Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi

Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi
Telegramda o'qish

Hukumat qarori bilan professional ta’limni tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilandi.

Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida»gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko’ra, professional ta’lim mehnat bozoridagi kadrlarga bo’lgan real ehtiyoj, ish beruvchilarning takliflari hamda «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida ta’lim olishga mo’ljallangan.
Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda amalga oshiriladi.
Ushbu ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish Hukumat tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Nodavlat professional ta’lim muassasalari belgilangan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladi.
Davlat organlari va xo’jalik birlashmalari professional ta’lim muassasalarining muassisi bo’lishi mumkin.
Kollejlar va texnikumlarda kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari joriy etiladi.
Professional ta’lim muassasalarida qoidaga ko’ra, guruhlarda kamida 12 nafar va ko’pi bilan 30 nafar o’quvchi bo’ladi.
Ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli bitirganlarga davlat namunasidagi diplom beriladi.
Diplom olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mehnat faoliyatida qo’llash huquqini beradi.


Правительство установило порядок организации и проведения профессионального образования.

Принято постановление Кабинета Министров «Об утверждении нормативных правовых актов, регулирующих систему непрерывного начального, среднего и среднего специального профессионального образования в Республике Узбекистан».
Согласно указу, профессиональное образование основывается на реальной потребности в кадрах на рынке труда, предложениях работодателей и принципе «обучение на протяжении всей жизни».
В системе профессионального образования обучение осуществляется в профессиональных училищах, колледжах и техникумах.
Создание и ликвидация этих образовательных учреждений осуществляются в порядке, установленном Правительством.
Негосударственные профессиональные образовательные учреждения создаются в установленном порядке физическими и негосударственными юридическими лицами.
Учредителями учреждений профессионального образования могут быть государственные органы и бизнес-ассоциации.
В колледжах и техникумах будет введено очное, заочное и вечернее обучение.
Как правило, в учреждениях профессионального образования в группах должно быть не менее 12 и не более 30 учащихся.
Успешные выпускники получат диплом государственного образца.
Диплом дает право обладателю применять полученные знания, навыки и умения на рабочем месте.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: