalik mukofot puliga davogar pedagog xodimlarni saralash ishlari qay tartibda olib borilishi haqida keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beramiz.


Постановлением Кабинета Министров № 425 внесены изменения в некоторые решения правительства. Правда, некоторые изменения не понравились многим преподавательскому составу. Но в этом решении нет новостей, которые их обрадуют. Потому что этим документом было утверждено и Положение «О фонде министра народного просвещения».

Через фонд министра народного просвещения квалифицированные педагоги, работающие в системе, могут получать дополнительную ежемесячную премию, а передовые работники – единовременное денежное вознаграждение.

Размер ежемесячной премии и единовременной денежной премии, выплачиваемой квалифицированным педагогическим работникам, составляет 5,5-кратного размера минимальной заработной платы, т.е. на данный момент 5 миллионов 60 тысяч сумов.

Отбор кандидатов, которым будет выплачиваться ежемесячная премия, осуществляется Рабочей группой, формируемой Министерством и состоящей из активных представителей общественности. Ежемесячные премии выплачиваются в течение 9 месяцев со дня их назначения, единовременные денежные премии выплачиваются с момента издания приказа министра народного просвещения.

❕ Обращаем ваше внимание, что педагоги, получившие данные надбавки, будут получать дополнительное вознаграждение в размере 5 миллионов 60 тысяч сумов в месяц в дополнение к своей месячной заработной плате. За 9 месяцев эта сумма составляет 45 миллионов 540 тысяч сумов. Вам предстоит пройти ряд испытаний, чтобы получить нужные бонусы. Но мы верим, что квалифицированный и уверенный в себе преподавательский состав легко выдержит эти испытания.

P.S: Дополнительную информацию о порядке подбора ППС-претендентов на Утсама и единовременные премиальные мы сообщим позже.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: