Ko‘zi ojiz pedagog xodimlar uchun imtiyozlar

Ko‘zi ojiz pedagog xodimlar uchun imtiyozlar

❓Men maktabda ona tili va adabiyot fanidan dars beraman. Ko‘rish bo‘yicha 1-guruh nogironiman. Qonunchilikda nogironligi bor shaxslar, jumladan o‘qituvchilar uchun qanday imtiyozlar nazarda tutilgan?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Yuridik bo‘limi xodimlari javob berishdi.

✅ Qonunchilikda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jumladan quyidagi imtiyozlari mavjud:

✔️ Ko‘zi ojiz o‘qituvchilar dars beradigan maktabda har 2 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi uchun 1,0 birlik tarjimon – kotiba lavozimi kiritilgan.
❗️Maktabda 1 nafar ko‘zi ojiz o‘qituvchi ishlagan hollarda1,0 birlik tarjimon-kotiba lavozimi kiritilgan.
✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar 30 kalendar ish kunidan iborat uzaytirilgan mehnat ta’tili olishga haqli.
✔️ Mehnat ish haqiga ega bo‘lgan nogironligi bo‘lgan shaxslar har 2 yilda bir marta nogironlik nafaqasini qayta hisoblatish huquqiga ega.
✔️ Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar umumiy qabulning 2% miqdorida kvota asosida OTMga o‘qishga qabul qilinadi. Xususan ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan I-II guruh abituriyentlar 5 balli baholash tizimida og‘zaki imtihon olish tartibida o‘qishga qabul qilinadi.
✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar kasallik toifasiga ko‘ra har 6 oyda yo‘llanma asosida bepul sog‘liklarini tiklashlari ko‘zda tutilgan.
✔️ I-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, xususan, ko‘zi ojiz insonlar yetaklovchisi bilan birgalikda jamoat transportidan bepul foydalanishadi.
✔️ Yoshlar daftariga kiritilgan oilalarning nogiron farzandlari nodavlat ta’lim tizimida o‘qisa, uning ta’lim harajatlari bazaviy stavkaning 50 barobarigacha bo‘lgan qismi subsidiya asosida qoplab beriladi.
✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar ishga sinov muddatisiz qabul qilinadi.
✔️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat muassasalarida kvotalangan ish o‘rinlari yaratiladi.

Mavzuga doir:
Ko‘zi ojiz o‘qituvchilar uchun kotiba lavozimi haqida

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun yangilik bor

Menda nogironlik imtiyozi bor edi, ammo nega bu hisoblanmagan?


❓ Преподаю родной язык и литературу в школе. Я инвалид по зрению 1 группа. Какие льготы предусмотрены для инвалидов, в том числе педагогов, в законодательстве?

На этот вопрос ответили сотрудники Юридического управления Министерства дошкольного и школьного образования.

✅ Законодательство предусматривает следующие льготы для лиц с инвалидностью:

✔️ В школах, где преподают незрячие учителя, на каждых 2 незрячих учителей заложена 1,0 должности переводчика-секретаря.
❗️В случаях, когда в школе работает 1 незрячий учитель, включается 1,0 ед. должности переводчика-секретаря.
✔️Лица с инвалидностью имеют право на получение удлиненного рабочего отпуска продолжительностью 30 календарных рабочих дней.
✔️ Наемные работники с инвалидностью имеют право на перерасчет пособия по инвалидности каждые 2 года.
✔️ Абитуриенты с инвалидностью принимаются на ОТМ исходя из квоты 2% от общего набора. В частности, слабовидящие абитуриенты I-II групп допускаются к обучению в порядке сдачи устного экзамена по 5-балльной системе оценивания.
✔️Лицам с инвалидностью предполагается бесплатное восстановление здоровья на основании направления каждые 6 месяцев в соответствии с категорией заболевания.
✔️Люди с I группой инвалидности, в частности незрячие, вместе с экскурсоводом могут пользоваться общественным транспортом бесплатно.
✔️ При обучении в негосударственной системе образования детей-инвалидов из семей, включенных в реестр молодежи, их расходы на обучение в размере до 50-кратной базовой ставки будут покрываться за счет субсидий.
✔️ Лица с ограниченными возможностями принимаются на работу без испытательного срока.
✔️ В государственных учреждениях для лиц с инвалидностью будут созданы рабочие места по квоте.

Предмет:
О должности секретаря для слепых учителей

Есть новости для слепых абитуриентов

У меня было пособие по инвалидности, но почему оно не учитывалось?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: