1.5 stavka direktor o‘rinbosari lavozimida bitta xodim ishlashi mumkinmi?

1.5 stavka direktor o‘rinbosari lavozimida bitta xodim ishlashi mumkinmi?

Savol: Maktabda o‘quvchi soni ko‘paygani uchun ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari shtati 1.5 stavka qilib belgilangan. Shu 1.5 stavka o‘rinbosarlikni bitta xodimning o‘ziga yuklatsak bo‘ladimi? Vazirlar Mahkamasining 297-sonli qarorida mumkin deyilgan ekan ammo, bizning tumanda bunga ruxsat berishmayapti. Shu masalaga yordam bersangiz.

Javob: To‘g‘ri, haqiqatdan ham Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomda bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, shunday kasb va lavozim bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lganda yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yilishi haqida qayd etilgan.

Ammo bu yerda rahbarlik lavozimi haqida gap ketmagan. Aslida Vazirlar Mahkamasining 297-son qarori 2-bandi, 2-xatboshida o‘rindoshlik asosida bir vaqtning o‘zida ikkita rahbarlik lavozimini egallashga yo‘l qo‘yilmasligi aytilgan.

Shuningdek, «O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 26-bandiga ko‘ra budjet tashkilotlarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek ushbu tashkilotlar tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Demak, yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, xodim bir vaqtning o‘zida 1.5 stavka direktor o‘rinbosari lavozimida ishlay olmaydi.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Maktablarda qanday buyruqlar yuritiladi?

Pedagoglarning namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish qay tartibda amalga oshiriladi?

Hozirda o‘qituvchilar qanday ustamalar olmoqda?


Вопрос: В связи с увеличением количества учащихся в школе оклад заместителя директора по духовно-просветительской работе установлен в размере 1,5. Можем ли мы назначить эту замену 1,5 ставки одному сотруднику? В постановлении Кабинета Министров № 297 сказано, что можно, но нельзя в нашем округе. Пожалуйста, помогите с этим.

Ответ: Действительно, в положении «О порядке работы по выслуге лет и по нескольким профессиям и должностям», утвержденном постановлением Кабинета Министров от 18 октября 2012 г. № 297, работать в нескольких профессий и должностей, отмечается, что работник допускается к исполнению обязанностей временно отсутствующего работника при наличии вакансии по такой профессии и должности или в случаях, предусмотренных законодательством.

Но здесь нет упоминания о руководящей должности. На самом деле в постановлении Кабинета Министров № 297 п. 2 п. 2 указано, что не допускается одновременное занятие двух руководящих должностей на основе правопреемства.

Также согласно пункту 26 положения «О порядке работы по выслуге лет и по нескольким профессиям и должностям» руководители бюджетных организаций, их заместители, а также руководители структурных подразделений этих организаций и их заместители ринбосары не допускается работа на базе нескольких профессий и должностей, расширение зоны обслуживания, увеличение объема работы.

Поэтому, исходя из вышеизложенных правил, сотрудник не может одновременно работать заместителем директора 1,5 ставки.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Какие правила в школах?

В каком порядке осуществляется формирование типового годового плана работы учителей?

Какие бонусы сейчас получают учителя?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: