Ko’zi ojizlar jamiyatining muammosi: «Bu yarim qadam ortga qaytish emasmi?!»

Ko’zi ojizlar jamiyatining muammosi: "Bu yarim qadam ortga qaytish emasmi?!"
Telegramda o'qish

2019-yil amal qilishni boshlagan yangi soliq siyosati ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi kishilarni ish bilan ta’minlayotgan korxonalar uchun murakkab kechmoqda.

Ushbu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi “Daryo” tahririyatiga murojaat yo‘lladi. Murojaatning asosiy mazmuni 2018-yilning 29-iyunida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmon bilan bevosita bog‘liq.
Markaz ko‘rish bo‘yicha I va II guruh nogironlarining mehnat bilan bandligini ta’minlash bilan birga o‘z Ustavi hamda Respublika qonunchiligida belgilangan maqsad va vazifalariga ko‘ra jamiyat tasarrufida o‘quv ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etgan. Bugun mazkur jamiyat qoshida respublika miqyosida 76 ta korxona mavjud bo‘lib, uning tarkibida 1050 dan ortiq ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor bo‘lgan shaxslar, 600 dan ortiq sog‘lom fuqarolar mehnat qilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 358-modda 1-qismiga ko‘ra ijtimoiy ahamiyatga molik bu o‘quv ishlab chiqarish korxonalari yagona soliq to‘lovchi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan hamda yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozoq qilingan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ham tarkibida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlarning kamida 30 foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil qiladigan tadbirkorlik subyektlari imtiyozlar va preferensiyalar beriladigan alohida toifadagi tadbirkorlik subyektlari sifatida ko‘rsatilgan. Qolaversa, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni ham ayni mazmunga qaratilgan.
Jamiyat korxonalari boshqa ishlab chiqarish subyektlari kabi texnik jihatdan o‘zini rivojlantirishi mumkin, ammo korxonada faoliyat yurituvchilarning asosiy qismini ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda qo‘shimcha ishchi kuchi sifatida sog‘lom shaxslar tashkil etadi. Shu sababdan korxona to‘liq qo‘l mehnatiga asoslangan. Shunga qaramay, korxona mahsulotlari davlat tomonidan berilgan alohida imtiyoz va rag‘batlar evaziga bozor mahsulotlari tannarxi bilan bir xil narxda baholanib kelgan.
2018-yilning 29-iyunida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining farmonida belgilangan tartibida umumbelgilangan soliq to‘lovida jamiyat korxonalariga berilgan alohida imtiyozlar ko’rsatilmagan.
Mazkur farmonga muvofiq 2019-yilning 1-yanvar sanasidan o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik tushumi 1 milliard so‘mdan oshgan yoki yil davomida belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazilgan. Bunday tadbirkorlik subyektlarining barchasi uchun yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish belgilangan. Shuning bilan birga, qo‘shimcha foyda solig‘ini hisoblash hamda royalty to‘lash tartibini takomilllashtirish nazarda tutilgan.
Ko‘zi ojizlar jamiyat tizimidagi korxonalarning aksariyat qismini tushumi 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalar tashkil etadi. Bunda mehnat qiluvchilarning asosiy qismi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami bo‘lishidan qat’iy nazar, joriy yilning 1-yanvardan boshlab jamiyat korxonalari ham umumbelgilangan soliq to‘lashga majbur ekanligi ko‘rsatilgan.
Ko‘zi ojizlar jamiyati Markaziy boshqaruvi raisi A.Madrahimov suhbat davomida quyidagilarni ta’kidladi: “Konsepsiyada belgilangan soliqlarni to‘lash uchun bizning korxonalarimiz zamonaviy ishlab chiqarish tizimiga o‘tishi kerak. Ammo korxonalarning asosiy maqsadi nogironlarni bandligini ta’minlash tashkil etilgan. Zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish esa nogironligi bor shaxlarni ishsiz qolishiga sabab bo’ladi. Soliq tizimini rivojlantirish konsepsiyasida alohida imtiyozga ega tadbirkorlik sub’yektlariga hozirga qadar berilgan imtiyozlarning nazarda tutilmagani ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslarning taqdirini savol ostida qoldiradi.
Biz bu holatning anglashilmovchilik ekaniga ishonamiz, tasodifiy xato deb hisoblaymiz. Mamlakatda islohotlar avvalo inson, uning manfaatlari uchun olib borilmoqda. Bu soliq tartibi esa nogironligi bor shaxslarning keskin noroziligiga sabab bo‘lmoqda, olg‘a rivojlanib borayotgan bir jarayonda bu yarim qadam ortga qaytish kabi holat nazarimizda.”
A.Madrahimov mazkur masala yuzasidan qator davlat tashkilotlariga qayta-qayta murojaat qilgan, ammo aniq javob ololmagan. Masalaga yechim berilishi hamda mutasaddilarning bunga qanday munosabat bildirishi hozircha ochiq savol bo‘lib turibdi.


Новая налоговая политика, вступившая в силу в 2019 году, создает трудности для предприятий, на которых работают слепые и слабовидящие.

В связи с этим председатель Центрального правления Общества слепых Республики Узбекистан обратился с обращением в редакцию «Дарио». Основное содержание обращения напрямую связано с Постановлением «О Концепции совершенствования налоговой политики Республики Узбекистан» от 29 июня 2018 года.
Помимо обеспечения трудоустройства инвалидов по зрению I и II групп, Центр создал государственные образовательные и производственные предприятия в соответствии с целями и задачами, установленными его Уставом и законодательством Республики. Сегодня общество насчитывает 76 предприятий по всей стране, на которых работает более 1050 человек с нарушениями зрения и более 600 здоровых граждан. Согласно части 1 статьи 358 Налогового кодекса Республики Узбекистан данные социально значимые образовательные предприятия регистрируются как плательщики единого налога и освобождаются от уплаты единого налога.
Кроме того, Постановлением Президента Республики Узбекистан от 11 июня 2018 года «Об организационных мерах по стимулированию занятости уязвимых слоев населения» предусмотрено, что не менее 30 % работников, работающих по контракту, имеют инвалидность. указанные лица выделяются в отдельную категорию субъектов хозяйствования, которым предоставляются льготы и преференции. На то же содержание направлен указ «О мерах по коренному совершенствованию системы государственной поддержки инвалидов».
Государственные предприятия могут быть технически самоокупаемыми, как и другие производственные предприятия, но большинство работников на предприятии являются слабовидящими и здоровыми в качестве дополнительной рабочей силы. Вот почему компания полностью основана на ручном труде. Тем не менее, продукция компании была оценена по цене, равной рыночной цене, благодаря особым льготам и льготам, предоставленным государством.
В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан «О Концепции совершенствования налоговой политики Республики Узбекистан», принятым 29 июня 2018 года, в общем налоговом платеже не указаны специальные льготы, предоставляемые государственным предприятиям.
Согласно указу, с 1 января 2019 года предприятия с годовой выручкой, превышающей 1 млрд сумов или достигающие пороговой суммы за год, будут переведены на уплату общих налогов. Все такие предприятия облагаются налогом на имущество, земельным налогом и налогом за использование воды. При этом планируется усовершенствовать расчет налога на дополнительную прибыль и роялти.
Большинство предприятий общества слепых – это предприятия с оборотом более 1 млрд сумов. В нем указано, что с 1 января этого года госпредприятия должны будут платить единый налог, несмотря на то, что большинство работников нуждаются в социальной защите.
В ходе беседы председатель Главного правления Общества слепых А. Мадрахимов сказал: «Чтобы платить налоги, предусмотренные концепцией, наши предприятия должны перейти на современную систему производства. Однако основной целью предприятий является обеспечение занятости людей с инвалидностью. А использование современных технологий сделает людей с инвалидностью безработными. Тот факт, что в концепции развития налоговой системы пока не предусмотрены льготы, предоставляемые предприятиям с особыми привилегиями, ставит под вопрос судьбу людей с нарушениями зрения.
Мы считаем, что данная ситуация является недоразумением, случайной ошибкой. Реформы в стране проводятся в первую очередь на благо народа. Эта налоговая система вызывает большое недовольство у людей с инвалидностью, и мы видим в этом шаг назад в процессе развития».
Мадрахимов неоднократно обращался по этому вопросу в ряд государственных органов, но внятного ответа не получил. На данный момент неизвестно, что он будет делать после ухода с поста.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Razzakov Elmurodjon

    Fargona viloyat Margilon shaxardagi kozi ojizlar tashkiloti ayrim shaxslar tomonidan tordan uchqismi sotib tugatilmoqda

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: