Abiturientlar maksimal ball olishi uchun chet tilini qay darajada bilishi kerak?

Telegramda o'qish

Xushnudbek Xudoyberdiyev abituriyentlarga maksimal ball berish darajasidagi mantiqsizlik haqida aytib berdi.

Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019 yildagi 395-sonli qarorining 2-bandiga ko’ra, 2020/2021 o’quv yilidan boshlab quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar bo’lganda, chet tilidan eng maksimal ball beriladi va abiturient chet tilidan test ishlamaydi:

ingliz tili uchun — IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, CAE FCE hamda milliy sertifikat bo’yicha B2 va undan yuqori daraja;

yapon tili uchun —JLPT №2 yoki milliy sertifikat bo’yicha B2 va undan yuqori daraja;

nemis tili uchun — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat bo’yicha B2 va undan yuqori daraja;

fransuz tili uchun — DELF, TCF4 yoki yoki milliy sertifikat bo’yicha B2 va undan yuqori daraja;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo’yicha V2 va undan yuqori daraja.

‼️XULOSA: bu degani joriy yilda faqat B2 darajadagi sertifikati borlargina testdan ozod qilinib, maksimal ball tarzidagi imtiyozga ega bo’ladi. O’tgan yildagidek B1 darajaga imtiyoz berilmaydi!

✅ Faqat birgina istisno, 2019 yil 1 yanvarga qadar B1 milliy sertifikat olgan abiturientlar, sertifikatning amal qilish muddati o’tmagan bo’lsa, B1 daraja bilan ham maksimal ball olishadi. Bu qoida faqat DTM bergan sertifikatlarga taalluqli, IELTS yoki boshqa tizimlarga aloqasi yo’q.

***

“SHAXSIY FIKRIM: o’tgan yili ham ushbu qaror qabul qilinganda o’z e’tirozlarimni aytgan edim. YA’ni bakalavr uchun imtiyoz berish darajasini B2 ga ko’tarib qo’yish mantiqsiz ish bo’lgan.

Birinchidan, B2 daraja hatto ko’plab chet tili o’qituvchilarining o’zida yo’q.
Maktablarda chet tilini o’qitish darajasini hammamiz yaxshi bilamiz, bu hech kimga sir emas. Prezident farmoni bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida B1-CEFR darajasida ingliz tilini o’zlashtirgan maktab bitiruvchilari sonini 2019 yilda 10%, 2021 yilda 20%, 2025 yilda 50% va 2030 yilga boribgina 100%ga chiqarish reja qilingan. Bu hali B1 daraja haqidagi reja. B2 ga yo’l bo’lsin.
Shunday sharoitda abiturientlardan imtiyoz uchun B2 daraja talab qilish qay darajada to’g’ri?

Ikkinchidan, 395-sonli VM qaroriga ko’ra, magistratura imtihonlarida ham B2 daraja bo’lsa imtihonlarsiz maksimal ball beriladi. Endi oddiy mantiqni ishga solingda, ayting, nima uchun bakalavrga ham, magistraturaga ham bir xil bilim talab qilinyapti? Qani mantiq?

Uchinchidan, qarorga ko’ra xorijiy tillarga ixtisoslashgan yo’nalishlarga (masalan ingliz tili filologiyasi) ham, tilga ixtisoslashmagan yo’nalishlarga (masalan pensiya ishi yoki statistika) ham B2 daraja talab qilinadi. Qani mantiq?
Xorijiy tillarga ixtisoslashgan yo’nalishlar uchun B2 darajani saqlab qolgan holda, qolgan barcha yo’nalishlarga B1 daraja uchun ham imtiyoz berish kerak.

To’rtinchidan, o’tgan safar ham aytganimdek, B2 daraja yoshlar o’rtasida chet tillarini o’rganishga bo’lgan motivatsiyasini keskin o’ldiradi. Chunki B1 daraja talabi birmuncha uddalash oson bo’lgani sababli minglab yoshlarimiz shu bahona yoppasiga xorijiy tillarni o’rganishga urg’u berayotgan edi. Bu esa jamiyat kelajagi uchun juda muhim faktor.
Lekin B2 daraja ko’pchilikning hafsalasini pir qiladi va ular tinchgina sertifikatga emas DTM testiga tayyorlanib qo’ya qoladi. Ammo testda eshitish, gapirish, yozish ko’nikmalari shart emas, shuning uchun yoshlar faqat testga tayyorlanadi xolos. Boshqacha aytganda tilni chala o’rganadi yoki umuman o’rganmasdan testda tavakkal belgilab chiqadi. Bundan kimga foyda? Undan ko’ra, sertifikatlar uchun yengilroq talab qo’yib, yoshlarni xorijiy tillarga qiziqtirgan yaxshi emasmi?

Xullas, ko’rib turganingizdek, ushbu qarorda mantiqsizliklar ko’p. SHaxsiy fikrimcha, toki xalq ta’limidagi sifat talab darajasiga yetguncha, bunday baland talablarni qo’ymaslik kerak.

Shu kunlarda qabul jarayonlariga oid ko’plab qarorlar o’zgarishi kutilmoqda, balki shu fursatdan foydalanib, ushbu mantiqsizlikka ham chek qo’yilsa yaxshi bo’larmidi? Nima dedingiz?”, — deydi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.


Хушнудбек Худойбердиев рассказал о нелогичности выставления максимального количества баллов абитуриентам.

Согласно п. 2 Постановления Кабинета Министров № 395 от 13.05.2019, начиная с 2020/2021 учебного года максимальный балл по иностранному языку выставляется при наличии сертификатов, отражающих следующие уровни и абитуриента не сдает тест по иностранному языку:

по английскому языку – IELTS 5.5 (включая 5,5 баллов по письменному модулю для Ташкентского государственного юридического университета), TOEFL IBT 72, CAE FCE и национальный сертификат B2 и выше;

для японцев — JLPT №2 или национальный сертификат B2 и выше;

для немецкого языка — Goethe-Certificate, DSD, Test DAF или национальный сертификат B2 и выше;

для французского — DELF, TCF4 или национальный сертификат B2 и выше;

для остальных языков — V2 и выше по национальному сертификату или международным экзаменационным системам.

‼️ВЫВОД: Это означает, что в этом году только те, у кого есть сертификат уровня B2, будут освобождены от теста и получат преимущество по максимальному баллу. Нет скидки B1, как в прошлом году!

✅ Единственным исключением является то, что абитуриенты, получившие национальный аттестат В1 до 1 января 2019 года, также получат максимальный балл со степенью В1, если срок действия аттестата не истек. Это правило применяется только к сертификатам, выданным DTM, и не применяется к IELTS или другим системам.

***

«МОЕ ЛИЧНОЕ МНЕНИЕ: Я также опротестовал это решение в прошлом году. Было нелогично повышать YA до B2 для получения степени бакалавра.

Во-первых, многим преподавателям иностранных языков недоступна даже степень B2.
Не секрет, что всем нам известен уровень преподавания иностранных языков в школах. Концепция развития системы народного образования до 2030 года, утвержденная указом президента, предусматривает увеличение количества выпускников англоязычных школ уровня B1-CEFR до 10% в 2019 году, 20% в 2021 году, 50% в 2025 году и 100% к 2030 году. Это все еще план для степени B1. Переходим к Б2.
В такой ситуации, насколько правильно требовать привилегии от соискателей степени B2?

Во-вторых, по решению ВМ №395 даже на магистерских экзаменах максимальный балл выставляется без экзаменов при наличии уровня В2. Теперь, когда вы используете простую логику, скажите мне, почему одни и те же знания требуются и для бакалавра, и для магистра? Где логика?

В-третьих, решение требует степени B2 как для иностранных языков (например, английская филология), так и для неязыковых специальностей (например, выход на пенсию или статистика). Где логика?
В то время как уровень B2 сохраняется для областей, специализирующихся на иностранных языках, всем другим областям также следует отдавать предпочтение уровню B1.

В-четвертых, как я уже говорил в прошлый раз, степень B2 резко убивает мотивацию молодых людей к изучению иностранного языка. Поскольку требование степени B1 было так легко сдать, тысячи наших молодых людей делали упор на изучение иностранных языков под этим предлогом. Это очень важный фактор для будущего общества.
А вот степень B2 многих разочарует, и они будут спокойно готовиться к тесту DTM, а не к аттестату. Но тест не требует навыков аудирования, говорения или письма, поэтому молодые люди только готовятся к тесту. Другими словами, они плохо изучают язык или рискуют на тесте, не выучив его вообще. Кому это выгодно? Не лучше ли облегчить молодым людям изучение иностранных языков, облегчив им подачу документов на сертификаты?

Так что, как видите, в этом решении много иррациональности. Мое личное мнение, что такие высокие требования не должны предъявляться до тех пор, пока качество народного образования не достигнет уровня востребованности.

Ожидается, что многие решения в процессе приема в эти дни изменятся, но не лучше ли воспользоваться этой возможностью, чтобы положить конец и этому абсурду? Что вы сказали?», — сказал адвокат Хушнудбек Худойбердиев.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: