Ta’lim tizimini rivojlantirish — mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili

Ta’lim tizimini rivojlantirish — mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili

Bugun yangi O‘zbekiston jahon hamjamiyati safida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda.

Keling uzoqqa bormay birgina ta’lim sohasidagi islohotlar haqida to‘xtalaylik. Sababi keyingi yillarda yurtimizda maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy sektor resurslaridan keng foydalanish, aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinishini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yoshlarning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gapirganda yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy ta’lim muassasalari soni 125 taga yetganini alohida ta’kidlash joiz.
Yaqinda tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Negaki, unga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etilib, o‘qituvchilarga mualliflik dasturi va o‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o‘qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi.
Prezidentimiz 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiridagi nutqida oliy ta’lim sohasidagi yutuqlar bilan birga mavjud kamchiliklarni ham sanab o‘tdilar. Oliy ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash darajasi past ekanligi qayd etildi. Haqiqatdan ham, bugungi axborot davrida mamlakatdagi barcha aholi punktlari va ta’lim muassasalariga zamonaviy optik tolali internet aloqa tizimini olib kirish hamda internet xizmatlari narxini pasaytirish hayotiy zaruratdir.
Yechimini kutayotgan masalalardan yana biri aksariyat bitiruvchilarning bilim va malakasi mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Mahalliy ta’lim muassasalarida innovatsion faoliyat va tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish darajasi juda past. Bu borada partiyamiz “Har bir oila – tadbirkor” degan olijanob g‘oyani izchillik bilan hayotga tatbiq etib, jamiyatda faol tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, maktabdan boshlab oliy ta’lim muassasalarida ham tadbirkorlik darslarini o‘tish, sohaga qiziqayotgan yoshlar uchun konsalting markazlarini tashkillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Binobarin, bugun zamon shiddat bilan o‘zgarib, barcha sohalar qatori ta’lim tizimi oldiga ham o‘ta dolzarb va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratish nazarda tutilgan.
Konsepsiyaning maqsadli ko‘rsatgichlarida 9 ta yo‘nalish belgilangan bo‘lib, ularning birinchisi – oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan. O‘tgan 2019-yilda aholini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi jami bitiruvchilar soniga nisbatan 20 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2030-yilga borib bu ko‘rsatgich 50 foizdan oshadi. Nodavlat, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta’lim muassasalari soni 35 taga yetkaziladi.
Bular hali hammasi emas. Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari mustaqilligi joriy etiladi, ya’ni bosqichma-bosqich respublikamizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari qabul kvotalarini o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda mustaqil belgilaydi. Bu esa sohada sog‘lom raqobat muhitini rivojlantiradi. Raqobat bor joyda sifat yaxshilanadi. Pirovardida, mamlakatda malakali kadrlar ko‘payadi, aholining oliy ma’lumotli qatlami ortadi.
Xulosa qilib aytganda, bugun qaysi sohada bo‘lmasin bitta maqsad bizni birlashtiradi. U ham bo‘lsa, Vatan taraqqiyoti va xalqimiz farovonligidir. Shunday ekan, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko‘paytirish orqali oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratish lozim.
Gulshana XUDOYOROVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi

Manba: XS.uz


Сегодня новый Узбекистан завоевывает себе место в мировом сообществе. Каждая сфера в стране развивается современным и адекватным образом, и каждая сфера вдыхает новую жизнь. Давайте поговорим о реформе образования. Это связано с тем, что в последние годы в нашей стране особое внимание уделяется формированию конкурентной среды в школах, среднем специальном и высшем образовании, государственно-частному партнерству и ресурсам частного сектора, повышению уровня высшего образования до развитого страны.
На основе государственно-частного партнерства создаются негосударственные высшие учебные заведения, проводится большая работа по тому, чтобы молодежь приобретала современные знания и навыки на уровне мировых стандартов, раскрывала свои способности и таланты. Следует отметить создание новых университетов и филиалов ведущих университетов мира, доведя количество высших учебных заведений до 125.
Недавно принятый Закон об образовании, несомненно, откроет новые горизонты в развитии этой сферы. Потому что, по его словам, были введены дистанционные, инклюзивные формы обучения, образовательным учреждениям разрешено создавать совместные факультеты и учебные центры с зарубежными учреждениями, учителям были представлены авторские программы и методики обучения, право свободного выбора современных педагогических форм, методы обучения и воспитания.
В своем выступлении на праздновании Дня учителя и тренера 1 октября Президент перечислил достижения и недостатки в сфере высшего образования. Отмечено, что использование информационных и коммуникационных технологий в высшем образовании находится на низком уровне. Ведь в современный информационный век жизненно необходимо провести современный оптоволоконный доступ в Интернет во все населенные пункты и учебные заведения страны и снизить стоимость интернет-услуг.
Еще один вопрос, требующий решения, заключается в том, что знания и навыки большинства выпускников не соответствуют требованиям рынка труда. Уровень внедрения инновационной деятельности и результатов научных исследований в местные образовательные учреждения очень низкий. В связи с этим наша партия последовательно реализовывала благородную идею «Каждая семья – предприниматель» по формированию в обществе культуры активного предпринимательства, проведению бизнес-классов в школах и вузах, организации консультационных центров для молодежи, интересующейся поле.
В результате сегодня времена стремительно меняются, и перед системой образования, как и перед всеми другими сферами, стоят очень актуальные и сложные задачи. Развитие государственно-частного партнерства в сфере высшего образования в Концепции развития системы высшего образования Республики Узбекистан до 2030 года,организация государственных и негосударственных высших учебных заведений в регионах, создание здоровой конкурентной среды в сфере.
Целями концепции определены 9 направлений, первое из которых – расширение охвата высшим образованием и повышение качества подготовки высокообразованных специалистов. В 2019 году уровень охвата населения высшим образованием составил 20% от общего числа выпускников, а к 2030 году этот показатель превысит 50%. Количество высших учебных заведений будет увеличено до 35 на основе негосударственного, в том числе государственно-частного партнерства.
Это не все. Кроме того, будет введена самостоятельность высших учебных заведений, то есть действующие в стране высшие учебные заведения будут постепенно самостоятельно устанавливать квоты приема, исходя из своей специализации. Это создаст здоровую конкурентную среду в отрасли. Там, где есть конкуренция, улучшается качество. В результате увеличится количество квалифицированных кадров в стране, увеличится количество людей с высшим образованием.
Словом, сегодня у нас общая цель в любой сфере. А это развитие Родины и благополучие нашего народа. Поэтому необходимо создать равные возможности для получения высшего образования за счет увеличения количества негосударственных образовательных учреждений.
Гульшана ХУДОЁРОВА,
депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса,
Член фракции УзЛиДеП Источник: XS.uz.
Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: