O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni haqida maqola

O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni haqida maqola

O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni millatning ertangi kunini belgilaydi.

Tan olish kerakki, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yganimizda qo‘limizga qalam tutqazib, alifboni o‘rgatgan birinchi ustozimiz siymosini, uning mehnatini doimo minnatdorlik bilan eslaymiz va qalbimizda unga nisbatan hurmat-ehtirom hissini tuyamiz. XXI asr – yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar asri. Bunday avlodni tarbiyalashda ustoz-muallimlarning xizmati beqiyos. Zero, hozir jahonda mamlakatning taraqqiyot darajasi pedagoglarning jamiyatda tutgan o‘rniga qarab belgilanmoqda.
Ko‘pchilikka ma’lumki, diyorimizda ustozlar, muallim-o‘qituvchilar har doim ulug‘lanib kelingan. Misol uchun, sohibqiron bobomiz Amir Temur o‘z vasiyatida hokini ustozi Said Baraka qabri poyiga qo‘yishlarini aytgan. Darhaqiqat, ustoz buyuklar ichra buyuk. Zotan, Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniylarning ham ilm olamiga ilk tetapoyalari oddiy o‘qituvchi, ustoz ko‘magida tashlangan. Dono xalqimiz ustozlarni e’zozlab: “Ustozning umri – mangu, chunki shogirdlar umri unga ulanadi”, deydi. Ilm nuri ustozning qalbidan shogirdning qalbiga o‘tadi. Agar ustoz bo‘lmasa, bu nur qalbga kirmaydi.
Jamiyatni inson o‘zgartiradi, ta’lim esa insonni o‘zgartiradi. Ta’limning markazida esa, avvalambor o‘qituvchi turadi. Ustoz va muallimlar hurmati haqida shu choqqacha ko‘p va xo‘p gapirib kelinayotgan bo‘lsa-da, uning hurmatini joyiga qo‘yish borasida shu kunga qadar amaliy tashabbus ko‘rsatilmagan edi. Endilikda esa, Konstitusiyada o‘qituvchining jamiyatda tutgan yuksak o‘rnini yuqori darajada e’tirof etib, muhrlab qo‘yish taklif etilmoqda.
Biz bugun Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni maqsad qildik. Ayting-chi, hurmatli yurtdoshlar, har qanday jamiyat uyg‘onishi, taraqqiyoti asosida qanday omillar yotadi? Ma’rifatli insonga ma’lumki, jamiyat taraqqiyoti asosini ilm-fan, ta’lim-tarbiya, san’at, adabiyot, yangi texnologiya, innovasiyalar tashkil etadi, shunday ekan, ilm-fanni kim o‘rgatadi, albatta o‘qituvchi, ustoz.
Agar biz ta’lim-tarbiya ishini yuqori darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lsak, biz birinchi navbatda o‘qituvchi, muallim, ustoz ijtimoiy maqomini ko‘tarishimiz kerak, chunki bu xalqimizning azaliy qadriyatlari biridir. O‘zimning hayotiy tajribamdan kelib chiqib aytish kerakki, biz, Adolat SDP fraksiyasi 2010 yilda “O‘qituvchining ijtimoiy maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqqan edik, afsus o‘sha davrda bu tashabbus rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi va loyiha loyihaligicha qolib ketdi.
Hozirgi kunda Konstitusiyaga o‘zgartishlar kiritilishi munosabati bilan, Davlat rahbari muallim, o‘qituvchi ustozlarga hurmat ehtiromni alohida belgilab qo‘yishni taklif etdilar, biz pedagoglar uchun bu katta tarixiy voqea bo‘ldi, bizning ko‘p yillik orzuimiz ushaladigan kunlar keldi.
Jumladan, 41-moddada:
• Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash jamiyat va davlatning maqsadi hamda mas’uliyatli vazifasidir.
• Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, degan normalar ko‘rsatilgan, ammo ijtimoiy tarmoqlarda bu yangilikka qarshi chiqayotgan kishilar ham paydo bo‘lmoqda.
Ayting-chi hurmatli hamkasb, sizningcha, jamiyatda o‘qituvchi obro‘si ko‘tarilishining nima yomon tomoni bor, kinoyalar qay darajada asosli? Axir ustozsiz, muallimsiz savodli, madaniyatli odam bo‘lishi mumkinmi?
Albatta yo‘q, qanday kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, u fermermi, tadbirkormi, savdo xodimimi, uning albatta ustozi bo‘ladi, shunday ekan, ustozni ardoqlagan yurt hech qachon xor bo‘lmasligini esdan chiqarmaganimiz ma’qul!
Ismoil Saifnazarov,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori,
falsafa fanlari doktori

aniq.uz


Роль учителя в обществе определяет завтрашний день нации.

Надо признать, что, впервые ступая на порог школы, мы всегда с благодарностью вспоминаем фигуру нашего первого учителя, который научил нас азбуке, держащего в руках карандаш, и испытываем к нему чувство уважения в наши сердца. XXI век – век специалистов с высоким интеллектуальным потенциалом, современными знаниями и навыками, новым мировоззрением и независимым мышлением. Несравненна заслуга учителей в воспитании такого поколения. Потому что сейчас в мире уровень развития страны определяется положением педагогов в обществе.
Многим известно, что в нашей стране всегда пользовались уважением учителя и педагоги. Например, наш прадед Амир Темур сказал в своем завещании, что поставит хоки у подножия могилы своего учителя Саида Барака. Воистину, великий учитель — величайший. Уже Хорезми, Абу Али ибн Сина и Беруни совершали свои первые набеги в мир науки с помощью обычных учителей и наставников. Наши мудрецы чтят учителей и говорят: «Жизнь учителя вечна, потому что с ним связана жизнь учеников». Свет знания переходит из сердца учителя в сердце ученика. Если нет учителя, этот свет не войдет в сердце.
Люди меняют общество, а образование меняет людей. В центре образования находится учитель. Хотя было много разговоров об уважении к учителям и учителям, но не было предпринято никакой практической инициативы по восстановлению их уважения. Теперь предлагается закрепить и закрепить в Конституции высокое положение учителя в обществе.
Сегодня мы стремимся создать основы Третьего Возрождения. Скажите, дорогие соотечественники, какие факторы лежат в основе возрождения и развития любого общества? Просвещенному человеку известно, что наука, образование, искусство, литература, новые технологии, инновации составляют основу развития общества.
Если мы хотим поднять воспитательную работу на более высокий уровень, мы должны в первую очередь поднять социальный статус учителей, учителей, наставников, ведь это одна из древних ценностей нашего народа. Исходя из собственного жизненного опыта, должен сказать, что мы, фракция СДП «Справедливость», разработали законопроект «О социальном статусе педагогов» в 2010 году, к сожалению, на тот момент эта инициатива не была поддержана руководством. проект остался в планах.
В настоящее время в связи с внесением изменений в Конституцию Глава государства предложил установить особое уважение к учителям и учителям.
В частности, в статье 41:
• Укрепление статуса педагогических кадров во всех аспектах является целью и ответственной задачей общества и государства.• Указаны нормы о том, что не допускается вмешательство в профессиональную деятельность педагогов, а также воспрепятствование выполнению ими своих служебных обязанностей, но есть и люди, которые выступают против этой новости в социальных сетях.
Скажите, уважаемый коллега, на ваш взгляд, что плохого в поднятии репутации учителя в обществе и насколько оправданы сарказмы? Ведь можно ли быть грамотным, культурным человеком без учителя?
Конечно нет, какая бы у него не была профессия, будь он фермером, бизнесменом или продавцом, у него обязательно будет наставник, поэтому не стоит забывать, что страна, которая чтит наставника, никогда не будет унижена!
Исмаил Саифназаров,
профессор Ташкентского государственного экономического университета,
Доктор Философии

[mask_link]aniq.uz[/mask_link]

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: