Prezident yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi

Prezident yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi
Telegramda o'qish

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–637, 23.09.2020) Prezident tomonidan imzolandi.

Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

✅ Yangi tahrirdagi Qonunda o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim turlari to‘g‘rsida ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tilgan.

👉 O‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladi.

👉 Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratiladi:

➖ Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshiriladi;

➖ O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi;

➖ O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

👉 Oliy ta’lim bo‘yicha:

➖ oliy ta’limni kunduzgi shakldan tashqari kechki, sirtqi va masofaviy shakllarda olish mumkinligi;

➖bakalavriat ta’lim yo‘nalishida ta’lim olishning eng kam muddati 3 yil, magistraturada 1 yil bo‘lishi;

➖oliy ta’lim muassasalariga kredit tizimi asosida ta’lim jarayonini tashkil etish imkoniyatining berilishi mustahkamlab qo‘yildi.

👉 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo‘yicha:

➖- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi, shuningdek, harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim olishning o‘ziga xos xususiyatlari;

➖oliy ta’limdan keyingi ta’limni olish muddatlari belgilandi.

❗️Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladi.

Mazkur Qonun qabul qilinishi bilan,1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlar o‘z kuchini yo‘qotdi.

❇️ Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Комментарии: 2
  1. Firuza

    Qachon Oliy ta’lim ochiladi shundan gapiriyla.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Hozircha aniq gap yo’q

Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: