Tarix fanidan olingan malaka toifasi huquq fani uchun ham amal qiladimi?
Savol: Men 2020 yil O‘zMU tarix fakulteti tarix yo‘nalishi magistraturasini tugatganman. Ikkinchi toifam bor. Bu o‘quv yilidan boshlab huquq fanidan ham dars beryapman.
Lekin menga huquq fani darsi uchun tuman MMTB buxgalteri mutaxassis deb tabeldan o‘tkazibdi. Buxgalterni ishi to‘g‘rimi? Mening ikkinchi toifam huquq fani uchun o‘tmaydimi?
Javob: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan amaldagi nizomning 18-bandida pedagog kadrlarning diplomida bittadan ortiq tayyorlov yoki ta’lim yo‘nalishi, mutaxassislik yoki ixtisoslik ko‘rsatilgan bo‘lsa, ular dars berayotgan har bir o‘quv fani bo‘yicha alohida attestatsiyadan o‘tishi nazarda tutilgan.
Ya’ni, tarix yo‘nalishini tamomlagan pedagog kadrlar «Davlat va huquq asoslari» fanidan dars berayotgan bo‘lsa, ularning tarix fanidan olgan malaka toifasi huquq fani uchun amal qilmaydi. Bunda ular «Davlat va huquq asoslari» fanidan ham alohida attestatsiyadan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga doir:
Avvalgi malaka oshirish tizimidan yangisining farqi nimada?
Malaka oshirishga chiqmagan pedagog xodimlarning taqdiri nima bo‘ladi?