Maktab psixologini ishga olish yoki bo‘shatish kimning qo‘lida?

Maktab psixologini ishga olish yoki bo‘shatish kimning qo‘lida?

Maktab psixologini ishdan bo‘shatish yoki ishga qabul qilish maktab ixtiyoridami yoki MMT bo‘limidami?

Ma’lumki, Prezidentning 2023 yil 26 maydagi PF-79-sonli Farmoni 4-bandiga ko‘ra, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish vakolati berildi.

Avvallari o‘rinbosarlar ham maktab psixologlari ham hududiy xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan lavozimga tayinlangan va ozod etilgan.

Direktorlarga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish vakolati berilgach, maktab psixologini ham direktor o‘zi ishga olaveradi deb tushunildi. Lekin unday emas.

Xabaringiz bo‘lsa, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023 yil 28 avgustdagi 261-sonli buyrug‘i bilan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar ro‘yxati yangi tahrirda qabul qilindi.

Unga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktabi (maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internati) psixologlari tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan ishga qabul qilinadi va lavozimidan ozod qilinadi.

Ya’ni, maktab psixologini ishdan bo‘shatish yoki ishga qabul qilish tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari ixtiyorida qoldirilgan.

Mavzuga doir:
Maktab psixologlari: samarali ishlashlari uchun ularga nimalar xalal bermoqda?

Maktab psixologida qanday hujjatlar bo‘lishi kerak?

Pedagogik-psixologik tashxis nima? Har bir oʻquvchiga shunday tashxislarni qoʻyish shartmi?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: