O‘qituvchilar attestatsiyasi ta’lim sifati uchun xizmat qilishiga ishonmayman

O‘qituvchilar attestatsiyasi ta’lim sifati uchun xizmat qilishiga ishonmayman

O‘qituvchilar attestatsiyasi 100 foiz ta’lim sifati uchun xizmat qilishiga unchalik ishonmayman.

Juda ko‘p joylarda biz malaka toifasiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar sonini ko‘rsatib maqtanamiz. O‘tgan yili shuncha o‘qituvchimiz toifasiz edi, bu yil mana shunchasi toifaga ega bo‘ldi deb hisobot beramiz.

O‘qituvchilar oyligini ham, dars taqsimotini ham mana shu malaka toifasiga bog‘lab qo‘yganmiz. Go‘yoki malaka toifasi hamma narsani beligalab beradigandek buni kun tartibidagi asosiy o‘rinlarga qo‘yib kelamiz.

Ishonavering aslida unday emas. To‘g‘ri o‘qituvchi malaka talabiga javob berishi va uning bilimlarini attestatsiyadan o‘tkazib turish ham kerak. Lekin oldimizda boshqa masalalar ham bor.

Nima uchun bizning ta’lim tizimimiz faqat o‘qituvchilar bilimini sinovdan o‘tkazaveradi? Nima uchun qandaydir sertifikatlar bilan hammaga baho beramiz? Nima uchun faqat o‘qituvchi faoliyatini o‘rganamiz?

Shu yerda yana bir haqli savol tug‘iladi: O‘quvchilarchi? Ularning maktabda olgan bilimini kim baholaydi? Nima uchun toifali o‘qituvchilar soni ko‘paygani bilan o‘quvchilar bilimi haliyam o‘sha-o‘sha? Masalani bu tarafini kimdir o‘ylab ko‘rganmi o‘zi?

Maktabga kelib-kelmaydigan, kelsa ham bilim olishni istamaydigan o‘quvchilar ham juda ko‘p. Nima uchun qattiq talablarni o‘quvchilarga emas faqat pedagoglarga qo‘yamiz?

O‘qituvchi o‘z fanini mukammal bilish kerak albatta. Ammo bu eng birinchi galdagi masala emas. O‘qituvchining hozirgi kundagi o‘rtacha oylik ish haqini hech bo‘lmaganda 7-8 million qilaylik. Va bu maoshlar uning malaka toifasiga qarab emas, dars berayotgan sinfdagi o‘quvchilarning bilim darajasiga qarab belgilansin.

O‘qituvchi yaxshi bilim berolyaptimi demak maoshi yuqori bo‘lishi kerak. Yaxshi bilim berolmasa aksincha. Toifa yoki qandaydir ko‘rinishdagi turli xil sertifikatlar orqali o‘qituvchilarga baho beravermaylik.

Shunda yuqori maosh olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni turli sinovlardan o‘tkazish, ulardan hujjatlar talab qilish, qandaydir yo‘llar bilan sertifikatlash, har bir bosadigan qadamini o‘lchab berish shart bo‘lmasdi.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
Sertifikat haqida hazil maqollar (o‘qituvchilar uchun)

O‘qituvchilar majburiy attestatsiyaga qarshi namoyishga chiqishdi

Ta’lim sifatini oshirish strategiyasida kadrlar siyosati


Я не считаю, что сертификация учителей на 100% определяет качество образования.

Во многих местах мы хвастаемся количеством квалифицированных учителей. Мы сообщаем, что в прошлом году так много наших учителей не классифицировались, а в этом году так много получили класс.

К этой квалификационной категории мы привязали и зарплату учителей, и распределение уроков. Ставим во главу повестки дня, будто квалификационная категория решает все.

Поверьте, это не так. Правильный преподаватель должен соответствовать квалификационным требованиям и пройти аттестацию своих знаний. Но перед нами стоят другие задачи.

Почему наша система образования проверяет только знания учителей? Почему мы оцениваем всех с какой-то сертификацией? Почему мы изучаем только работу учителя?

Здесь возникает еще один закономерный вопрос: а как же студенты? Кто оценивает их обучение? Почему, несмотря на увеличение числа квалифицированных учителей, знания учащихся остаются прежними? Кто-нибудь задумывался об этой стороне вопроса?

Есть много учеников, которые не ходят в школу, а если и приходят, то не хотят учиться. Почему мы предъявляем жесткие требования только к педагогам, а не к ученикам?

Учитель должен в совершенстве знать свой предмет. Но это не в первый раз. Сделаем нынешнюю среднемесячную зарплату учителя хотя бы в 7-8 миллионов. И эти оклады должны определяться исходя из уровня знаний учащихся в классе, который он преподает, а не исходя из его квалификационной категории.

Если учитель способен дать хорошие знания, то и зарплата у него должна быть высокой. Наоборот, если это не дает хороших знаний. Давайте не будем судить об учителях по категориям или каким-то разным сертификатам.

Тогда не надо было бы проходить различные тесты, требовать от них документы, каким-то образом удостоверять их, измерять каждый их шаг.

© Улугбек Полатов

Предмет:
Приколы про аттестацию (для учителей)

Учителя протестовали против обязательной аттестации

Кадровая политика в стратегии повышения качества образования

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: