RENESSANS — TA’LIM ISLOHOTLARI POYDEVORDIR

“Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi” (yunon faylasufi Aristotel)
RENESSANS — TA’LIM ISLOHOTLARI POYDEVORDIR
Telegramda o'qish

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning keng ko‘lami ta’lim tizimi bilan bog‘liqligi hech kimga sir emas. Bunday islohot maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimidan boshlandi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilar tayyorlashning mexanizmi yangi pog‘onaga ko‘tirildi. Bu borada qisqa fursatda keng ko‘lamli natijalarga erishildi.
Bundan tashqari aytishimiz mumkin bo‘lgan islohotlardan biri shuki, 11 yillik maktab ta’limiga qaytilishi bolalarimizning ta’lim olish sifati va tarbiyasini yanada ko‘tarish imkonini berdi. Umumiy o‘rta ta’limdagi o‘zgarishlar ham jadallik bilan ketmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish tizimi rivojlangan xorijiy davlatlarnng ilg‘or tajribalari asosida qayta tashkil etilmoqda. Milliy ta’zim tizimini isloh qilish yorqin kelajak sari zafarli qadamlardan biri hisoblanadi, albatta.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida so‘zlagan nutqida Yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyasini qabul qilishga oid O‘zbekiston tashabbusiga yana bir bor jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratganliklari tahsinga loyiq. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ta’lim tizimini isloh qilinayotganligini, bu borada yoshlarga oid davlat siyosatining roli va ahamiyatini xalqaro miqyosda namoyon qilish imkonini beradi.
Davlatimiz rahbari aytganlaridek, “Yoshlar huquqi deganda, biz, birinchi navbatda, ularning tinch va sog‘lom yashash hamda ta’lim olishga bo‘lgan to‘laqonli huquqini tushunamiz. Shu bois, unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo‘lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta’lim olishini ta’minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi”.
Hozirgi pandemiya davrida ko‘pgina davlatlarda iqtisodiy nochorlik kuzatilayotgan bo‘lsada, lekin O‘zbekiston Respublikasida ta’limga bo‘lgan e’tibor va uni rivojlantirish harakatlari yanada jadal tus olmoqda. Bunday harakatlardan jahon hamjamiyati ham lol qolmoqda. Jumladan, mazkur uquv yili boshlanishida qariyb 650 ming nafar 1-sinf o‘quvchisiga Prezident sovg‘alari sifatida 72 milliard so‘mlik o‘quv qurollari topshirildi. Shuningdek, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning farzandlari va nogironligi bo‘lgan bolalarga qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollaridan iborat 426 milliard so‘mlik moddiy ko‘mak berildi. Ayni vaqtda, bugungi vaziyatdan kelib chiqqan holda, o‘quvchi va pedagoglarning salomatligini asrash maqsadida maktablarni zarur tibbiy va antiseptik vositalar bilan ta’minlash uchun Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasidan 17 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda maktab ta’limi umummilliy harakatga aylanib, soha rivojida yangi davr boshlanganidan xabardormiz. Ana shu harakatning amaliy ifodasi sifatida so‘nggi ikki yilda 556 milliard so‘m mablag‘ hisobidan 77 ta yangi maktab qurildi. 1 ming 930 ta maktabda qayta qurish va ta’mirlash ishlari bajarildi. Shu bilan birga, xususiy ta’lim tizimiga keng yo‘l ochilmoqda. Bu borada lisenziya olish tartibi soddalashtirildi. O‘tgan uch yil davomida ularning soni 6 marta oshib, 140 taga yetgani diqqatga sazovordir. Matematika hamda kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi. Ularga asosan har bir tuman va shaharda ana shu fanlarga ixtisoslashgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Shu yilning o‘zida matematika yo‘nalishida 56 ta, kimyo-biologiya yo‘nalishida 27 ta maktab tashkil etilgani bu ishlarning boshlanishidir. Pandemiya davrida bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish qahramonona harakat, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Uchinchi Renessans masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, strategik vazifa singari milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilmoqda. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni deb baholadilar, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev. Shu munosabat bilan ham ta’lim tizimi tarixida birinchi marotaba 14 nafar sinf rahbari davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlandi. O‘qituvchilarning huquqlari davlat himoyasida bo‘lishini, ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashuv, boshqa ishlarga jalb qilish javobgarlikka sabab bo‘lishi masalasiga qat’iy to‘xtalib o‘tildi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish mumkinki, o‘qituvchi-professorlarga bo‘lgan e’tibor – yorqin kelajakka bo‘lgan e’tibor deb ta’riflash mumkin.
So‘nggi 4 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi. Professor-o‘qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori 2018 yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Bu yildan boshlab 10 ta oliy ta’lim muassasasi o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazildi. Shu jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti ham o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan tizim asosida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonida belgilab qo‘yilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda Toshkent davlat yuridik universiteti jonbozlik ko‘rsatmoqda, deb aytish mumkin. Universitetimiz xalqaro oliy ta’lim makoniga qo‘shila boshladi. Jumladan:
— Xalqaro (IAU) va Yevropa (EUA) universitetlar assosiasiyalari, Xalqaro (IALS) va Yevropa (ELFA) yuridik maktablari assosiasiyalari, Observatory Magna Charta Universitatum kabi nufuzli tashkilotlarga a’zolikka qabul qilindi;
— O‘quv reja va dasturlari eng ilg‘or xorijiy tajriba asosida tubdan qayta ishlandi, o‘qitishning zamonaviy uslublari keng joriy etilmoqda. O‘quv jarayonini to‘la raqamlashtirish va zamonaviylashtirishga qaratilgan “Elektron universitet” (E-University) tizimi ishga tushirildi;
— Xorijiy hamkorlar bilan “ikki tomonlama diplom” (double degree) taqdim etishni nazarda tutuvchi qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etilmoqda;
— Universitet ilmiy salohiyati 38 foizga yetib, professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan nufuzli Scopus xalqaro ilmiy bazasiga kiritilgan jurnallarda 70 dan ortiq maqolalar chop etildi.
Yurtboshimiz tomonidan e’tirof etilgan Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda Biz – uqituvchi-professorlar Hukumatimiz tomonidan, Universitetimiz rahbariyati tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan foydalangan holda bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz.
Sarbon Uralov Sardorovich,
Toshkent davlat yuridik universiteti
 Jinoyat-prosessual huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Manba: Aniq.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: