PISA-shok nima ? U Oʻzbekistonda ham roʻy berishi mumkinmi ?

PISA-shok nima ? U Oʻzbekistonda ham roʻy berishi mumkinmi ?

Oʻzbekiston 2021-2022-yillarda ilk marotaba taʼlim sifatini baholash boʻyicha PIRLS, PISA va boshqa xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi.

2000-yildan buyon har 3 yilda oʻtkazib kelinayotgan, 2022-yilda 90 ga yaqin davlat ishtirok etishi rejalashtirilayotgan PISA tadqiqotlarida 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi, matematika va tabiiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha bilimiga baho berildi.

PISA tadqiqotlarida oʻquvchi dasturni oʻzlashtirganligi emas, balki bilim va koʻnikmalarni hayotda qay darajada qoʻllay olishi baholanadi.

Taʼkidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan tashkil etilgan PISA xalqaro tadqiqotlari dunyo boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim tizimiga oid eng nufuzli axborot manbalaridan biri hisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz joriy yil Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida ham mazkur tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrish masalasiga alohida toʻxtalib, oʻqituvchilar malakasini oshirish, bunda ilgʻor xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha aniq vazifalar belgilab bergan.

Maʼlumki, ushbu tadqiqotlarda ilk marotaba ishtirok etgan davlatlardagi taʼlim sifati oʻzlarida mavjud milliy vositalar orqali yuqori baholanib kelgan. PISA natijalari esa ular kutgandan koʻra ancha past boʻlgani uchun ham ushbu holat PISA-shok (kutilmagan natija) deb nomlanadi.

Xususan, 2000-yilda PISAning birinchi natijalari germaniyalik oʻquvchilarning boshqa mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan bilim darajasi pastligini koʻrsatgan. Yaʼni ushbu mamlakat 2000-yilda 32 ta davlat oʻrtasida 25-oʻrinni egallagan va bu holat PISA-shok deb nomlangan. Shundan soʻng, Germaniya taʼlim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilgan va taʼlim sifatida oʻsish kuzatilgan. Germaniyalik oʻquvchilar 2006-yilda oʻtkazilgan tadqiqotlarda 57 ta davlat oʻrtasida 14-oʻrinni, 2015-yilda 71 ta davlat oʻrtasida 13-oʻrinni hamda 2018-yilda 79 ta davlat oʻrtasida 17-oʻrinni egallashdi.

Xalqaro tadqiqotlarga munosib tayyorgarlik koʻrishda bir paytlar PISA-shokni boshidan oʻtkazgan va taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha oʻz vaqtida amalga oshirilgan islohotlar sabab, bugungi kunda ushbu tadqiqotlarda yuqori natijalarni qayd etib kelayotgan davlatlar tajribasini oʻrganish va tahlil qilish muhim ham ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda, joriy yilning 9-oktyabr kuni Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan Bremen Universiteti (Germaniya), Texnika va taʼlim instituti kasb-hunar va mehnat bozori loyihalari koordinatori Akromjon Matkarimov ishtirokida “Germaniyada “PISA-shok” dasturi va uning taʼlim tizimiga taʼsiri” mavzusida xalqaro onlayn vebinar tashkil etildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Taʼlim inspeksiyasi taʼlim sifati baholash va nazorat qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribasini oʻrganish maqsadida chet elda ilmiy-tadqiqot olib borayotgan va mehnat qilayotgan malakali vatandoshlarimiz bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, hamyurtimiz Akromjon Matkarimov ham 10 yildan buyon Germaniya ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan boʻlib, ushbu rivojlangan mamlakatning tajribalari oʻrganish va tadqiq qilishda yaqindan yordam bermoqda.

Vebinarda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik koʻrishga yoʻnaltirilgan tayanch maktablarning trener oʻqituvchilari va maktab maʼmuriyati hamda taʼlim sifatini baholash boʻyicha faoliyat olib borayotgan 500 dan ortiq mutaxassis xodimlar ishtirok etdi.

Vebinar davomida Akromjon Matkarimov Germaniyada maktab taʼlim tizimi, taʼlimning samaradorligi, Germaniyaning PISA tadqiqotidagi natijalari, “PISA-shok” dasturi va davlat taʼlim siyosati, PISA tadqiqotining milliy taʼlim tizimiga taʼsiri haqida maʼlumot berar ekan, ushbu tadqiqotning bosh maqsadi haqida shunday dedi:

– PISA bu avvalo iqtisodiy loyiha. Yaʼni mamlakatda kelajakda iqtisod rivojlanishi uchun hozirgi taʼlimning holati inobatga olinadi. Bunda oʻn, yigirma va oʻttiz yillardan keyin hozirgi avlod bilan davlat qanday natijalarga erishadi. Kelgusida aholi soni oshib borishi, yer resurslari kamayib borishiga hozirgi oʻquvchilarimiz qay tarzda moslasha olishi, muammoli vaziyatlardan chiqish boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarni qay tarzda qoʻllay olishi baholandi.

Shundan soʻng, Germaniya tajribasi bilan tanishgan oʻqituvchilar vebinar oʻtkazilayotgan dasturning muhokama guruhiga mavzu boʻyicha oʻz savollarini hamda fikr-mulohazalarini yuborishdi. Xususan, oʻqituvchilar Germaniyada oʻqituvchilarning malaka oshirish tizimi qanday yoʻlga qoʻyilgani va uning samaradorligi, sinflarda oʻquvchilar soni, oʻquvchilarni maktabdagi vazifalarni bajarishda ota-onalarning roli, oʻquv adabiyotlarining xilma-xilligi bilan qiziqdilar.

Shuningdek, ishtirokchi pedagoglar savollarga berilgan javoblardan kelib chiqib yurtimizda xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik toʻsqinlik qilayotgan muammolar sifati malaka oshirish tizimi samarali yoʻlga qoʻyilmagani, oʻquv adabiyotlari soni kamligi, ayrim fanlar boʻyicha faqat darslik bilan cheklanib qolinayotganligi, elektron darsliklar kamligi, maktablarda oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va reaktivlari yetishmasligi, masofaviy taʼlim boʻyicha milliy elektron platformalar yoʻqligi kabi mavjud muammolarni sanab oʻtishdi. Mazkur muammolarni bartaraf etish orqali Oʻzbekistonda ham PISA-shok yuzaga kelishining oldini olish mumkinligi taʼkidlandi.

Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy tarzda tashkil etilgan vebinarda barcha oʻqituvchilar faol ishtirok etishdi.

Taʼkidlash joizki, PISA – bu nafaqat taʼlim tizimining ahvoli, balki aholida asosiy kompetensiyalar shakllanganlik darajasi, uning zamonaviy jamiyat muammolarini yechishga tayyorligi, oʻzbek davlati va taʼlimining global raqobatbardoshligini oʻrganadi. Investor uchun PISA natijalari mamlakatning sarmoyaviy jozibadorligi darajasidir. Inson kapitali sifati bugungi kunda ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi bilan bogʻliq muammolarga javob beradi.

Prezidentimiz oʻqituvchi va ziyolilarga murojaatida Oʻzbekistonda yangi Uygʻonish davri, yaʼni uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilanganini taʼkidladi. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarda munosib tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etish ham ayni maqsadlarga xizmat qiladi.

Manba: Tdi.uz


Узбекистан впервые примет участие в PIRLS, PISA и других международных опросах по оценке качества образования в 2021-2022 г. Исследование PISA оценивает способность учащегося применять знания и навыки, а не его освоение программы. В обращении к Олий Мажлису в этом году Президент Республики Узбекистан также затронул вопрос подготовки к данной научной работе и подготовки педагогических кадров, в том числе сотрудничества с передовыми зарубежными странами. Известно, что качество образования в странах, впервые участвующих в этом исследовании, было высоко оценено доступными им национальными средствами. Это называется шоком PISA, потому что результаты PISA намного ниже ожидаемых, в частности, первые результаты PISA 2000 г. показали, что немецкие студенты менее образованы, чем их сверстники в других странах. В 2000 году страна занимала 25-е место из 32 стран и получила название PISA-шок. С тех пор в Германии был проведен ряд реформ в сфере образования и наблюдается рост образования. В 2006 г. немецкие студенты занимали 14-е место из 57 стран, 13-е место из 71 страны в 2015 г. и 17-е место из 79 стран в 2018 г. В связи с своевременными реформами по повышению качества образования важно изучить и проанализировать опыт стран, добившихся сегодня высоких результатов в этих исследованиях Национальный центр исследований организовал международный онлайн-вебинар на тему «Программа PISA-шок в Германии и ее влияние на систему образования» с участием Акромжона Маткаримова, координатора профессионально-трудовой Market Projects, Институт технологии и образования Бременского университета (Германия). Следует отметить, что Инспекция по образованию сотрудничает с нашими квалифицированными соотечественниками, которые проводят исследования и работают за рубежом с целью изучения опыта передовых зарубежных стран в области оценки и контроля качества образования. Особенно,Наш соотечественник Акромжон Маткаримов уже 10 лет занимается исследовательской деятельностью в Германии, и опыт этой развитой страны тесно помогает в учебе и исследованиях. В вебинаре приняли участие тренеры базовых школ по подготовке к международным исследованиям и более 500 экспертов в области школьного администрирования и оценки качества.Акромжон Маткаримов «PISA – это в первую очередь экономический проект», – сказал он. Другими словами, текущее состояние образования учитывается для будущего экономического развития страны. Чего добьется государство с нынешним поколением через десять, двадцать и тридцать лет? Было оценено, как наши нынешние студенты смогут адаптироваться к будущему росту населения и истощению земель, и как они смогут применить свои знания и навыки для преодоления проблемных ситуаций. В частности, учителей интересовала система подготовки учителей в Германии и ее эффективность, количество учащихся в классе, роль родителей в выполнении школьных заданий, разнообразие учебников. сервисная система обучения, ограниченное количество учебников, ограниченная доступность учебников по некоторым предметам, отсутствие электронных учебников, отсутствие лабораторного оборудования и реактивов в школах, отсутствие национальных электронных платформ для дистанционного обучения. Отмечено, что преодолевая эти проблемы, PISA-шок можно предотвратить и в Узбекистане.Все преподаватели приняли активное участие в интересном и неоднозначном вебинаре.Следует отметить, что PISA – это не только состояние системы образования, но и также уровень основных компетенций, его готовность решать проблемы современного общества, глобальная конкурентоспособность узбекского государства и образования. Для инвестора результаты PISA – это уровень инвестиционной привлекательности страны. Качество человеческого капитала сегодня отвечает вызовам научно-технического прогресса.В своем обращении к учителям и интеллигенции Президент отметил, что главной целью является создание в Узбекистане нового Возрождения, фундамента третьего Возрождения. Той же цели служат соответствующая подготовка и участие в международных исследованиях по оценке качества образования Источник: Tdi.uz
Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :cool: :twisted:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: