183-buyruq bo’yicha asosiy yangiliklar

183-buyruq bo’yicha asosiy yangiliklar
Telegramda o'qish

Xalq ta’limi vazirligining 183-buyruk bo‘yicha 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab bo‘ladigan asosiy yangiliklar e’lon shaklida tayyorlandi. Foydalanish uchun yuborilmoqda.

1-e’lon:
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida tegishli buyruq qabul qilindi
(183-buyruq. 13.08.2020y.).
Unga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilidan:
— xalq ta’limi tizimidagi 9 ta uslubiy organlardan samarasiz bo‘lgan 4 ta uslubiy organlar faoliyati yakunlandi;
— umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashmalarning hujjatlari soni 6 tadan 3 taga qisqartirildi;
— tizimdagi fan metodistlarining amaldagi 24 ta me’yoriy hujjatlari 6 taga tushirildi;
— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladigan fan oyliklari va o‘qituvchilarning metod kunlari qayta ko‘rib chiqilib, belgilandi;
— umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi belgilandi.

2-e’lon:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi uslubiy-boshqaruv organlar soni 3 tadan 2 taga kamaytirildi.
Endilikda, 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faqatgina fan metodbirlashmalari va pedagogika kengashi faoliyat ko‘rsatadi.

3-e’lon:
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi fanlar bo‘yicha metodbirlashma hujjatlari soni 6 tadan 3 ta etib belgilandi.
Bular:
— yillik ish reja;
— yig‘ilish bayonnomasi;
— yillik hisoboti.

Endilikda, metod birlashmalar o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fan o‘qituvchilariga metodik yordamni tashkil etish, tegishli o‘quv fanlarini o‘qitish uslublarini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishiga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.

4-e’lon:
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida FAN OYLIKLARI quyidagi tartibda belgilandi:

Sentabr — Boshlang‘ich ta’lim;
Oktabr — Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili;
Noyabr — Rus va xorijiy tillar;
Dekabr — Tarbiya va ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari);
Yanvar — Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya);
Fevral — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari);
Mart — Geografiya va iqtisodiyot;
Aprel — Amaliy fanlar (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya);
May — Jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

5-e’lon:
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarning MЕTODIK KUNLARI quyidagi tartibda belgilandi:
Dushanba — Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) o‘qituvchilari;
Seshanba — Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili) o‘qituvchilari;
Chorshanba — Tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot) o‘qituvchilari;
Payshanba — Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya) o‘qituvchilari;
Juma — Xorijiy tillar o‘qituvchilari;
Shanba — Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik) o‘qituvchilari.

Eslatib o‘tamiz: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fan o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy ishlashlari va o‘z bilimini muntazam boyitib borishlari maqsadida metodik kunlar tashkil etiladi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: