Yangi O‘zbekiston: Yangicha ta’lim tizimi va yangicha yondashuvlar

Yangi O‘zbekiston: Yangicha ta’lim tizimi va yangicha yondashuvlar

Bugun Yangi O‘zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar haqida to‘lqinlanib so‘zlamaslikning iloji yo‘q.

Amalga oshirilayotgan islohotlarning, avvalo, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidan boshlanishi globallashuv jarayonida bolalar tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati beqiyosligini nazarda tutadi.
Shuningdek, bugun yirik shaharlarimizdan tortib, chekka tumanlar, qishloq va ovullarimizda yangi-yangi zamonaviy bog‘chalar barpo etilyapti. Qisqa vaqt, ya’ni to‘rt yil ichida respublikamizda bog‘chalar soni 3 barobar oshib, bog‘cha yoshidagi bolalarni qamrab olish darajasi 28 foizdan 54 foizga yetgani ana shunday amaliy harakatlarimiz natijasidir.
Sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmi joriy etilishi tufayli 223 mingdan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan 7 ming 400 ta xususiy bog‘cha tashkil qilindi. Bu maqsadlar uchun 1 trillion 850 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltirilib, 20 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.
Yaqin-yaqinlargacha o‘qituvchi-muallimlar, ayrim joylarda o‘quvchilar ham, to‘rt oylab paxta yig‘im-terimi, chopiq va yaganaga chiqarilgan, natijada o‘qituvchi bir oyda o‘rtacha 80 soat dars o‘tishi kerak bo‘lsa, to‘rt oyda 320 soat yo‘qotadigan vaziyat vujudga keldi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida mana shunday salbiy holatlarga chek qo‘yildi.
So‘nggi to‘rt yilda maktab o‘qituvchilarining oylik maoshi bir yarim barobar ko‘paytirilganligi, davlat mukofotlari bilan taqdirlanayotgan ustozlar soni oshib borishi, o‘qituvchi tayyorlaydigan hisobotlar, qog‘ozbozliklar soni keskin kamaytirilganligini o‘zi ham ta’limning bu bosqichida ulkan ijobiy o‘zgarishlarga zamin bo‘ldi. Islohotlar, o‘zgarishlar natijasida respublika bo‘yicha qariyb 15 ming nafar erkak o‘qituvchi maktablarga qaytdi.
Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlar jadal davom etmoqda.
«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat Dasturida ko‘zda tutilgan 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabni ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida budjetdan 2 trillion so‘m ajratilishi, sohada yagona «elektron ta’lim» tizimini joriy etishga kelgusi 2 yilda 250 milliard so‘m yo‘naltirish, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlasa — 100 foiz ustama haq to‘lash kabi chora-tadbirlar sohadagi islohotlar samaradorligini ta’minlab beradi.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib beradi.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilyapti. Aholi fikrini o‘rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilyapti. Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi 2016 yilgi 9 foizdan 2020 yilda 25 foizga yetdi.
Professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori
2018 yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi.
Oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga yetkazilishi oliy ta’limga qamrab olish ko‘lamini yanada kengaytirdi.
Ta’lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta’lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo‘ldi.
Demak, xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir.
Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida — sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo‘lini tutgan barcha mamlakatlarda e’tirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti davlat rahbari sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, yetakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, respublikamizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uyg‘unlashtirishga qaratganligi bejiz emas. Davlatimiz rahbarining shundan keyin sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, mamlakatni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish, «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» ishlab chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa ko‘plab qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan biri sifatida belgilanishi ham ana shu e’tiborning amaliy ifodasi edi.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, intellektual mulk ulushi Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etadi. 2020 yilning 12 oktabr kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ham «Intellektual mulkni himoya qilish – Uchinchi uyg‘onish davri uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi» mavzusiga bag‘ishlangan edi. O‘shanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Shu ma’noda O‘zbekistonni 2030 yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50 ta yetakchi davlatlari qatoriga kiritish bo‘yicha ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomalari va 2017 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni, «Yoshlarga oid Davlat dasturi», yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 29 oktabrdagi «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi O‘RQ-576-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-6097-son Farmonlari mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Xususan, ta’lim tizimida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bu – «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur Qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi.
Shunga ko‘ra, mazkur Qonunning qabul qilinishi hamda amaliyotga joriy etilishi ta’lim sohasida qabul qilingan eng muhim hujjatlardan biri bo‘ldi deyishimiz mumkin.
Hukumatimizning ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlari Namangan davlat universitetida ham izchil amalga oshirib kelinyapti. Xususan, keyingi uch yil ichida fakultetlar soni 9 tadan 15 taga, mutaxassislik kafedralari soni 27 tadan 46 taga, ta’lim yo‘nalishlari soni 31 tadan 52 taga, magistratura mutaxassisliklari soni esa 12 tadan 26 taga yetkazildi. Bunga mos ravishda ilm istagida bo‘lgan universitet talaba yoshlari soni 5 100 nafardan qaryib 21 000 nafarga yetdi. Professor-o‘qituvchilar soni 470 nafardan 710 nafarga yetdi. Universitetda 2018-2019 o‘quv yiliga qadar ilmiy salohiyat 26 foizni tashkil etib, bironta ixtisoslik bo‘yicha ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bormagan. Keyingi yillarda ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash masalasiga ham katta e’tibor qaratilib, ilmiy salohiyat 37 foizdan oshdi, ta’lim sifatini ta’minlash yo‘lida bugungi kunda 12 ta ixtisoslik bo‘yicha 9 ta ixtisoslashgan kengash faoliyat olib bormoqda. Albatta, bu borada 17 ta tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar hisobidan universitet ilmiy-pedagog kadrlari saflarini salohiyatli kadrlar bilan to‘ldirish maqsadi belgilab olingan.
Yaqin-yaqingacha universitet asosan pedagogik soha uchun mutaxassislar tayyorlar edi. Bugungi kunda universitetda Arxeologiya, Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, Sotsiologiya, Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha), Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha), Zooinjeneriya: baliqchilik, Mevachilik va uzumchilik, Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish, Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha), Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha), 2021 yildan boshlab esa Davolash ishi, Pediatriya ishi kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni boshlaganligi oliygohimizni haqiqiy ma’noda viloyatimizning aql markaziga aylanayotganligidan dalolat beradi.
Universitet yirik ilmiy-tadqiqot markazi sifatida Namangan davlat universitetida media markaz tashkil etish, Akvakultura bo‘yicha o‘quv-amaliy trenajer tashkil etish, «Dorivor o‘simliklardan shifobaxsh ichimliklar tayyorlash», Shifobaxsh profilaktik Sumalak ishlab chiqarish texnologiyasi, Farg‘ona vodiysida tarqalgan kamyob va yo‘qolib borayotgan hamda endem turlarning tirik kolleksiyasi, elektron fotoalbomi va raqamlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazasini yaratish kabi yirik xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etyapti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oliy ta’lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining kengayayotgani ta’lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta’lim xizmatlarini ta’minlash va bu borada Prezident hamda hukumatimiz belgilab bergan vazifalarni to‘la-to‘kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.

Sobitxon Turg‘unov,
Namangan davlat universiteti rektori,
pedagogika fanlari doktori, professor.

Manba: Yuz.uz


Сегодня все сферы жизни Нового Узбекистана стали площадкой для глубоких реформ. В этом процессе нельзя не радоваться изменениям в системе образования, являющейся основой социальной сферы.

Начало проводимых реформ, прежде всего, в сфере дошкольного образования и воспитания, предполагает неоценимую роль и значение системы дошкольного образования в жизни нашего общества, являющегося важнейшим звеном процесса глобализации.
Сегодня в наших городах, пригородах, селах и аулах строятся новые современные детские сады. За короткий срок, за четыре года, количество детских садов в стране утроилось, а охват детей детсадовского возраста увеличился с 28% до 54%.
В результате внедрения механизма государственно-частного партнерства создано 7,4 тыс. частных детских садов на более чем 223 тыс. мест. На эти цели выделено 1 трлн 850 млрд сумов льготных кредитов и создано около 20 тысяч новых рабочих мест.
До недавнего времени учителя, а кое-где и студенты были вынуждены тратить четыре месяца на сбор хлопка, колку и подошву, оставляя учителю преподавать в среднем 80 часов в месяц.Если так, то возникает ситуация, когда вы теряете 320 часов в четыре месяца. В результате реформ такие негативные явления были устранены.
За последние четыре года в полтора раза увеличилась месячная заработная плата школьных учителей, увеличилось количество учителей, награжденных государственными наградами, резко сократилось количество учительских отчетов и делопроизводства, что стало основой для огромных положительных изменений. В результате реформ около 15 тысяч учителей-мужчин по всей стране вернулись в школу.
Полным ходом идут реформы, направленные на коренное улучшение и повышение качества школьного образования, создание достойных условий для учителей.
На строительство 30 новых школ, ремонт 320 школ и улучшение материально-технической базы, предусмотренных Государственной программой «Год поддержки молодежи и общественного здоровья», из бюджета будет выделено 2 трлн сумов. 2 года обеспечивает эффективность реформ в сфере.
Главной частью реформ в сфере образования, безусловно, является реформа системы высшего образования.
В частности, Концепция развития системы высшего образования Республики Узбекистан до 2030 года служит прелюдией к новым реформам в этой сфере.
Этот документ предназначен для ускорения интеллектуального развития,подготовка конкурентоспособных кадров, эффективная организация научной и инновационной деятельности, развитие интеграции науки, образования и производства в целях укрепления международного сотрудничества. Содержание концепции отражает приоритеты реформирования системы высшего образования страны. Он включает в себя расширение охвата в высшем образовании и повышение качества образования, внедрение цифровых технологий и образовательных платформ, вовлечение молодежи в научную деятельность, формирование инновационных структур, коммерциализацию результатов исследований, получение международного признания и многое другое. , план четкие направления отмечены. Все это служит для того, чтобы поднять образовательный процесс на новый качественный уровень.
Сегодня создаются новые университеты и филиалы ведущих университетов мира. Например, за последние 5 лет в стране было создано 47 новых высших учебных заведений, в том числе филиалов зарубежных вузов, а количество высших учебных заведений достигло 125.
Негосударственные высшие учебные заведения создаются на основе системы государственно-частного партнерства. После изучения мнения населения восстановлено заочное и вечернее обучение, увеличены квоты приема. Уровень зачисления выпускников средних школ увеличился с 9% в 2016 году до 25% в 2020 году.
Создан механизм повышения квалификации и стажировки профессорско-преподавательского состава в высших учебных заведениях и научно-исследовательских учреждениях за рубежом. Размер их месячной заработной платы
По сравнению с 2018 годом он увеличился в среднем в 2,5 раза. С этого года на хозрасчет переведены 10 высших учебных заведений.
Увеличение количества государственных грантов для получения высшего образования не менее чем на 25 процентов, удвоение количества грантов для девочек из малообеспеченных семей для поступления в университеты до 2000, еще больше расширило охват приема в высшие учебные заведения.
Одним из важнейших нововведений в системе образования является передача 65 академических лицеев высшим учебным заведениям в целях усиления связи вузов с нижними уровнями системы образования, а также 187 технических колледжей. это родственным университетам и сетевым предприятиям.
Итак, в заключение, реформы в сфере образования сегодня по своей актуальности и практической значимости не отстают от реформ в других сферах. Потому что пришло время продолжить реформы в этой сфере в более широком масштабе.
В XXI веке, который называют веком информационных технологий, развитие науки и создание инноваций во всех сферах жизни — промышленности, строительстве, химии, сельском хозяйстве, текстиле, машиностроении и других — стали жизненной необходимостью.Этот процесс в настоящее время признан во всех развивающихся странах мира. В нашей стране этому процессу уделяется особое внимание.
Неслучайно Президент нашей страны начал свою деятельность на посту главы государства со встречи с академиками, ведущими учеными и учеными в целом, сосредоточившись на развитии науки и развитии промышленности в стране. Затем глава государства призвал совершенствовать систему здравоохранения, развивать систему книгопечатания и распространения книг, укреплять чтение, создавать в стране новые свободные экономические зоны, реализовывать Стратегию действий по дальнейшему развитию страны, «Развитие науки до 2030 года». Разработка концепции
Надежная защита интеллектуальной собственности имеет особое значение в развитии науки и инноваций, в превращении их достижений в продукцию с высокой добавленной стоимостью. Интеллектуальная собственность составляет 45 процентов ВВП Европы, 12 процентов в Китае и 7 процентов в России. Встреча под председательством Президента 12 октября 2020 года также была посвящена теме «Защита интеллектуальной собственности – надежный фундамент Третьего Возрождения». При этом глава государства подчеркнул необходимость обеспечения сотрудничества патентообладателей и предпринимателей.
В связи с этим был обнародован стратегический план развития человеческого капитала для достижения амбициозной цели по вхождению Узбекистана к 2030 году в число 50 ведущих стран мира по глобальному инновационному индексу.
Конституция Республики Узбекистан, Послания Президента Республики Узбекистан Олий Мажлису и Указ Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева от 7 февраля 2017 года «О Стратегии действий по дальнейшему развитию Республики Республики Узбекистан» Государственная программа «Об образовании» в новой редакции, Закон Республики Узбекистан «О науке и научной деятельности» от 29 октября 2019 года № ЗРУ-576, Указ Президента Республики Узбекистан № ПФ Важную роль в развитии образования и науки в нашей стране сыграло постановление №6097 от 29 октября 2020 года «Об утверждении Концепции развития науки на период до 2030 года».
В частности, одним из важнейших документов, принятых в системе образования, стало принятие новой редакции Закона «Об образовании». Согласно этому закону, основные принципы в области образования, системы образования,типы и формы четко определены.
Также в соответствии с законом государственные высшие, средние специальные, профессиональные учебные заведения и их филиалы, а также государственные, казенные высшие, средние специальные, профессиональные учебные заведения и их филиалы управляются решениями Президента или было создано правительство. Создание негосударственных образовательных учреждений осуществляется их учредителями. Негосударственные образовательные организации будут лицензироваться Государственной инспекцией по контролю качества образования.
Соответственно, принятие и реализация данного закона является одним из важнейших документов в сфере образования.
В Наманганском государственном университете последовательно осуществляются реформы в области образования нашего правительства. В частности, за последние три года количество факультетов увеличилось с 9 до 15, количество профильных отделений с 27 до 46, количество специальностей с 31 до 52, количество специальностей магистратуры с 12 до 26. Соответственно, число студентов вузов, интересующихся наукой, выросло с 5100 до 21000 человек. Количество профессоров увеличилось с 470 до 710. В университете на 2018-2019 учебный год укомплектованность составляла 26%, ни по одной из специальностей не было профильного совета. В последние годы большое внимание уделяется подготовке научных педагогов, научный потенциал превысил 37%, и на сегодняшний день по обеспечению качества образования действуют 9 специализированных советов по 12 специальностям. Безусловно, в связи с этим ставится цель пополнить ряды научно-педагогических кадров университета потенциальными кадрами из 17 докторантов.
До недавнего времени университет в основном готовил специалистов для педагогической сферы. На сегодняшний день университет организует и управляет учреждениями Археологии, Культуры и Искусств, Социологии, Правоведения (по видам деятельности), Библиотечно-информационной деятельности (по видам деятельности), Зооинженерии: Рыболовства, Плодоовощеводства, Медицины, выращивания и обработки проволоки. технологии, Овощеводство, садоводство и картофелеводство, Организация и управление тепличными хозяйствами, Социальная работа (по различным направлениям деятельности), Организация и управление гостиничным хозяйством, Туризм (направления деятельности) О том, что с 2021 года началась подготовка кадров по таким направлениям как лечебное дело, педиатрия, свидетельствует о том, что наш университет становится настоящим интеллектуальным центром нашего региона.
В качестве крупного научно-исследовательского центра университета создание медиа-центра в Наманганском государственном университете, организация учебно-практических занятий по аквакультуре, «Приготовление лечебных напитков из лекарственных растений»,Хилинг участвует в крупных международных научно-исследовательских проектах, таких как профилактическая технология производства сумалака, живая коллекция редких и исчезающих и эндемичных видов Ферганской долины, создание электронного фотоальбома и оцифрованной электронной базы данных.
По инициативе Президента Республики Узбекистан, предоставления академической и организационной, а также финансовой самостоятельности высшим учебным заведениям и расширения полномочий Советов, реализации государственной политики в области образования, качественного образования Путем выполнения задач, возложенных на Это создаст широкие возможности для подготовки потенциальных кадров, которые будут определять развитие нашей страны.

Собитхон Тургунов,
ректор Наманганского государственного университета,
доктор педагогических наук, профессор.

Источник: Юз.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Jakhongir

    :idea: :idea: :idea: :cool:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: