Pedagoglar tarkibiga kirmaydigan xodimlar

Pedagoglar tarkibiga kirmaydigan xodimlar

Bilamizki, hozirgi kunga qadar «pedagog xodim» atamasiga to‘liq ta’rif berilmagan. Masalan, amaliyotda maktabdagi rahbar xodimlarni pedagog xodim toifasiga kiritishmaydi.

Undan tashqari maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ishlaydigan ko‘plab xodimlarni ham pedagoglar qatoriga qo‘shishmaydi.

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda ham pedagog va rahbar xodimlarga alohida-alohida ta’rif berilgan.

Mazkur nizomda rahbar xodimlarga — «xalq ta’limi tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar hamda ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari mutaxassislari» deya ta’rif berilgan.

Imzolanishi juda uzoq kuttirayotgan «Pedagogning maqomi to‘g‘risida»gi qonundan ham «Asosiy tushunchalar» degan bandi chiqarib tashlandi deb eshitdik. Agar bu qonunda ham «pedagog xodim» atamasiga kengroq ta’rif berilmagan bo‘lsa, bu ko‘pchilikning zarariga ishlashi aniq.

Chunki, maktabdagi rahbar xodimlar ham, tizimdagi mutaxassis xodimlar ham, umuman olganda ta’lim tizimiga aloqador bo‘lgan har qanday shaxs ta’lim jarayonida birdek xizmat qilmoqda.

Shuning uchun pedagog xodim tushunchasiga kengroq ta’rif berib o‘tilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Bo‘lmasa ular yana arosatda qolishiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga doir:
«Pedagog maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasini kim ishlab chiqqan?

O‘qituvchilar uchun pedagogik oltin tavsiyalar.

Aslida pedagogik yuklama qancha bo‘lishi kerak?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: