Yangi qaror: matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi

Yangi qaror: matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi
Telegramda o'qish

Endi har bir tuman (shahar) da matematikaga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi ko’zda tutilmoqda.

“Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi, — deya xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy sayti.

Qarorga muvofiq, matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini rivojlantirish hamda yangi maktablarni tashkil etish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Qarorga ko‘ra, har bir tumanda (shaharda) matematika fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar (Ixtisoslashtirilgan maktablar) bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda maktab direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi.

Matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi.

Matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli OTMlarning matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.


Теперь в каждом районе (городе) планируется создание школ с математическим уклоном.

Принят Указ Президента «О мерах по повышению качества образования по математике и развитию научных исследований», сообщается на официальном сайте Миннародного образования.

Согласно постановлению, определены приоритеты повышения качества образования по математике, развития исследований и внедрения научных разработок.

Одним из приоритетов является внедрение современных педагогических технологий для формирования первых математических представлений у дошкольников, развитие школ математического профиля в регионах и создание новых школ.

Согласно решению, в каждом районе (городе) будут постепенно создаваться школы с углубленным изучением математики (специализированные школы).

В специализированных школах директор школы является советником соответствующего районного (городского) акима по вопросам внедрения математических методов и моделей в экономические и управленческие процессы.

Занятия с углубленным изучением математики организуются поэтапно, исходя из потребностей и способностей учащихся.

Учащиеся специализированных школ отбираются на конкурсной основе в установленном порядке.

Выпускники классов с углубленным изучением математики будут допущены к изучению математики в соответствующих вузах по установленным для них целевым параметрам.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: