Testlarni 100% to’g’ri bajarish uchun tavsiyalar

Testlarni 100% to’g’ri bajarish uchun tavsiyalar
Telegramda o'qish

Barcha abituriyentlar kuchli hayajon bilan kutadigan kunlar yaqinlashmoqda.

Bu kunda kimdir bilimiga, kimdir omadga, yana kimdir esa boshqa biror narsaga ishonib kirish imtihonlari testlarini 100% to’g’ri bajarish hamda talabalik baxtiga muyassar bo’lish orzusi bilan imtihon o’tkazilish binosiga yo’l oladi. Har kim testlarni o’zi bilganicha, bilimiga tayangan holda, o’z uslubidan kelib chiqib bajaradi. Quyida Azamat.uz nashrida keltirilgan testlarni to’g’ri bajarishingizda muhim bo’lgan zaruriy bosqichlarni keltirib o’tmoqchiman. Bu bosqichlarga qat’iy amal qilsangiz, testlarni 100% to’g’ri bajarishingiz ehtimoli sezilarli darajada oshadi. Testlarni to’liq to’g’ri bajarishni istasangiz, quyidagilarga amal qiling:

BILIMINGIZGA ISHONING. Bu birinchi qoida! Test imtihoniga kirishishdan avval imtihon kuniga qadar olgan bilimingizga ishoning. Agar abituriyent o’ziga, bilimiga ishonsa, u o’z oldiga qo’ygan har qanday vazifani uddalay olishiga ishoning. Sizda bilim bo’lsa-yu, o’zingizga ishonmasangiz, tahminlar va qo’rquvlar og’ushida test bajarishga kirishsangiz, ortiqcha hayajon ta’sirida javobi oddiy bo’lgan savollarni ham ijobiy hal qila olmay qolishingiz mumkin. O’zingizga ishoning va Siz hammasini uddalaysiz!

BARCHA SAVOLLARNI KO’ZGAN KECHIRIB CHIQING. Bajarishni boshlashdan avval savollar kitobidagi barcha savollarga tezlik bilan ko’z yugurtirib chiqing. Bunday qilish orqali Siz uchun oson bo’lgan savollarni topish va qiyinroq bo’lgan savollarni aniqlab olishingiz mumkin bo’ladi. Oson bajariladigan savollarni birinchi o’rinda hal qiling. Javobini topish qiyin bo’lgan, ko’p o’ylashni talab qiladigan savollar ustida keyinroq bosh qotirasiz. Har doim eng oson savollarni birinchi bajaring!

QOLGAN NARSA QOLIB KETMASIN. Yuqoridagi tavsiyaga amal qilib bajarilishi qiyin bo’lgan savollarni tashlab ketilgan holida unutib qoldirmang! Oson savollarni bajarib bo’lganingizdan so’ng albatta qoldirib ketilgan, Siz uchun qiyin bo’lgan savollarga qaytib, ular ustida bosh qotiring.

VARIANTLARGA QARAMASDAN, O’ZINGIZ FIKRLANG. Savolni o’qiganingizdan so’ng variantlarga qarashga shoshilmang. Variantlar berilmagan, deb hisoblab, savolga o’zingiz mustaqil ravishda, o’z fikringizga tayangan holda javob berishga urinib ko’ring. Javob topganingizdan so’ng variantlarga qarashingiz mumkin! Agar Siz o’ylagan javobning aynan o’zi variantlar orasida bo’lmasa ham, unga eng yaqin bo’lgan javob bo’lishi mumkin. Bu usuldan foydalangan holda to’g’ri javobni tez topish imkoniga ega bo’lasiz.

XATOLIGI ANIQ JAVOBLARNI O’CHIRIB TASHLANG. Variantlarda berilgan javoblarning faqat bittasi to’g’ri bo’ladi. Qolgan tanlovdagi xato javoblarni o’chirib tashlang va ularga umuman e’tibor qilmang. To’g’ri javobni topishdan avval noto’g’riligi aniq bo’lgan javoblarni o’chirib tashlash fikringizni jamlashingizda yordam beradi. Ortiqcha javoblarni olib tashlang, shunda to’g’ri javobning o’zi Sizga ko’rinib qoladi.

ABSOLYUT JAVOBLARNI TANLASHDA EHTIYOT BO’LING. Absolyut javoblarga “Yuqoridagilarning hech qaysi emas”, “Yuqoridagilarning barchasi”, yoki “Barcha javoblar to’g’ri” kabi variantlar kirishi mumkin. Bu turdagi javoblar deyarli har doim noto’g’ri variant bo’ladi va agar rostdan ham yuqorida keltirilgan javob variantlarining kamida ikkitasi to’g’ri ekanligiga to’liq ishonch hosil qilmasangiz, bunday javoblarni to’g’ri javob sifatida belgilamang!

OQIM BO’YLAB SUZING. Javobni qo’yishingiz kerak bo’lgan _________ bo’sh joydan oldingi so’z yoki iboraga e’tibor bering. Javob variantlaridagi qaysi javob Sizga to’g’ridek tuyulayapti? Agar bo’sh joydan avvalgi so’z yoki ibora bilan Siz tanlagan javob variantidagi so’z mutanosib bo’lsa, ma’no jihatidan to’g’ridek bo’lib tuyulsa, demak bu testning to’g’ri varianti ham aynan shu ekanligining ehtimoli yuqori.

TAVAKKALDA HAR DOIM B YOKI C JAVOBNI TANLANG. Test tuzuvchilar ko’pincha to’g’ri javobni variantlarning o’rta qismida joylashtirishadi. Shuning uchun birinchi javob bo’lgan A variant, yoki oxirigi javob bo’lgan D variantda ko’pincha xato javoblar keltiriladi. Savolning aniq javobini bilmasangiz, tahmin sifatida har doim B yoki C javoblardan tahminingizga eng yaqin bo’lgan javobni belgilang.

Yuqoridagilar ko’p tanlov variantlariga asoslangan testlarni yechish bo’yicha oddiygina tavsiya, xolos. Aslida testni to’liq to’g’ri bajarish uchun Sizdan ko’proq o’qish, bilim olish va izlanish talab etiladi. Chunki yaxshi tayyorgarlikdan o’tgan, bilimli kishining mehnatini har qancha qiyin testlar bilan ham bekor qilish mumkin emas. O’qing va albatta testlarni to’g’ri bajaradigan bo’lasiz! Faqat o’z bilimingizga ishoning! Men Sizga ishonaman. Siz uddalaysiz!


Приближаются дни, когда все претенденты ждут с большим волнением.

В этот день кто-то верит в знания, кто-то верит в удачу, а кто-то верит во что-то другое и идет в экзаменационный корпус с мечтой сдать вступительные экзамены на 100% правильно и добиться студенческого счастья. Каждый проходит тесты по-своему, исходя из собственных знаний. Ниже я хотел бы отметить необходимые шаги, которые важны для вас, чтобы правильно выполнить тесты, перечисленные в Azamat.uz. Если вы будете строго следовать этим шагам, ваши шансы на 100% правильное прохождение тестов значительно возрастут. Если вы хотите пройти тесты правильно, сделайте следующее:

ВЕРЬТЕ В СВОИ ЗНАНИЯ. Это первое правило! Верьте в знания, которые вы приобрели за день до экзамена, прежде чем сдавать тест. Если соискатель верит в себя и свои знания, можно быть уверенным, что он сможет выполнить любую поставленную перед ним задачу. Даже если у вас есть знания, если вы не верите в себя, если вы начинаете тестировать среди предположений и страхов, вы не сможете решить даже самые простые вопросы в положительном ключе из-за чрезмерного волнения. Верьте в себя и у вас все получится!
ПРОСТИ ВСЕ ВОПРОСЫ. Прежде чем начать, бегло просмотрите все вопросы в книге вопросов. Делая это, вы сможете найти вопросы, которые легче для вас, и определить вопросы, которые являются более сложными. Отнеситесь к делу спокойно и постарайтесь не слишком зацикливаться на проблеме. Вопросы, на которые трудно ответить и которые требуют много размышлений, будут обсуждаться позже. Всегда сначала задавайте самые простые вопросы!
НЕ ОСТАВЛЯЙТЕ НИЧЕГО БОЛЬШЕ. Следуйте приведенным выше советам и не забывайте о сложных вопросах! После того, как вы ответили на простые вопросы, обязательно вернитесь к вопросам, которые были пропущены и трудны для вас.
ПОДУМАЙТЕ О СВОИХ ВАРИАНТАХ. Прочитав вопрос, не спешите смотреть варианты. Предполагая отсутствие вариантов, попробуйте ответить на вопрос самостоятельно, исходя из собственного мнения. Как только вы найдете ответ, вы можете посмотреть на варианты! Даже если ответ, о котором вы думаете, не совсем один из вариантов, он может оказаться наиболее близким к нему. Используя этот метод, вы сможете быстро найти правильный ответ.
УДАЛИТЬ ОШИБКИ-ОЧИСТИТЬ ОТВЕТЫ. Только один из ответов, данных в вариантах, будет правильным. Удалите неправильные ответы из остальной части подборки и вообще игнорируйте их. Удаление очевидных ответов до того, как вы найдете правильный ответ, поможет вам сосредоточиться. Удалите лишние ответы, чтобы правильный ответ был виден вам.
БУДЬТЕ ОСТОРОЖНЫ ПРИ ВЫБОРЕ АБСОЛЮТНЫХ ОТВЕТОВ. Абсолютные ответы могут включать такие варианты, как «Ничего из вышеперечисленного», «Все вышеперечисленное» или «Все ответы верны». Эти типы ответов почти всегда неверны, и на самом деле не помечайте такие ответы как правильный ответ, если вы не абсолютно уверены, что по крайней мере два из приведенных выше вариантов ответа верны!
ПЛАВАТЬ В ПОТОК. Обратите внимание на слово или фразу перед пробелом _________, где вам нужно поместить ответ. Какой из следующих ответов вы считаете правильным? Если слово в выбранном вами варианте ответа пропорционально слову или словосочетанию перед пробелом, и оно кажется семантически правильным, то, скорее всего, это правильный вариант теста.
ВСЕГДА ВЫБИРАЙТЕ ОТВЕТ B OR C RISK. Тестируемые часто помещают правильный ответ в середину вариантов. Поэтому вариант А, который является первым ответом, или вариант D, который является последним ответом, часто дают неверные ответы. Если вы не знаете точного ответа на вопрос, всегда отмечайте наиболее близкий к вашему предположению ответ из ответов B или C как предположение.

Вышеизложенное является простой рекомендацией для решения тестов, основанных на множественных вариантах выбора. На самом деле, чтобы пройти тест правильно, вам нужно больше читать, учиться и исследовать. Потому что работу хорошо подготовленного и образованного человека не остановить никакими тяжелыми испытаниями. Читайте дальше, и вы обязательно пройдете тесты правильно! Просто доверься своим знаниям! Я доверяю тебе. Ты достигнешь успеха!

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: