Maktabning texnik xodimlariga mukofot puli berish mumkinmi?

Maktabning texnik xodimlariga mukofot puli berish mumkinmi?

Savol: Ma’lumki, o‘qituvchilar endi kalendar yili davomida emas, faqatgina «1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan mukofot puli olar ekan. Shu yerda savol tug‘ilyapti: Maktabda ishlaydigan texnik xodimlarga mukofot puli qachon beriladi? Ularga ham «1 oktabr» munosabati bilan beramizmi mukofotni? Ularga ham 460 ming so‘m beriladimi?

Javob: O‘qituvchilarga ham, texnik xodimlarga ham mukofot puli berish Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom bilan tartibga solinadi.

Mazkur nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat «1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin deyilgan.

Ko‘rinib turibdiki, bu yerda faqat pedagog xodimlar deyilmagan. Umumiy ma’noda umumta’lim muassasalari xodimlari degan jumla ishlatilgan.

Demak, bayram munosabati bilan texnik xodimlarni ham rag‘batlantirish mumkin. Texnik xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori ham mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha, ya’ni hozirgi vaqtda 460 ming so‘mgacha miqdorni tashkil etadi.

Mavzuga doir:
O‘qituvchilar bayrami munosabati bilan mukofot puli kimlarga beriladi?

1 oktabr hamma o‘qituvchilar mukofot puli oladimi?

100 foizlik ustama olish huquqi qanday pedagoglarga beriladi?


Вопрос: Известно, что теперь учителя получают премиальные деньги не в течение календарного года, а только по случаю «1 октября – Дня учителя и тренера». Здесь возникает вопрос: когда премиальные деньги будут выданы техническому персоналу, работающему в школе? Им тоже наградить по случаю «1 октября»? Им тоже дадут 460 000 сумов?

Ответ: Премирование как педагогических, так и технических работников утверждено Постановлением Кабинета Министров № 823 от 30 сентября 2019 года «Об учреждении директоратского фонда поощрения образцовых работников общеобразовательных учреждений общего образования» и о порядке использования его средств. «регулируется нормативными актами.

Согласно пункту 29 настоящего положения работникам общеобразовательных учреждений, в том числе руководителям, может быть начислено до 50% минимального размера оплаты труда из имеющихся средств Фонда только по случаю «1 октября – Дня учителя и тренера». говорят.

Как видите, здесь упоминается не только преподавательский состав. В общем смысле используется словосочетание «работники общеобразовательных учреждений».

Поэтому можно мотивировать технический персонал по случаю праздника. Размер премиальных денежных средств, выдаваемых техническому персоналу, составляет до 50 процентов минимальной заработной платы, то есть до 460 тысяч сумов на данный момент.

Предмет:
Кому будут вручены денежные призы по случаю Дня учителя?

Все учителя получат премии 1 октября?

Какие педагоги имеют право на 100-процентную надбавку?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: