Qorako’l xalqaro matematika maktabi tajribasining metodik qo’llanmasi yaratiladi

Qorako’l xalqaro matematika maktabi tajribasining metodik qo’llanmasi yaratiladi
Telegramda o'qish

Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev boshchiligidagi ishchi guruh bugun Qorakoʻl xalqaro maktabi tajribasini oʻrganish maqsadida Buxoroda boʻlib turibdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-sentyabr kuni “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”ga bagʻishlangan tantanali tadbir davomida mutasaddilar zimmasiga Qorakoʻl Xalqaro matematika maktabi tajribasini keng ommalashtirish va mamlakatimizning barcha shahar, tumanlarida hech boʻlmaganda bittadan shunday maktablarni tashkil etish vazifasi yuklandi.
Ishchi guruhning asosiy maqsadi maktabda olib borilayotgan taʼlim jarayoni va erishilayotgan yutuqlar hamda oʻqitish metodologiyasini oʻrganib, buning natijasida Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani Xalqaro matematika maktabi tajribasining metodik qoʻllanmasini yaratish va ushbu tajribani ommalashtirish choralarini koʻrishdan iborat.

Bugungi kunda Qorakoʻl maktabi bitiruvchilari nafaqat matematika balki boshqa fanlardan ham aʼlo natijalar koʻrsatayotgani qayd etildi. Shuningdek ishchi guruh tomonidan maktab tajribasini oʻrganish maqsadida u yerga tashrif buyuradiganlar eng kamida bir hafta muhitda yashab, jarayon bilan tanishish orqali tajribani oʻrganishi va oʻz hududida joriy etish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Aytish joizki Qorakoʻlning muvaffaqiyatli tajribasi bu oʻquvchilarni saralab olish jarayonining shaffof va adolatli tarzda tashkil etilishidir. Maktabda kadrlar salohiyati doimiy ravishda oshirib boriladi ushbu maktabning deyarli 60% oʻqituvchisi shu maktabning bitiruvchilaridir. Maktabda ota-onalar bilan qayta aloqa aʼlo darajada yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ular doimiy ravishda oʻquvchining tarbiyasi va bilim darajasi toʻgʻrisida xabardor qilib boriladi.

Maktabda oʻquvchilarni oliy taʼlimga qamrab olishda ularning bilim salohiyatidan kelib chiqqan holda toʻgʻri yoʻnalish berish 7 sinfdan boshlanadi va jarayon 11 sinfga qadar davom ettiriladi.
Qorakoʻl tumanidagi Xalqaro matematika maktabi mamlakatda oʻz oʻrni va nufuziga ega taniqli ilm maskani hisoblanadi. Ushbu dargoh oʻquvchilari bir necha yillardan buyon jahon maydonida mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib kelmoqda.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: