Ta’lim sifati monitoringi nima va u qaysi normativ hujjat bilan tartibga solinadi?

Ta’lim sifati monitoringi nima va u qaysi normativ hujjat bilan tartibga solinadi?

Juda ko‘pchilik monitoring atamasini ishlatadi, ammo bu qanday jarayon ekanligi haqida bilmasligi mumkin. Monitoring — inglizcha so‘z bo‘lib, kuzatish, nazorat qilish degan ma’noni anglatadi.

Xalq ta’limi tizimida ba’zan ta’lim sifati monitoringi o‘tkazib turiladi. Buni biz sodda qilib o‘quvchilarga berilgan bilimlarni o‘lchaydigan tarozi desak ham bo‘laveradi.

Hozir maktablardagi ta’lim sifati monitoringi jarayoni Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 11 oktabrdagi 313-sonli buyrug‘i bilan tartibga solindi.

Mazkur buyruq bilan endi maktablarda 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab Milliy o‘quv dasturi asosida har chorakda belgilangan rejaga muvofiq sinflarda monitoring jarayonlari o‘tkazib boriladi.

Bu o‘qituvchilarga umuman qiyinchilik tug‘dirmaydi. Chunki Respublika ta’lim markazi har bir chorakda o‘tkaziladigan ta’lim sifati monitoringi uchun test spetsifikatsiyalarini ishlab chiqadi.

Ta’lim sifati monitoringi natijalari asosida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib, aniqlangan bo‘shliqlarga qarab Respublika ta’lim markazi tomonidan metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish tahlil qilinadi, tahlil natijalariga ko‘ra o‘zlashtirilishi murakkab mavzular yuzasidan Respublika ta’lim markazining ishchi guruhi tomonidan tayanch maktablarda sayyor o‘quvlar tashkil etiladi.

❕Monitoring natijalari qoniqarsiz chiqsa maktab rahbarlari va pedagoglariga nisbatan jazo choralari qo‘llanilmaydi.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha nima ishlar qilindi?

O‘zbekiston xalqaro baholash dasturlariga tayyormi?

Maktablar uchun masofaviy onlayn ta’lim sinovdan o’tkaziladi

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: