Yangi O‘zbekiston universitetida kimlar grantda o‘qishi mumkin?

Yangi O‘zbekiston universitetida kimlar grantda o‘qishi mumkin

6 toifadagi yoshlar Yangi O‘zbekiston universitetida grant asosida o‘qishi mumkin. Kontrakt miqdori qariyb 50 mln so‘m bo‘lishi haqidagi ma’lumot oliygoh rasmiy saytidan olib tashlandi.

Yangi O‘zbekiston universitetida iqtidorli talabalarning ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat grantlari tatbiq etiladi. Bu haqda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat grantlari quyidagilarga beriladi:

• xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advancyed Placyement, International Advancyed Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilari;

• universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblari;

• universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari;

• agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilari;

• universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston fuqarolari.

Universitetda ta’lim jarayoni 2021/22 o‘quv yilidan boshlanadi hamda davlat va ingliz tillarida, kredit-modul tizimi asosida olib boriladi.
2021/22 o‘quv yili uchun arizalar qabuli 15 iyuldan 31iyulga qadar, onlayn shaklda, newuzbekistanuniversity.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Yangi O‘zbekiston universiteti Myunxen texnika universiteti (TUM International GmbH) bilan hamkorlik qiladi, Massachusets Texnologiya instituti (J-WELL Abdul Latif Jameel World Education Lab) bilan o‘quv dasturlari ishlab chiqish, almashish va malaka oshirish doiralari bo‘yicha va Kembrij universiteti (Cambridge Assessment International Education) bilan kirish imtihonlarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlik olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, kecha bu yangi OTMda o‘qish uchun bir yillik kontrakt to‘lovi qariyb 50 mln so‘m bo‘lishi e’lon qilingan edi. Bu ijtimoiy tarmoqlarda salbiy qarshi olingach, universitet rasmiy saytidan bu axborot olib tashlandi.
Yangi O‘zbekiston – davlat oliy ta’lim muassasasi sanaladi. Universitet kampusi qayerda qurilishi hozircha ma’lum emas.
Prezident qaroriga asosan, yangi bino qurilgunga qadar, universitet Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bo‘sh maydonlarida vaqtinchalik joylashadi.


Молодежь 6 категории может обучаться в Новом узбекском университете на грантовой основе. С официального сайта вуза удалена информация о контракте на сумму около 50 млн сумов.

В новом университете Узбекистана будут введены государственные гранты для поддержки образования талантливых студентов. Об этом сообщил Президент, сообщает пресс-служба Агентства творческих и специализированных школ.
Было отмечено, что государственные гранты предоставляются:

• Выпускники Президентских школ с дипломом или сертификатом соответствующих программ международного уровня (International Baccalaureate, Advanced Placyement, International Advanced Levels);

• Победители Международной математической олимпиады (IMO), Международной олимпиады по физике (IPHO), Международной олимпиады по химии (ICHO), Международной олимпиады по биологии (IBO), Международной олимпиады по информатике (IOI), успешно сдавшие вступительные экзамены в университеты;

• дети из семей, успешно сдавших вступительные экзамены в вузы и включенных в «Единый реестр социальной защиты»;

• выпускники этих школ на основании вступительных испытаний в соответствии с параметрами приема, выделенными для творческих и специализированных школ в агентской системе;

• Граждане Узбекистана с высокими баллами на вступительных экзаменах в вузы.

Учебный процесс в университете начнется в 2021/22 учебном году и будет вестись на государственном и английском языках, по кредитно-модульной системе.
Заявки на 2021/22 учебный год будут приниматься с 15 по 31 июля онлайн на сайте newuzbekistanuniversity.uz.
New Uzbekistan University также сотрудничает с Мюнхенским техническим университетом (TUM International GmbH), Массачусетским технологическим институтом (J-WELL Abdul Latif Jameel World Education Lab) в области разработки учебных программ, обмена и обучения, а также сотрудничает с Университетом им. Кембридж (Cambridge Assessment International Education) для разработки вступительных экзаменов.
Напомним, вчера было объявлено, что ежегодная стоимость контракта на обучение в этом новом вузе составит около 50 миллионов сумов. Эта информация была удалена с официального сайта университета после того, как ее негативно восприняли в социальных сетях.
Новый Узбекистан является государственным высшим учебным заведением. Пока неизвестно, где будет расположен кампус университета.
Пока новое здание не будет построено, университет будет временно размещаться на освободившихся площадях Университета мировой экономики и дипломатии, согласно указу президента.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: