Maktabda necha nafar laborant ishlashi kerak?
Savol: Maktabda fizika, kimyo va biologiya fanlaridan laboratoriya xonalari mavjud. Savol: Buning uchun necha shtat birligi laborant beriladi? Sinflar soni ham hisobga olinadimi?
Javob: Maktabda jihozlangan fizika yoki kimyo xonalari mavjud bo‘lganda, laborant lavozimi yuqori sinf komplektlari soniga qarab kuyidagi miqdorlarda kiritiladi:
➖1-9 sinf komplektlari bo‘lganda 0,5 birlik;
➖10-16 sinf komplektlari bo‘lganda 1,0 birlik;
➖17-23 sinf komplektlari bo‘lganda 1,5 birlik;
➖24 va undan ortiq sinf komplektlari bo‘lganda 2,0 birlik.
Asos: Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 28 dekabrdagi 406-son buyrug‘i.
Mavzuga doir:
Maktablardagi kam maosh oladigan xodimlar haqida bilasizmi?
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha director o‘rinbosarining vazifalari va majburiyatlari