Endi o‘qituvchilar ishga kirishda sarson bo‘lmaydi

​​⚡️Endi o‘qituvchilar ishga joylashishda sarson bo‘lmaydi

Xalq ta’limi vazirligi maktab o‘qituvchilari hamda direktorlar portfoliosini yaratish, inson omili aralashmagan reytingini belgilash uchun “Maktab o‘qituvchilari va direktorlari zaxirasini shakllantirish portali” loyihasini amalga oshirmoqda.

Bu borada A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan fanlar bo‘yicha maktab o‘qituvchilari va direktorlar zaxirasini shakllantirish elektron (portal) tizimi yaratilmoqda.

Bunda xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlar zaxirasi va o‘qituvchi lavozimiga talabgor kadrlar elektron portfoliosi yaratiladi.

❕Xo‘sh, loyiha doirasida qanday qulaylik va imkoniyat yaratiladi?

👉yaqin hududidagi maktabga ishga qulay tartibda joylashish mumkin, barcha ta’lim muassasalaridagi vakantlar ochiq-oydin ko‘rinib turadi;

👉o‘qituvchilikka talabgorlar o‘zi haqidagi ma’lumotlar, yutuqlarini rezyume ko‘rinishida maktabga yuboradi va onlayn shaklda javob oladi;

👉direktorlar esa saralash asosida eng yaxshi mutaxassislarni ishga qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi;

👉har yili o‘qituvchilarning reytingi kasbiy faoliyati, o‘z ustida va o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida erishgan yutuqlari shaffof, adolatli mezonlar asosida, keng masshtabda respublika, viloyat, tuman, maktab, fanlar kesimida aniqlash imkoni paydo bo‘ladi;

👉eng ilg‘or rahbar va pedagoglarni taqdirlash, davlat mukofotlariga tavsiya etish mumkin.


Министерство народного образования реализует проект «Портал формирования резерва учителей и директоров школ» по формированию портфолио учителей и директоров школ, определению рейтинга невмешательства человеческого фактора.

В связи с этим в Национальном исследовательском институте им. А. Авлони создается электронная (портальная) система формирования резерва учителей и директоров школ по предметам.

Это позволит создать электронное портфолио руководителей и педагогов, работающих в системе народного образования, и кандидатов на должности учителей.

❕ Итак, какие удобства и возможности будут созданы в рамках проекта?

👉 возможно устроиться на работу в школу близлежащего района удобным способом, хорошо видны вакансии во всех учебных заведениях;

👉абитуриенты-педагоги отправляют в школу информацию и достижения в виде резюме и получают ответ онлайн;

👉директора получат возможность нанимать лучших специалистов по результатам отбора;

👉 ежегодно становится возможным определение рейтинга педагогов на основе их профессиональной деятельности, их достижений в процессе работы со студентами, на основе прозрачных и справедливых критериев, в больших масштабах по республике, области, район, школа и предмет;

👉 наиболее выдающиеся руководители и педагоги могут быть награждены и рекомендованы к государственным наградам.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: