Ta’lim sifati, pedagog mas’uliyati haqida maqola

Ta’lim sifati, pedagog mas’uliyati haqida maqola

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining shu yil 5 yanvar sonida akademik Saidahror G‘ulomov hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, iqtisodiyot fanlari doktori Mamayunus Pardayevning “Ta’lim sifati, pedagog mas’uliyati Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ildamlatuvchi muhim drayver” nomli maqolasi chop etildi. Quyida uni o‘qishingiz mumkin.

Prezidentimiz o‘tgan yili 20 dekabrdagi Murojaatnomasida “Ushbu davrda to‘plagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda: taraqqiyotga — faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi”, deya ta’kidladi. Bu davlatimiz rahbarining kecha yoki bugun paydo bo‘lgan xulosasi emas. Jamiyatimizning endigi bosqichdagi taraqqiyoti bevosita innovatsion omillarga bog‘liqligini hayotning o‘zi tasdiqlab turibdi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori safarbarlikni, saviyali va sifatli ta’limni talab qiladigan jarayon. Shu bois, 2023 yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berishni taklif qilgani ham bejiz emas.
Murojaatnomada ta’kidlanganidek, “Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”. Ushbu holatni inobatga olib, davlatimiz rahbari 2022 yil davomida taraqqiyotning ushbu muhim omillariga uzluksiz katta e’tibor qaratib keldi. Jumladan, o‘tgan yili 6 iyulda Prezidentimizning “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni hamda “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjatlarda mamlakatimizda innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiya va texnologiyalarni keng joriy etish, inson kapitali, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivoj lantirish muhim vazifalar sifatida belgilangan edi. Bu sa’y-harakatlar natijasida yosh olimlar soni 2018 yildagi 6,5 mingdan 2022 yilda 10,8 ming nafarga yetdi, ya’ni bir yarim barobar o‘sdi.
Mamlakatimiz kelajagi, endigi taraqqiyoti bevosita innovatsion omillarga, pirovardida, sifatli ta’limga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shu tufayli fan, ta’lim sohasida boshlangan islohotlarni jadal davom ettirish, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha qo‘yilgan masalalarni birgalikda hal etish kerakligi ta’kidlandi.
Bu ham o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladigan hodisa emas. Eng avvalo, Prezidentimiz ilgari surgan Uchinchi Renessans poydevorini yaratish uchun iqtidorli yoshlarni tanlab, ularga katta e’tibor qaratish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish darkor. Hozirgi kunda Prezident maktablarida o‘qiyotgan yoshlar aynan shu talablarga javob beradi. 2023 yil uchun reja tuzilganda odamlardan tushgan 20 mingga yaqin taklif muhokama qilingan.
Bunda yurtdoshlarimiz maktab, bog‘cha va shifoxonalarni ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot sifatini oshirish, mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolarini hal qilish, ish o‘rinlarini sonini oshirish, tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratish, adolatni ta’minlash, ovoragarchilik, byurokratiya va korrupsiyani yo‘q qilish masalalarini ilgari surgan. Haqiqatan ham davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, ushbu masalalar aniq, o‘ta zarur va o‘rinlidir.
Qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu muammolar qisqa vaqtda o‘z yechimini topishi shart. Buning uchun o‘zimizdagi bir qator kamchiliklarni tuzatish va muammolarimizni hal qilish chorasini ko‘rishimiz, bularni bartaraf etish uchun tegishli “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqib, ularning bajarilishini kechiktirmasligimiz lozim. Bolalarimizni yoshligidan asosan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanib, innovatsion g‘oyalarni ishlab chiqadigan, ularni hayotga tatbiq qilib, o‘zini ham, jamiyatni ham boyitadigan ishlarni bajarishni o‘rgatishimiz kerak.
Aqliy mehnat bilan shug‘ullanadigan bolaning miyasi yaxshi ishlashi lozim. Bunga erishish uchun oila va ta’lim muassasalarida bolalarni parvarishlash, tarbiyalash va o‘qitish jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf qilish hayotiy zaruratdir. Bu xatoliklarni tugatmasdan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, ayni paytda insonlarning, ayniqsa, yoshlarning intellektual qobiliyati talab darajasida rivojlanyapti, deb bo‘lmaydi.
Bu ko‘rsatkichning pasayishi, odamlar faol umrining qisqaligiga ta’sir qiluvchi bir qancha omillar mavjudligiga amin bo‘ldik. Birinchidan, mamlakatimizda ta’lim xizmatlari sifatini oshirish uchun o‘quv-tarbiya muassasalari va pedagoglar barchaning e’tibori markazida bo‘lishi kerak. Bunga bir qancha davlatlar tajribasini misol keltirish mumkin.
Jumladan, Singapur davlati juda qisqa vaqtda o‘z “iqtisodiy mo‘jiza”sini yaratdi. Bu mo‘jizaning muallifi Li Kuan Yudan “Qanday qilib bunga erishdingiz?”, deb so‘ralganda u: “Men davlat budjetini ta’limga yo‘naltirdim. Muallimni eng quyi  tabaqadan Singapurdagi eng yuqori martabaga ko‘tardim. Davlatdagi mo‘jizalarni qilganlar muallimlardir. Ular ilm, axloq, mehnat va haqiqatni sevadigan kamtar avlodni yetishtirib berdi. Buning uchun ulardan minnatdormiz”, deb javob bergan.
Xuddi shunday Yaponiya ham ta’limni rivojlantirish evaziga juda qisqa muddatda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shu tariqa ta’lim muassasasiga, pedagoglarga e’tibor mamlakatni shiddat bilan juda yuksak darajaga ko‘tardi. Davlatimiz rahbari uqtirganidek, bizda ham mutasaddilar, ziyolilar ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilishi, o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha masalalarni birgalikda hal etishi kerak.
Ikkinchidan, butun e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratishimiz lozim. Yoshlarga ta’lim berish bilan birga, tarbiyaning ham uyg‘unligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Murojaatnomada ta’kidlanganidek, “Najot — ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda. Chunki barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”.
Ta’lim-tarbiya beradigan pedagoglar faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Farzandlarimizga bilim berayotgan pedagoglar mehnati yillar davomida beqadr bo‘ldi. Ulardan o‘qitishdan tashqari barcha ishlarda juda ko‘p foydalanildi. Ta’bir joiz bo‘lsa, muallimlar pedagog sifatida haq-huquqsiz va himoyasiz soha xodimlari edi. Ayniqsa, oladigan oylik maoshiga kun ko‘rish ham o‘ziga yarasha zahmat talab qilardi. Shu tufayli iqtidorli yoshlar pedagogika bo‘yicha o‘qish uchun oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirmas, bu sohada ishlashni aslo xohlamas edi. Natijada eng past ball olgan talabalar pedagogika yo‘nalishida o‘qir edi.
Uchinchidan, endi bunday nomaqbul tadbirlarni butunlay to‘xtatish vaqti kelgani va o‘qituvchilar qadrini oshirish lozimligi borasida tegishli ishlar bajarilmoqda. Mamlakatimizda o‘qituvchilarga vazifasidan tashqari ish yuklaydiganlarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan va tez orada qabul qilinishi kutilmoqda. Bu ham o‘qituvchilar mavqei oshayotganidan dalolat beradi.
Murojaatnomada ta’kidlanganidek, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning ish sharoitini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi. O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish Konstitutsiyada alohida belgilanishi tahsinga loyiq.
To‘rtinchidan, bilimlarni o‘rgatish bilan birga, ulardan samarali foydalanmaslik an’anasiga ham barham berish vaqti keldi. Bog‘chadanoq o‘g‘il-qizlarning qobiliyatiga tashxis qo‘yish, qiziqishini aniqlab, shu yo‘nalishga bosh qarish maqsadga muvofiq. Maktab davridan boshlab o‘quvchilar salohiyatidan samarali foydalanib, innovatsiyalar yaratish, egallagan bilimini aynan shu layoqatga yo‘naltirishga o‘rgatish kerak. Hozir iqtidori, qiziqishidan qat’i nazar, bolalar bir xil dastur asosida o‘qitiladi. Buning o‘rniga o‘g‘il-qizlar qobiliyatiga mos soha va yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qisa, ishlasa, darsga ham, ishga ham zavq-shavq bilan boradi. Samarali aqliy mehnati bilan obro‘ orttiradi.
Beshinchidan, mamlakatimizda Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan o‘quvchilar zo‘r bilimga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi ham bilimdon bo‘lishi lozim. Endi o‘qituvchilarni diplomi bo‘yicha band qilish emas, bilimi, mahorati va saviyasini inobatga olib ishga olish zarur. Pedagogning mavqeini ko‘tarish deganda mas’uliyatini ham oshirish nazarda tutiladi.
Zamon talabiga javob beradigan innovator kadrlarni tayyorlash uchun birinchi galda muallimning o‘zi ham yangilikka intiluvchan bo‘lishi kerak. Rivojlangan davlatlar bilan qiyoslasak, mamlakatimizda ham o‘qituvchining qadrini munosib darajaga ko‘tarish zarurati paydo bo‘lmoqda. Bu ishni qilmasdan turib, Uchinchi Renessans poydevorini qurish, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini ta’minlash, mamlakatimizning raqobatbardoshligini oshirish kabi vazifalarni bajara olmaymiz.
Oltinchidan, o‘qituvchilar ham e’tiborga munosib, haqiqiy pedagog bo‘lishi kerak. Tibbiyot xodimi savodsiz bo‘lsa, bemorni davolash o‘rniga yana kasal qiladi. Iqtisodchi savodsiz bo‘lsa, korxonalar inqirozga uchraydi. Muallimning savodsizligi esa kelajakda yurtga nafi tegadigan insonning qobiliyatini yo‘qqa chiqaradi. Endigi vazifa, davlatimiz rahbari aytganidek, o‘qituvchining oylik maoshini tegishli darajaga ko‘tarish,  iqtidorli bolalarni shu soha bo‘yicha o‘qitib, muallimlikka tayyorlashdir. Eng yuqori ball olgan yigit-qizlarni birinchi galda o‘qishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Yettinchidan, ta’lim muassasalari nafaqat davlatning, balki hammaning diqqat markazida bo‘lishi lozim. Birinchi galda ota-onalar katta e’tibor qaratishi darkor. Chunki maktabda ularning kelajagi tarbiyalanmoqda. Shuningdek, maktabga faqat moddiy yordam emas, balki ma’naviy ko‘mak, rag‘bat, mehr berib turish ham o‘qituvchiga katta quvvat bag‘ishlaydi. Muallimlarning hurmatini joyiga qo‘yishga odatlanishimiz lozim.
Hozir o‘qimagan o‘quvchiga tanbeh bersa, ota-onalar kelib, pedagoglar bilan bahslashayotgan hollar, afsuski, kam emas. Farzandining taqdiriga befarq bo‘lmay, ta’lim muassasasi bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak. Agar ota-onalarni o‘qituvchining dars berishi, bilimi qanoatlantirmasa, buni ham ochiq aytib, vaziyatni o‘nglash choralarini ko‘rish zarur.
Sakkizinchidan, ta’lim muassasalari bitiruvchilar bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yishi talab etiladi. Chunki ular nimaga erishgan bo‘lsa, avvalo, o‘zi o‘qigan maktabning benazir xizmati tufaylidir.
Aksariyat yigit-qizlar o‘qishni bitirib ketgandan keyin yillar davomida biror marta ta’lim muassasasiga bormaydi, xabar olmaydi. Sobiq o‘quvchi katta tadbirkor yoki boshqa biror kasb sohibi bo‘lsa, o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga muvaffaqiyat yo‘lini ayt sa, katta tarbiya  darsini o‘tgan bo‘ladi. O‘quvchilar salmoqli natijaga erishgan kishilarni yuzma-yuz ko‘rib, ularning hayotiga guvoh bo‘ladi. O‘zlari ham undan o‘rnak olishga intiladi va bunga harakat qiladi.
To‘qqizinchidan, hozir ba’zi maktablardagi e’lonlar taxtasida sobiq o‘quvchilarning muvaffaqiyati o‘rnak qilib yozib qo‘yiladi. Ushbu dargohni bitirgan shoirlar badiiy asarlarini, olimlar esa ilmiy risolalarini maktab kutubxonasiga topshirgan. Maktablarda sobiq o‘quvchilar burchagi, ba’zilarida kutubxonaning maxsus bo‘limi tashkil qilingan.
Kimdir o‘zi o‘qigan maktabga ta’lim uchun biror uskuna yoki jihoz sovg‘a qilib, savobga qolmoqda. Albatta, buning moddiy jihatdan tashqari tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Sobiq o‘quvchilarning o‘zi o‘qigan maktabiga, yordam qilayotganini ko‘rib ulg‘ayayotgan o‘g‘il-qizlarda ham xuddi shunday ruhiyat shakllanadi. Bunday kayfiyatni oddiy tarbiya darsida singdirish qiyin. Ming marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan yaxshi, deb bejiz aytilmasa kerak. Shunday ekan, hamma o‘zi o‘qigan maktabni bir ziyorat qilib, moddiy va ma’naviy e’tibor qaratsa, yanada yuksalishga, jadalroq taraqqiyotga begumon erishamiz.
Ta’lim sifati, pedagogning mas’uliyati Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omiliga aylanishi uchun hali ancha ish qilish lozim. O‘quv-tarbiya sohasidagi asosiy vazifalar, ularning yo‘nalishi bevosita yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun o‘ta zarur. Bunga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdek muhim tadbirlar  Murojaatnomada o‘z aksini topgan.

Mavzuga doir:
O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni haqida maqola

Xalq ta’limi tizimida tub o‘zgarishlar haqida maqola

Ta’lim sifati monitoringi nima va u qaysi normativ hujjat bilan tartibga solinadi?


В номере газеты «Новый Узбекистан» от 5 января академик Сайдаррор Гуломов и профессор Самаркандского института экономики и сервиса Мамаюнус Пардаев, доктор экономических наук под заголовком «Качество образования, педагогическая ответственность – важный драйвер развития Нового Узбекистан». Вы можете прочитать его ниже.

В своем Послании от 20 декабря прошлого года Президент отметил, что «накопленный нами за этот период опыт убедительно доказывает один факт: развитие достигается только упорным и мужественным трудом». Это не вывод главы нашей страны, появившийся вчера или сегодня. Сама жизнь подтверждает, что развитие нашего общества на данном этапе напрямую зависит от инновационных факторов. Это, в свою очередь, процесс, требующий высокой мобилизации, уровня и качества образования. Поэтому неслучайно 2023 год предложено назвать в нашей стране «Годом внимания к людям и качественного образования».
Как сказано в петиции, «Повышение качества образования – единственно правильный путь развития Нового Узбекистана». Учитывая сложившуюся ситуацию, глава нашего государства в течение 2022 года постоянно уделял большое внимание этим важным факторам развития. Например, 6 июля прошлого года были приняты Указы Президента «Об утверждении Стратегии инновационного развития Республики Узбекистан на 2022-2026 годы» и «Организационные меры по реализации Стратегии инновационного развития Республики Узбекистан на 2022-2026 годы». «О событиях» был принят.
В этих документах важными задачами определены ускорение инновационного развития в нашей стране, широкое внедрение инноваций и технологий во все отрасли экономики, развитие человеческого капитала, науки и инноваций. В результате этих усилий количество молодых ученых увеличилось с 6,5 тысяч в 2018 году до 10,8 тысяч в 2022 году, то есть увеличилось в полтора раза.
Будущее и настоящее развитие нашей страны напрямую зависит от инновационных факторов, в конечном счете, от качественного образования. В связи с этим продолжать начатые реформы в сфере науки и образования, выходить в образовательные центры, больше общаться с преподавателями и тренерами, совместно решать поставленные вопросы в целях повышения качества воспитательной работы. подчеркнул, что
Это не спонтанное событие. В первую очередь необходимо усилить работу по отбору талантливой молодежи и уделить ей большое внимание, чтобы создать основу выдвинутого Президентом Третьего Возрождения. Именно этим требованиям отвечает нынешняя молодежь, обучающаяся в Президентских школах. При составлении плана на 2023 год было обсуждено около 20 тысяч поступивших от людей предложений.
В этом наши соотечественники должны увеличить количество школ, детских садов и больниц, повысить качество образования и медицины, построить дороги, водопровод, электричество,он выдвигал вопросы решения транспортных проблем, увеличения количества рабочих мест, создания новых возможностей для предпринимательства, обеспечения справедливости, ликвидации расточительства, бюрократии и коррупции. Действительно, как отметил глава нашего государства, эти вопросы понятны, очень нужны и уместны.
Как бы это ни было сложно, эти проблемы должны быть решены в короткие сроки. Для этого мы должны принять меры по исправлению ряда наших недостатков и решению наших проблем, разработать соответствующие «дорожные карты» по их устранению, не затягивать с их реализацией. Мы должны с малых лет приучать наших детей к интеллектуальному труду, к разработке новаторских идей, их реализации в жизни, к обогащению себя и общества.
Мозг ребенка, занимающегося умственным трудом, должен хорошо работать. Для этого жизненно необходимо устранение недостатков в процессе ухода за детьми, воспитания и обучения в семье и образовательных учреждениях. Без устранения этих ошибок намеченная цель не может быть достигнута. Согласно исследованиям нельзя сказать, что интеллектуальные способности людей, особенно молодежи, развиваются на необходимом уровне.
Мы убедились, что есть несколько факторов, влияющих на снижение этого показателя, краткость активной жизни людей. Во-первых, для повышения качества образовательных услуг в нашей стране образовательные учреждения и педагоги должны быть в центре всеобщего внимания. В качестве примера можно привести опыт ряда стран.
В частности, страна Сингапур создала свое «экономическое чудо» за очень короткое время. Когда Ли Куан Ю, автора этого чуда, спросили: «Как вам это удалось?», он ответил: «Я направил государственный бюджет на образование. Я повысил своего учителя из самого низкого класса до самого высокого положения в Сингапуре. Учителя – это те, кто творит чудеса в стране. Они воспитали скромное поколение, любящее знания, этику, труд и правду. Мы благодарны им за это».
Точно так же Япония добилась больших успехов за очень короткий период времени благодаря развитию образования. Таким образом, внимание к учебному заведению и педагогам быстро подняло страну на очень высокий уровень. Как сказал глава нашего государства, наши чиновники и представители интеллигенции должны ездить в образовательные учреждения, больше общаться с учителями и тренерами, совместно решать вопросы, связанные с повышением качества воспитательной работы.
Во-вторых, мы должны сосредоточиться на поддержке образования, которое является самой крупной инвестицией для Нового Узбекистана. Наряду с воспитанием молодежи важно обеспечить гармонию образования. Как сказано в петиции, «Спасение в воспитании, спасение в воспитании, спасение в знании. Потому что все благородные цели достигаются через знания и образование».Особое внимание следует также уделить деятельности педагогов, обеспечивающих образование. Труд педагогов, воспитывающих наших детей, с годами стал недооценен. Они широко использовались во всем, кроме преподавания. Иными словами, учителя как педагоги были работниками в поле без прав и защиты. Особенно, чтобы сводить концы с концами на месячную зарплату, требовалось очень много тяжелой работы. Из-за этого талантливая молодежь не поступала в вуз для изучения педагогики, не желала работать в этой сфере. В результате студенты, набравшие самые низкие баллы, обучались в области педагогики.
В-третьих, сейчас самое время полностью прекратить такую ​​неадекватную деятельность и повысить ценность учителей. В нашей стране разработан и в ближайшее время ожидается принятие законопроекта об административном и уголовном преследовании тех, кто поручает учителям работу, не связанную с их обязанностями. Это также свидетельствует о повышении статуса учителей.
Как отмечается в петиции, одной из наших основных задач в 2023 году будет повышение качества образования в школах и престижа профессии учителя в обществе, улучшение условий труда учителей. Похвально, что защита статуса учителей, их чести и достоинства конкретно определена в Конституции.
В-четвертых, наряду с обучением знаниям пора покончить с традицией неэффективного их использования. Целесообразно провести диагностику способностей мальчиков и девочек, определить их заинтересованность и направиться в этом направлении с детского сада. Начиная со школьного периода необходимо учить учащихся эффективно использовать свой потенциал, создавать инновации, направлять полученные знания на эту способность. Сейчас, вне зависимости от таланта и интереса, детей обучают по одной и той же программе. Вместо этого мальчики и девочки учатся и работают в областях и направлениях, подходящих для их способностей, с удовольствием ходят на занятия и работают. Он завоевывает репутацию своей эффективной умственной работой.
В-пятых, студенты, которые являются творцами Нового Узбекистана в нашей стране, должны обладать отличными знаниями. Для этого учитель должен быть знающим. Теперь необходимо нанимать учителей на основе их знаний, навыков и уровня, а не нанимать их на основе их диплома. Повышение статуса учителя означает повышение его ответственности.
Для подготовки инновационных кадров, отвечающих требованиям времени, инновационным должен быть прежде всего сам педагог. По сравнению с развитыми странами в нашей стране есть необходимость поднять ценность учителя на достойный уровень. Без этого мы не сможем выполнить задачи по закладке основ Третьего Возрождения, обеспечению стратегии развития Нового Узбекистана, повышению конкурентоспособности нашей страны.
В-шестых, учителя тоже достойны внимания,должен быть настоящим педагогом. Если медицинский работник неграмотен, то вместо того, чтобы лечить больного, он снова делает больного больным. Если экономист неграмотен, предприятия ждет кризис. Безграмотность учителя уничтожает способности человека, который в будущем принесет пользу стране. Задача сейчас, как сказал глава нашего государства, — поднять ежемесячную зарплату учителей до соответствующего уровня, обучить талантливых детей в этой области и подготовить их к педагогической деятельности. Желательно разработать порядок первого приема юношей и девушек с наивысшими баллами.
В-седьмых, образовательные учреждения должны быть в центре внимания не только государства, но и всех. Прежде всего, родители должны уделять много внимания. Потому что их будущее тренируется в школе. Кроме того, не только материальная поддержка школы, но и духовная поддержка, ободрение и любовь придают учителю огромную силу. Мы должны привыкнуть уважать учителей.
К сожалению, нередки случаи, когда родители приходят и спорят с педагогами, если те делают выговор ученику, который не учился. Он не должен быть безразличен к судьбе своего ребенка, а должен наладить постоянное сотрудничество с учебным заведением. Если родители не удовлетворены обучением и знаниями учителя, необходимо открыто сказать об этом и принять меры по исправлению ситуации.
В-восьмых, образовательные учреждения обязаны установить постоянный контакт с выпускниками. Потому что то, чего они добились, это, в первую очередь, благодаря отличному обслуживанию школы, в которой он учился.
Большинство юношей и девушек не посещают учебные заведения в течение многих лет после выпуска. Если бывший студент является крупным бизнесменом или имеет любую другую профессию, если он встречается со студентами и подсказывает им путь к успеху, то он прошел большой урок образования. Ученики видят людей, добившихся значительных результатов, лицом к лицу и становятся свидетелями их жизни. Они пытаются следовать его примеру.
В-девятых, некоторые школы теперь размещают примеры успехов бывших учеников на доске объявлений. Поэты, окончившие эту школу, представили свои художественные произведения, а ученые – свои научные трактаты в школьную библиотеку. В школах создан уголок бывших учеников, а в некоторых школах создан специальный отдел библиотеки.
Кто-то жертвует какое-то учебное оборудование или оборудование школе, которую он посещал, и становится достойным человеком. Конечно, помимо материального аспекта она имеет большое воспитательное значение. Такой же менталитет формируется у мальчиков и девочек, которые растут, видя, как бывшие ученики помогают их школе. Такое настроение трудно привить на обычном уроке воспитания. Не зря говорят, что лучше один раз увидеть, чем тысячу раз услышать. Поэтому, если каждый нанесет визит в школу, где он учился, и уделит материальное и духовное внимание, мы обязательно добьемся дальнейшего прогресса и быстрого развития.
Качество образования,Необходимо проделать большую работу, чтобы ответственность педагога стала важным фактором развития Нового Узбекистана. Основные задачи в сфере образования и их направленность очень нужны молодежи для приобретения современной профессии. В петиции отражены важные меры по созданию необходимых условий для достижения этого.

Предмет:
Статья о роли учителя в обществе

Статья о кардинальных изменениях в системе народного образования

Что такое мониторинг качества образования и каким нормативным документом он регулируется?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: