Psixolog lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish mumkinmi?
Savol: Bizning maktabga 4-kursda o‘qiyotgan talaba sudning qarori asosida psixolog lavozimiga ishga qabul qilindi. Malaka talablarda psixolog kamida bakalavr darajasida bo‘lishi kerakligi belgilangan. Bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?
Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra oliygohlarning pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarga asosiy ishchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.
❕Ammo talabalarning psixolog lavozimida ishlashiga ruxsat etilmaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida psixologlarning malaka talablari belgilab berilgan.
Unga ko‘ra psixolog lavozimida ishlash istagini bildirgan fuqaro kamida bakalavr darajasidagi psixolog yoki oliy ma’lumot va unga qo‘shimcha psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursini tugatgan bo‘lishi lozim.
Talabalar esa ushbu talablarga mos tushmaydi. Chunki ular tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli shaxslar hisoblanadi. Bu vaziyatda sud noto‘g‘ri qaror chiqargan bo‘lishi mumkin. Ushbu holat yuzasidan yuqori sud instansiyalarga qayta murojaat qilish lozim.
Mavzuga doir:
Talaba ishlashi mumkinmi? Eng asosiy savollarga javoblar
Talaba maktabda rahbar lavozimida ishlashi mumkinmi?
Maktabda ishlayotgan talabalar ham malaka oshirishga chiqishi kerakmi?