Talaba maktabda rahbar xodim lavozimida ishlay oladimi?
Savol: Men hozirda 5-bosqich talabasiman. Maktab rahbariyati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimiga ishga qabul qilmoqda, lekin Adliya ruxsat bermayapti shu qanchalik to‘g‘ri?
Javob: Oliygohlarning pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun maktablarga asosiy ishchi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.
Bunda ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi. Ushbu qoida Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandida nazarda tutilgan.
❕Ammo talabalaning rahbar xodim lavozimida ishlashiga ruxsat etilmaydi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 247-sonli buyrug‘i bilan «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktab-internat) xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida rahbar xodimlarning malaka talablari belgilab berilgan.
Unga ko‘ra, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari oliy bakalavr diplomga ega bo‘lishi, kamida 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik stajga ega bo‘lishi lozim. Talabalar esa ushbu talablarga mos tushmaydi. Chunki ular tugallanmagan to‘liqsiz oliy ma’lumotli shaxslar hisoblanadi.
Mavzuga doir:
2-kurs talabasi maktabda ishlay oladimi?
Maktabda ishlayotgan talabalar ham malaka oshirishga chiqishi kerakmi?
Nega ayrimlar, talabalarning ham o‘qib ham ishlashidan norozi?