Professional ta’limda yangi tizim amal qiladi

Professional ta’limda yangi tizim amal qiladi

Yangilik! Tafakkur olami deb nomlangan 1000 ta mantiqiy savollar kitobini tayyorladik, yuklab oling va zavqlaning!

Prezidentimizning 2019 yil 6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, mamlakatimizda mutlaqo yangi, uzluksiz professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida jamiyatda ayollar va yoshlarning  rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash  chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ham bugungi kunda o‘sib kelayotgan avlodda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish muhimligi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida “Yoshlarni kasb va mutaxassislik egallashi uchun professional ta’lim muassasalarida yaratilayotgan imkoniyatlar” mavzusida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ana shular xususida so‘z bordi.
Yangi ta’lim tizimi amal qiladi
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 339 ta kasb-hunar maktabi, 201 ta kollej va 185 ta texnikum tashkil etiladi.
Yangi professional ta’lim muassasalari maqsad va vazifalaridan kelib chiqan holda 3 toifaga bo‘linadi.  Birinchi toifa – kasb-hunar maktablari hisoblanadi. Ularda o‘quvchilar ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 3-darajasiga mos keladigan dasturlar asosida boshlang‘ich professional ta’lim olishadi. Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi va 2 yillik ta’lim dasturi asosida o‘qitiladi. Unda yoshlarga, asosan, oilaviy biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat ko‘rsatish, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik kabi kasblar o‘rgatiladi.
Professional ta’lim muassasalarining ikkinchi toifasi hisoblangan kollejlarda ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 4-darajasiga mos keladigan dasturlar asosida o‘rta professional ta’lim kasb egalari tayyorlanadi. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ushbu kollejlarda umumta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. Kollejlarda ham o‘quv muddati — 2 yil. Ana shu muddat davomida aniq ish o‘rni uchun mutaxassislar tayyorlanadi.
Buni Germaniyada yaxshi samara bergan «dual» ta’lim tizimiga o‘xshatish mumkin. O‘quvchilar haftaning 3 kunida kollejda nazariy bilim olishsa, qolgan 3 kunida biriktirilgan korxonadagi usta yoki mutaxassis rahbarligida amaliyot o‘taydi.
Uchinchi toifa — texnikumlar bo‘lib, ular ta’limning Xalqaro standart tasniflagichining 5-darajasiga mos keladigan dasturlar asosida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat ko‘rsatadi. Ular ham tegishli tashkilotlarga biriktiriladi. Bitiruvchilar buyurtmalar portfeliga asosan ish bilan ta’minlanadi.
Bunda o‘quvchilar oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bilan integratsiyalashgan holatda, kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shaklida  2 yil tahsil oladi. 2 yillik tahsildan so‘ng texnikum bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasasida egallagan kasbi bo‘yicha suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Bu tizim maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foiz, kelajakda 50-60 foizga yetkazish uchun xizmat qiladi.
Ta’lim shakli ham, prinsipi ham o‘zgaradi
—Endi professional ta’lim muassasalarida o‘qigan yoshlar aniq ish o‘rni va kasbiga ega bo‘ladi, — dedi matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Murodulla Xolmuhammedov. — Yangi tizimning asosiy tamoyili shundan iboratki, bitiruvchi uchun ish o‘rni avvaldan aniq bo‘ladi va u mutaxassis sifatida ish beruvchining talab va taklifiga muvofiq tayyorlanadi. Shundan kelib chiqqan holda endi kasb-hunar ta’limi tizimida ta’lim shakli, mazmuni va prinsiplari mutlaqo yangilandi.
Hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, joriy yilning 5 – 20 iyul kunlari kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan umumta’lim maktablarining 9-sinf (jami 82341 nafar) bitiruvchilari hujjatlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining onlayn elektron platformasi (kasb.edu.uz) orqali qabul qilindi. Shuningdek, vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari tizimida bo‘lgan kollej va texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi.
Umumta’lim maktablarining kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan
11-sinf bitiruvchilari hujjatlari kollej va texnikumlarga 2020 yil 25 avgustdan 25 sentabrga qadar (25 sentabr kuni ham) onlayn tarzda qabul qilinishi belgilangan edi. Qabul jarayonlari ayni paytda joriy yilning 20 oktabriga qadar (20 oktabr kuni ham) uzaytirildi.
Ma’lum qilinishicha, kollejlarga kollej.edu.uz, texnikumlarga esa texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali hujjatlar topshirish mumkin.
Risolat MADIYEVA,
“Yangi O‘zbekiston” muxbiri

Manba: Yuz.uz


В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 6 сентября 2019 года «О дополнительных мерах по дальнейшему совершенствованию системы профессионального образования» в нашей стране создана совершенно новая, непрерывная система профессионального образования. напрасно. Важность развития профессиональных навыков у подрастающего поколения отмечалась и на вчерашнем совещании под председательством Президента, на котором обсуждались меры по повышению роли женщин и молодежи в обществе и занятости.
Агентство информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента Республики Узбекистан с участием депутатов Законодательной палаты Олий Мажлиса, должностных лиц Министерства высшего и среднего специального образования Об этом шла речь на прошедшей пресс-конференции.
Будет новая система образования.
На пресс-конференции было отмечено, что в этом учебном году в стране будет создана совершенно новая система профессионального образования, включающая 339 профтехучилищ, 201 колледж и 185 техникумов.
Новые учреждения профессионального образования делятся на 3 категории в зависимости от их целей и задач. Первая категория – это профессионально-технические училища. В них студенты получают базовое профессиональное образование на основе программ, соответствующих 3-му уровню Международной стандартной классификации образования. Профессионально-технические училища принимают 9-классников и обучают их по двухлетней программе. Здесь обучают молодых людей в основном семейному делу, садоводству, строительству, обслуживанию, животноводству, птицеводству, пчеловодству и рыболовству.
Колледжи, являющиеся второй категорией учреждений профессионального образования, осуществляют подготовку специалистов среднего профессионального образования на основе программ, соответствующих 4-му уровню Международной стандартной классификации образования. В эти колледжи, входящие в систему министерств, ведомств и организаций, принимаются выпускники 11 классов. Продолжительность обучения в колледжах составляет 2 года. За это время специалисты проходят подготовку для конкретных профессий.
Это похоже на «двойную» систему образования в Германии, которая хорошо себя зарекомендовала. Студенты получают теоретические знания в колледже 3 дня в неделю, а остальные 3 дня проводят под руководством мастера или специалиста из прикрепленной компании.
Третья категория – техникумы, которые интегрированы в систему высшего образования на основе программ, соответствующих 5-му уровню МСФО и функционируют при высших учебных заведениях. Они также прикреплены к соответствующим организациям. Выпускники будут трудоустроены в соответствии с портфелем заказов.
В этом случае студенты интегрируются с программой бакалавриата в высшем образовании,очное, заочное и заочное обучение в течение 2 лет. После 2-х лет обучения выпускники колледжа могут быть приняты на обучение в соответствующее высшее учебное заведение на основании собеседования по специальности. Система послужит увеличению охвата выпускников средних школ не менее чем на 25 процентов к 2020 году и на 50-60 процентов в будущем.
Изменится и форма, и принцип обучения.
«Теперь у молодежи, обучающейся в профессионально-технических училищах, будет четкая работа и профессия», — сказал на пресс-конференции заместитель министра высшего и среднего специального образования Муродулла Холмухаммедов. — Главный принцип новой системы заключается в том, что место работы для выпускника будет известно заранее, и он будет подготовлен как специалист в соответствии с требованиями и предложениями работодателя. В результате полностью обновились форма, содержание и принципы обучения в системе профессионального образования.
Срок подачи документов продлен
Как было отмечено на пресс-конференции, документы выпускников 9-х классов (всего 82 341 человек) общеобразовательных школ, желающих продолжить трудовую деятельность, с 5 по 20 июля текущего года размещены на электронной онлайн-платформе Министерства высшего и среднего специального образования. Образование (профессия).edu.uz). Также утверждены параметры приема в колледжи и техникумы системы министерств и ведомств, высших учебных заведений.
Он хотел продолжить карьеру в средней школе
С 25 августа по 25 сентября 2020 года (также 25 сентября) в колледжи и техникумы планировалось принять документы на выпускников 11-х классов онлайн. Процессы приема теперь продлены до 20 октября этого года (также 20 октября).
Сообщается, что в колледжи документы можно подать через электронную площадку College.edu.uz, а в техникумы – через электронную площадку technikum.edu.uz.
Рисолат МАДИЕВА,
Новый корреспондент Узбекистана Источник: Yuz.uz.
Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: