tarix fanini o’qitishdagi muammolarning samarali yechimi

tarix fanini o’qitishdagi muammolarning samarali yechimi
Telegramda o'qish

“Muammoning uch ildizi” va “Aql mnemonikasi” metodlari yordamida mavzularni chuqur o’zlashtirish haqida

O’z tajribamdan tarix darslarida murakkab mavzularni o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan  ikkita texnologiyani tavsiya qilaman. Bu texnologiyalar: “Muammoning uch ildizi” hamda “Aql mnemonikasi”dir.

“ Muammoning uch ildizi“

Har qanday murakkab masala yoki muammoning yechimi bir nechta asos(ildiz) ga taqaladi. Muammoni yechishni aynan o’sha kichik ildizdan boshlamoq lozim.

Men ham tarix darslaridagi murakkab mavzularni avvalo tub ildiziga e’tibor qaratdim, o’z navbatida uni shartli uchga bo’ldim. O’z-o’zidan yana kichik muammolarni uchga bo’lib, unga yechim topishni osonlashtirishga harakat qildim . Ma’lumki, tarix darslarini o’quvchining o’zlashtirishida qiyinchilik  tug’diradigan jihatlardan biri bu — tarixiy shaxslar, tarixiy yil va sanalar hamda tarixiy atamalarning ko’plab uchrashidir. Ularning barchasini chalkashtirmay aniq eslab qolish juda qiyin.

“ Muammoning uch ildizi” texnologiyasida aynan shu muammoni bartaraf etishni maqsad qildim.

Har bir muammo yechimi oddiylikdan murakkablikka qarab o’quvchini ishlashga yo’naltiradi. Lekin bunda muammolar yechimi orasidagi izchillikka ahamiyat qaratish lozimki, ular bir-birini to’ldirishi, bir-biriga bog’liq bo’lishi darkor.

1-muammo   Tarixiy shaxs:

Birinchi:O’quvchi tarixiy shaxsning yashagan davrini aniqlashtiradi

Ikkinchi:Tarixiy shaxsni amalga oshirgan ishlari yoki u bilan bog’liq ma’lumotlarni bilib oladi

Uchinchidan:tarixiy shaxsning izdoshlari, shogirdlari, avlodlari sulola davomchilari haqida bilib oladi

2-muammo Tarixiy sana:

Birinchi:shu tarixiy asr yoki sanada tarixiy shaxs bilan bog’liq qanday voqea yuz bergani aniqlanadi.

Ikkinchi :Voqeaning to’liq tafsiloti bunda keltirilgan sana bilan bog’liq bo’lgan sanalar bilan to’ldiriladi.

Uchinchi:Aynan shu  voqea yuz bergan davrda yoki sanada jahon (o’zbekiston) tarixida qanday voqea sodir bo’lganini bilib oladi.

3-muammo Tarixiy atama

Birinchi:tarixiy atama izohi keltiriladi

Ikkinchi :tarixiy atamani qaysi tildan olinganligi lug’aviy ma’nosi keltiriladi.

Uchinchi: Keltirilgan tarixiy atamani bugungi kundagi ahamiyati va kundalik hayotda qanday tarzda qo’llanilishi.

“ Muammoning uch ildizi” texnologiyasining qulayligi uni darsni xoxlagan turida yangi bilim va tushuncha berish; takrorlash va tarix fani chuqurlashtirib o’tiladigan sinflarda nazorat ishi sifatida ham olish mumkin.

“ Muammoning uch ildizi”ni darsni hamma bosqichida qo’llash mumkin shu bilan birga butun dars davomida ham foydalanish mumkin.

«Muammoning uch ildizi”ni darsning o’tilgan mavzuni mustahkamlash va uyga vazifa  bosqichida qo’llash jarayonida o’quvchi avvalo turli manbalardan izlanadi , muloqot qiladi, fikrlaydi og’zaki nutqi ravonlashadi. Eng muhimi, unda tarixiy voqeilikni tushunish va uni mantiqiy izchillikda tushuntira olish, tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi shakllantiriladi.

O’quvchilarga murakkab mavzularni tushuntirishda «Muammoning uch ildizi” metodidan foydalanish jarayonida o’quvchilarni tarix faniga nisbatan  qiziqishi yanada ortadi. O’quvchilarning tarixiy bilim , ko’nikma, malaka va kompetensiyalari DTS talablariga muvofiqligi ta’minlanadi.

“Aql mnemonikasi”

O’quvchilarni fanni o’zlashtirish darajasini kuzatib, har chorak yakunida o’tilgan mavzular yuzasidan olingan test sinovi natijalarini tahlil qilib, ular bilimidagi bo’shliqlarni aniqlaymiz. Shundan kelib chiqib chora-tadbir ishlab chiqiladi. Ammo hamma vaqt ham shu bilan muammo to’liq bartaraf etilmaydi. Chunki bo’shliq aniqlangan mavzu allaqachon o’tib bo’lingan, uni takror tushuntirishga qo’shimcha soat ajratishni imkoni yo’q. To’garak mashg’ulotlariga esa o’quvchini to’liq qamrab olib bo’lmaydi. Bu masalani dolzarbligini, Ta’lim inspeksiyasining nazoratlari hamda, tashqi va ichki monitoring natijalari ko’rsatib turibdi. Xo’sh o’quvchi bilimidagi bo’shliqni qachon va qanday bartaraf etish mumkin?.Menimcha bo’shliqni darsni o’zida bartaraf etish lozim. Buning uchun “Aql mnemonikasi” metodni taklif etmoqchiman.Ushbu metod o’zida bir necha bosqichlarni jamlagan, u uch bosqichda amalga oshiriladi.

Mnemonika(yunoncha-eslab qolish san’ati)Sun’iy assotsiatsiyalar hosil qilish yo’li orqali esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytirish usullari tizimi. Mexanik yodlash usuli “Aql mnemonikasi” usulida tushunib esda saqlashga e’tibor qaratiladi.Ushbu uslub asosan o’quvchilar bilimida aniqlangan bo’shliqlarni to’ldirishga yordam beradi.

Birinchi bosqichda o’quvchilarga o’tilgan mavzuni muhim ma’lumotlari aks etgan jadval taqdim etiladi va o’quvchi 1-2 daqiqa davomida ushbu ma’lumotlarni eslab qolishga harakat qiladi. Jadvaldagi ma’lumotlar 9 tadan kam 15 tadan oshiq bo’lmasligi kerak.

Ikkinchi bosqichda o’quvchilardan ma’lumotlar jadvali olib qo’yilid, undagi ma’lumotlarni zanjir shaklida o’quvchilar tomonidan izohi bilan aytib o’tiladi. Sharti shundaki, birinchi o’quvchi aytgan ma’lumotini ikkinchi o’quvchi takrorlab o’zi ham qo’shimcha ma’lumot aytishi lozim, uchinchi o’quvchi esa oldingi  2 o’rtog’I aytgan ma’lumotlarini takrorlab aytib, o’zi ham qo’shimcha ma’lumot aytishi kerak bo’ladi va shutariqa qolganlar ham davom etadilar. Ma’lumotlarni chalkashtirib aytsa yoki o’zi qo’shimcha qilolmasa, o’sha o’quvchi o’yindan chiqadi.

Uchinchi bosqichda o’sha jadvaldagi ma’lumotlar yuzasidan lotareya o’yini o’tkaziladi. Bunda o’quvchi o’qituvchi tomonidan berilgan savolning javobini o’sha jadvaldan topib belgilashi lozim.To’g’ri javoblarni belgilagan o’quvchilar g’olib hisoblanadi

Metodni soddaligi qo’llash jarayonida o’qituvchiga qiyinchilik tug’dirmaydi, shu sababdan kichik sinflarda ham qo’llash mumkin. Bunda o’quvchi:

o’z ustida ishlaydi, ko’rgan ma’lumotlari yuzasidan fikr yuritib, ularni xotirasida saqlab qolishga harakat qiladi;

sinfdoshlari fikrini tinglaydi, mulohaza qilib ularni davom ettiradi;

olgan bilimini sinaydi, mehnatini baholashni o’rganadi;

Metoddan muntazam foydalanish o’quvchilarni darsdagi faolligini va fanga bo’lgan qiziqishini orttiradi. Metodni o’ziga xos bir necha bosqichlardan iborat ekanligi, o’yin tarzida olib borilishi o’quvchini zerikib qolmasligini ta’minlaydi.

Ushbu metoddan darsning mustahkamlash bosqichida vatakrorlash darslarida foydalanish ko’proq samara beradi. Bunda o’qituvchi bir paytning o’zida o’quvchi bilan ham individual, ham guruhda ishlash imkoniga ega bo’ladi va oxirida ularning bilimini sinovdan o’tkazadi. Sinov natijalarini e’lon qilish va keltirilgan to’g’ri javoblarni izohlash bilan mavzu yanada mustahkamlanadi shu orqali qolgan ba’zi bo’shliqlar ham to’ldiriladi.

Nargiza Safarova, Buxoro viloyati G’ijduvon tumani 63-IDUMIning tarix fani o’qituvchisi


Об углубленном изучении темы с использованием методик «Трех корней проблемы» и «Мнемоники разума»
рекомендую две технологии, служащие для повышения эффективности обучения при преподавании сложных тем на уроках истории . Этими технологиями являются «Три корня проблемы» и «Мнемоника разума».
«Три корня проблемы»
Решение любого сложного вопроса или проблемы зиждется на нескольких основах. Решение проблемы должно начинаться с этого маленького корня.
Я также сначала сосредоточился на корне сложных тем на уроках истории, что, в свою очередь, разделило его на условную тройку. Спонтанно я попытался облегчить поиск решения трех меньших проблем. Общеизвестно, что одной из трудностей усвоения уроков истории является знакомство с историческими личностями, историческими годами и датами, а также многими историческими терминами. Трудно запомнить их все четко, не перепутав.
В технологии «Три корня проблемы» я стремился решить эту проблему.
Каждое решение задачи направляет студента на работу от простого к сложному. Но при этом необходимо обращать внимание на непротиворечивость решений задач, чтобы они дополняли друг друга, были взаимосвязаны.
Задача 1 Историческое лицо:
Во-первых: читатель определяет период, в котором жила историческая личность.
Второе: историческое лицо узнает о проделанной им работе или информацию о нем.
Третье: последователи, ученики, потомки исторической личности узнают о продолжателях династии
Задача 2 Дата Дата:
Первое: определяется, что произошло с историческим лицом в этот исторический век или дату.
Во-вторых: Полная информация о событии заполняется датами, связанными с датой, указанной здесь.
Третье: Он узнает, что произошло в мировой истории (Узбекистан) во время или дату этого события.
Задача 3 Исторический термин
Первое: дается объяснение исторического термина
Во-вторых: лексическое значение исторического термина, от которого он образован.
Третье: историческое значение приведенного термина и его применение в повседневной жизни.
Удобство технологии «три корня проблемы» заключается в том, что она дает новые знания и понимание на любом типе урока; повторение и историю также можно взять в качестве контрольной работы на углубленных занятиях.
«Три корня проблемы» можно использовать на протяжении всего урока, а также на протяжении всего урока.
В процессе закрепления темы урока и применения ее к этапу домашнего задания учащийся сначала ищет разные источники, общается, мыслит, развивает устную речь, главное, понимает историческую действительность и объясняет ее в логической последовательности. формируется компетенция работы с историческими источниками и литературой.
Использование метода «Три корня проблемы» при объяснении сложных тем учащимся повышает интерес учащихся к истории, обеспечивая соответствие исторических знаний, умений, умений, компетенций учащихся требованиям СНТ.
«Мнемоника разума»
Мы следим за усвоением студентами предмета, анализируем результаты тестов, полученные по пройденным темам в конце каждого семестра, и выявляем пробелы в их знаниях. На основании этого будут разработаны мероприятия. Но это не всегда решает проблему. Поскольку тема, отмеченная пробелами, уже была освещена, невозможно посвятить дополнительные часы ее повторному объяснению. Кружковые занятия, с другой стороны, не полностью охватывают студента. Об актуальности данного вопроса свидетельствуют проверки Инспекции образования, а также результаты внешнего и внутреннего мониторинга. Так когда и как заполнить пробел в знаниях ученика?Я думаю, что пробел должен быть восполнен на самом уроке. Для этого я хотел бы предложить метод «Мнемоника ума».Этот метод включает в себя несколько этапов, которые проводятся в три этапа.
Мнемоника (греч. искусство запоминания) Система методов, облегчающих припоминание и расширение памяти за счет создания искусственных ассоциаций. Метод механического запоминания ориентирует на осмысление и запоминание в методе «Мнемоника ума», этот метод в основном помогает восполнить выявленные пробелы в знаниях учащихся.
На первом этапе учащимся выдается таблица с важной информацией по пройденной теме, и учащийся пытается запомнить эту информацию в течение 1-2 минут. Данных в таблице должно быть не меньше 9 и не больше 15.
На втором этапе у учащихся берется информационный лист, в котором информация проговаривается учащимися в виде цепочки. Условие состоит в том, что первый ученик должен повторить информацию, а второй ученик должен повторить информацию, а третий ученик должен повторить информацию предыдущих 2 друзей, зи также должен будет сказать больше, а остальные продолжат. Если он путает информацию или не добавляет ее сам, этот студент выбывает из игры.
На третьем этапе проводится лотерея на основе данных этой таблицы. В этом случае учащийся должен найти ответ на поставленный учителем вопрос в той же таблице.Учащиеся, отметившие правильные ответы, становятся победителями.
Простота метода не вызывает затруднений у учителя в процессе применения, поэтому его можно использовать даже в небольших классах. В этом случае читатель:
работает над собой, обдумывает увиденную информацию и старается ее запомнить;
прислушивается к мнению одноклассников, продолжает размышлять над ними;
проверяет полученные знания, учится оценивать свою работу;
Регулярное использование метода повышает активность учащихся на уроках и их интерес к науке. Тот факт, что метод состоит из нескольких уникальных этапов, выполненных в игровой форме, гарантирует, что читатель не заскучает.
Использование этого метода на уроках повторения на этапе закрепления урока более эффективно. При этом преподаватель имеет возможность работать со студентом как индивидуально, так и в группах, а в конце проверяет его знания. Объявление результатов теста и интерпретация правильных ответов дополнительно укрепляют тему и заполняют некоторые из оставшихся пробелов.
Наргиза Сафарова, учитель истории ИДУМИ 63 Гиждуванского района Бухарской области

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    8 sinf oyinlari bormi

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: