Xususiy universitetda o‘qib maktabda dars berish mumkinmi?

Xususiy universitet bitiruvchisi maktabda dars bera oladimi?

Xususiy universitetlarni bitirib kelgan kadrlar maktabda o‘qituvchilik qilishi to‘g‘rimi?

Savol: Hozirgi paytda xususiy universitetlar ko‘payib ketdi. Ularda tahsil olayotgan ko‘pchilik talabalar davlat imtihonlarida hattoki 50 ball ham olisholmagan. Lekin xususiy universitetlarning sirtqi yo‘nalishida, yetmaganiga 2-kurs bo‘la turib, maktablarda o‘qituvchilik qilayotganligi qonunan to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.

Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunning 31-moddasiga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiradi. Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat beriladi.

Bu esa xususiy oliygohlarning diplomi davlat oliygohlari diplomi bilan teng kuchga ega degan ma’noni bildiradi. Ya’ni, xususiy universitetlarni bitirib kelgan kadrlar maktabda o‘qituvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Buni cheklashning o‘zi qonun buzilishi hisoblanadi.

Faqat shu narsani yoddan chiqarmaslik lozimki, xususiy universitet talabalari ham faqatgina 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin. 2-kurs talablarining esa ishlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat imtihonlarida 50 ball ham to‘play olmay talabalikka qabul qilingan kadrlarning ta’lim muassasalarida ishlashi masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, mazkur o‘quv yilidan boshlab birinchi bor yangi ishga kirayotgan pedagog kadrlarga bir yil davomida o‘qituvchi-stajor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda kasbiy sertifikat olish talabi qo‘yildi.

Ya’ni, oliygohni yangi bitirib kelgan talaba xoh davlat universitetida xoh xususiy universitetda o‘qigan bo‘lmasin, ularning barchasi bir yil muddat davomida kasbiy sertifikat olib, o‘zining qanchalik salohiyatli kadr ekanligini isbotlashi kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir:
Xususiy universitet tugatilsa talabalarining taqdiri nima bo‘ladi?

Nega ayrimlar, talabalarning ham o‘qib ham ishlashidan norozi?

Talaba maktabda rahbar lavozimida ishlashi mumkinmi?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: