Bobur ruboiylari eng sara ruboiylar to’plami audio shaklda

Bobur ruboiylari eng sara ruboiylar to'plami audio shaklda

Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylari, eng sara ruboiylar audio mp3 shaklda.

Bobur ruboiylari matnlarini to’liq holda ushbu sahifada o’qishingiz mumkin: Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylar to’plami
Bobur g’azallari audiolari ushbu sahifada: Bobur g’azallari eng sara g’azallar to’plami audio shaklda

Bobur Davlatqa yetib ruboiy
Davlatqa yetib, mehnat elin unutma!
Bu besh kun uchun o‘zungni asru tutma!
Borg‘onni, kel emdi, yod qilmay, ey do‘st,
Borish-kelishingni lutf etib, o‘ksutma!

Ruboiyni audiosini tinglash

Bobur Kim yor anga ilm ruboiy
Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,
O‘rgangali ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo‘q,
Men bormen ilm tolibi — ilm kerak.

Ruboiyni audiosini tinglash

Bobur Ko`ngli tilagan murodig`a ruboiy
Ko`ngli tilagan murodig`a yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,
Bu ikki ish muyassar o`lmasa olamda,
Boshni olib bir sorig`a ketsa kishi.

Ruboiyni audiosini tinglash

Bobur Tole’ yo’qe ruboiy
Tole’ yo’qe boshimga balolig’ bo’ldi,
Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi,
Oz yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Ruboiyni audiosini tinglash

Bobur Yod etmas emish kishini ruboiy
Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.
Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh,
G’urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.

Ruboiyni audiosini tinglash

Mavzuga doir:
Mirzo Bobur tavalludiga she’r eng sara she’rlar to’plami

Bobur haqida sahna ko’rinishlari to’plami

Z.M.Bobur haqida ma’lumot, tarjimai hol , hayoti va ijodi

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: