Maktabni obodonlashtirish uchun nechta texnik xodim ishlashi kerak?

Maktabni obodonlashtirish uchun nechta texnik xodim ishlashi kerak?

Maktab hududini obodonlashtirish uchun necha nafar texnik xodim ajratilishi kerak?

Kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, so‘ngi kunlarda maktab hududini o‘qituvchilar mehnatidan foydalanib obodonlashtirishga uringan maktab direktorlari birma-bir jarimaga tortilyapti.

Shu sababli, maktab hududini tozalash uchun necha nafar texnik xodim ajratilishi kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tishni lozim topdik.

Maktabning qoplama to‘shalgan (asfalt, beton, bruschatka) hamda sport maydonlarining har 2500 kv.m. maydoni uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda hovli supuruvchi lavozimi (ta’lim muassasada 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan holda) kiritiladi.

Maktabning mevali bog‘, gulzor va ko‘kalamzorlashtirilgan 0,5 ga dan 2,0 ga gacha maydoni uchun 1,0 birlik, keyingi har 2,0 ga maydon uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda bog‘bon lavozimi kiritiladi. (Maktabning ijaraga bergan maydoni bundan mustasno.)

Binolarning foydalaniladigan ichki qismi, shu jumladan xizmat xonalari, yo‘laklar, zinapoyalar, faollar zali va sport zal hamda o‘quv sinflari maydonini tozalovchi farrosh lavozimi har 350 kv.m, tozalash maydoni uchun 0,5 birlik hisobidan kelib chiqqan holda kiritiladi. Biroq, maktabda 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan miqdorda kiritiladi.

Maktabda mashg‘ulotlar ikkinchi smenada ham olib borilganda, ushbu smenadagi o‘quvchilar foydalanadigan har 350 kv.m, tozalanadigan maydon uchun qo‘shimcha 0,25 birlik, uzaytirilgan kun guruhi mavjud bo‘lganda esa, guruhga qatnovchilar foydalanadigan har 350 kv.m, tozalanadigan maydonga 0,5 birlik hisobidan kelib chiqqan holda farrosh lavozimi kiritiladi.

Shuningdek, maktablarga zaruriyat tug‘ilganda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining ta’mirlash-ekspluatatsiya bo‘limi tomonidan xizmat ko‘rsatilishi kerak.

Xizmat ko‘rsatilmaydigan uzoq hududlarda joylashgan, borish qiyin bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida binolarga xizmat ko‘rsatuvchi va kompleks ta’mirlash bo‘yicha ishchilar lavozimlari har 500 yoritish nuqtalari (viklyuchatel, rozetka va koroba) (ta’lim muassasasi balansida bo‘lgan ko‘cha yoritish nuqtalari ham hisoblanadi) uchun 1,0 birlik hisobidan kelib chiqqan holda, biroq ta’lim muassasasida 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan miqdorda elektromontyor lavozimi kiritiladi.

Suv quvurlari, kanalizatsiya tizimi va issiqlik quvvati bilan jihozlangan har 2000 kv.m foydali maydon uchun 1,0 birligi hisobidan kelib chiqqan (mutanosib) holda, biroq ta’lim muassasasida 0,5 birlikdan kam bo‘lmagan miqdorda chilangar-santexnik lavozimi kiritilishi kerak.

Maktabda o‘quvchilar soni 500 nafardan ortiq bo‘lganda 1,0 birlik binoni ta’mirlash va kompleks xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishchi lavozimi kiritilishi kerak.

Maktab hududi hali ham o‘qituvchilar mehnatidan foydalanib obodonlashtirilishiga qaraganda, demak yuqoridagi normalar ishlamayapti. Balki, hududiy moliya bo‘limlari yetarlicha texnik xodimlar shtati ajratilishiga to‘sqinlik qilayotgandir.

Balki, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining ta’mirlash-ekspluatatsiya bo‘limi tomonidan maktablarga yaxshi xizmat ko‘rsatilmayotgandir. Mas’ullar masalaning mana shu jihatiga ham e’tibor qaratishlari kerak deb o‘ylaymiz.

Mavzuga doir:
Maktabning texnik xodimlariga mukofot puli berish mumkinmi?

O‘qituvchilar maktab hududini tozalashi to‘g‘rimi?

qanday hollarda xodimning roziligisiz mehnat haqidan ushlab qolish mumkin?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: