O’quvchilar uchun ID-kartalar joriy etilmoqda

O’quvchilar uchun ID-kartalar joriy etilmoqda
Telegramda o'qish

Xalq ta’limi vaziri o‘quvchilar uchun ID-kartalar tizimini joriy etish ishlari qanday ketayotgani haqida ma’lumot berdi.

Bu haqda Gazeta.UZ nashri xabar tarqatdi. Mazkur kartalar bank va boshqa tizimlar bilan bog‘langan bo‘ladi.
Kecha, 15:03 Jamiyat
O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakatda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) bo‘yicha maktab o‘quvchilarini identifikatsiya qilish tizimini joriy etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Prezidentning 2018 yildagi qarori bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab bank va boshqa tizimlar bilan integratsiya qilingan o‘quvchilar identifikatsiya kartalarini berish yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Vazir joriy yildan bitiruvchi o‘quvchilarga maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi shahodatnomalar pasportlaridagi JSHSHIRni o‘z ichiga olgan bitiruvchilar ma’lumotlar bazasi asosida taqdim etilgani aytib o‘tdi. Bu kelgusida bitiruvchilarning qaysi OTMlarga kirganini maktablar kesimida tahlil qilishga imkon beradi.
«OpenEMIS (ta’limni boshqarishning ochiq axborot tizimi — tahr.) tizimi joriy etish vaqtida biz har bir o‘quvchi uchun alohida o‘ziga xos kod tayinlaymiz. Uni JSHSHIR deb atamaymiz, chunki hozircha qonuniy asoslari yo‘q… Biz hozircha ota-onalarning JSHSHIRlaridan foydalanamiz. Pasport olishi bilan ularning JSHSHIRlarini tizimga kiritamiz», — dedi Sherzod Shermatov.
«Parallel ravishda to‘lov tizimini joriy etish uchun bank sohasi bilan ishlayapmiz. Biz bu g‘oyani EDUcard sifatida boshladik. Hozir ID-kartalar o‘rniga bola osonroq foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa nimanidir joriy etishni o‘ylamoqdamiz. Nima uchun? Chunki ota-onalar bolalariga pul berishadi. Bola bu pulni tushlik yoki, deylik kanselyariya mahsulotlari sotib olish uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun ishlatmoqda. Alohida EDUcard to‘lov tizimining joriy etilishi esa ota-onalarda farzandlari ushbu mablag‘larni faqat maqsadli ishlatishiga ishonch hosil qilishga imkon beradi», — dedi vazir.
Sherzod Shermatov to‘lov tizimiga bosqichma-bosqich bolalar uchun xizmatlar taqdim etuvchi barcha provayderlarning qo‘shilishini ham ma’lum qildi. Ushbu loyiha konsepsiyasi tayyor, hozirda sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.


Министр народного образования проинформировал о ходе внедрения ID-карт для учащихся.

Об этом сообщает Газета.UZ. Эти карты будут привязаны к банковским и другим системам.
Вчера, 15:03 Общество
Министр народного образования Узбекистана Шерзод Шерматов сообщил на пресс-конференции 7 ноября, что в стране ведется работа по внедрению системы идентификации школьников по личному идентификационному номеру (ПИН).
Указ президента от 2018 года предусматривает выдачу студенческих билетов, интегрированных с банковскими и другими системами, с 1 января 2020 года.
Министр сообщил, что с этого года аттестат зрелости выдается выпускникам на основании базы данных выпускников, содержащих в паспортах ЖШШИР. Это позволит провести перекрестный анализ того, в какие вузы будут поступать выпускники в будущем.
«Когда мы внедряем OpenEMIS, мы присваиваем каждому студенту уникальный код. Мы не называем его ЖШШИР, потому что пока нет законных оснований… Мы по-прежнему используем родительский ЖШШИР. Как только они получат свои паспорта, мы внесем их удостоверения в систему», — сказал Шерзод Шерматов.
«Параллельно мы работаем с банковским сектором по внедрению платежной системы. Мы начали эту идею как EDUcard. Сейчас мы думаем заменить ID-карты чем-то более удобным для ребенка. Почему? Потому что родители дают деньги своим детям. Ребенок использует деньги не для того, чтобы купить обед или, скажем, канцелярские товары. Внедрение отдельной платежной системы EDUcard позволит родителям убедиться, что их дети используют эти средства только по назначению», — сказал министр.
Шерзод Шерматов также сообщил, что все поставщики услуг для детей будут постепенно подключаться к платежной системе. Концепция этого проекта готова и в настоящее время находится на стадии переговоров с инвесторами.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: