Yozuv, yozuvning paydo bo’lishi, O’zbekistonda yozuv, qadimgi yozuvlar

Yozuv, yozuvning paydo bo’lishi, O’zbekistonda yozuv, qadimgi yozuvlar

E’tiboringizga yozuv haqidagi ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz.

Ilk yozuvning paydo bo‘lishi

Yer yuzida ilk yozuv belgilari dastlab Osiyo va Shimoliy Afrika (qadimgi Misr) xalqlari tomonidan yaratilgan.
O‘tmish tarix, odamlar yaratgan hayotiy tajriba va bilimlar, kashfiyotlar  ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib keldi.
Yozuv – kishilar o‘rtasidagi aloqaga xizmat qiladigan yozma belgilar tizimidir.
Yozuv bugungi shaklidagi ko‘rinishga ega bo‘lgunicha uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
Misr iyerogliflari
Olimlar dastlabki yozuvlarni uzoq vaqtgacha o‘qiy olmadilar. Chunki, bu yozuvlar bugungi yozuvlardan keskin farq qilgan. Ular aslida harf bo‘lmasdan, biror ma’noni anglatuvchi qandaydir belgilardan iborat bo‘lgan. Ikkinchidan, ular bugungi kunda hech kim gaplashmaydigan tillarda yozilgan. Shunday bo‘lsa-da, olimlar tinimsiz izlanishlari natijasida  ularning ko‘pchiligini o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.

Qadimgi yozuvlar va ularning turlari

Olimlar qadimgi yozuvlarni bir necha turlarga bo‘lganlar. Ulardan dastlabkisi «eslatuvchi belgilar» deb yoki chig‘anoqlardan foydalanilgan. Ajdodlarimiz yozuvning «buyumli yozuv» deb ataluvchi turidan ham foydalanganlar. Masalan, qo‘rg‘on rasmi marhum ko‘milgan joyni, nontuz esa do‘stlikni anglatgan. Qadimgi yozuvning yana bir turi «rasmli yozuv» edi. Qadimgi ajdodlarimiz turli hayvonlarning rasmlarini toshlarga, suyaklarga va g‘orlarning devorlariga o‘yib tushirganlar. Ular faqat rasmgina
bo‘lib qolmay, biror holatni  anglatuvchi o‘ziga xos axborot ham edi.
Hayot rivojlanib borgani sari rasmli yozuvlar kishilar ehtiyojini qondira olmay qoldi. Ular ancha mukammalroq yozuvga ehtiyoj seza boshladilar. Natijada yozuvning  yangi  turi – «So‘z yozuvi» shakllandi. Qadimgi Misr hamda Xitoy iyerogliflari, Shumer mixxati va boshqalar buning dastlabki namunalari bo‘ldi.
Xitoy iyerogliflari
Biroq, iyerogliflar bilan yozish oson ish emas, chunki ko‘p miqdordagi iyerogliflarni
yodda saqlab qolish og‘ir edi. Hayot endi «alifboli yozuv» kashf etilishini talab  qila boshladi.

Alifboning vujudga kelishi

Siz maktabingizning 1-sinfiga qabul qilinganingizda qo‘lingizga ushlagan birinchi kitobingiz «Alifbe» bo‘lganligini eslasangiz kerak. U boshlang‘ich savod chiqarish kitobi edi. Alifbo arabcha «alif» va «bo»  harflarining o‘zbek tilida qo‘shib aytilishidir.
Alifbo – biror tilning yozuvi uchun qabul qilingan va qat’iy ketmaketlikda joylashtirilgan yozma belgilardir. Bu belgilar harf deyiladi. «Alifbo» so‘zi esa arab alifbosining birinchi harfi (alif) va ikkinchi harfi (bo)ning qo‘shib aytilishidan hosil bo‘lgan so‘zdir.
Dunyoda birinchi alifboni, ya’ni harfli yozuvni miloddan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalarida qadimgi finikiyaliklar yaratishdi va u  finikiy yozuvi deb ataldi.
Finikiy alifbosi
Finikiy alifbosi 22 ta harfdan iborat bo‘lib, u o‘ngdan chapga qarab yozilgan. Finikiy tilidagi so‘zlarni shu 22 ta harf bilan yoza olish ulkan hodisa edi. Finikiy yozuvi boshqa mamlakatlarda ham tez tarqala boshladi. Ular finikiy alifbosini o‘z tillariga moslashtirib oldilar. Dunyodagi hozirgi yozuvlarning beshdan to‘rt qismidan ko‘prog‘ining asosida finikiy yozuvi yotadi.
Hatto hozirgi kundagi lotin va  kirill yozuvlari ham finikiy yozuvidan kelib chiqqan.
Miloddan avvalgi IV–III asrlarda lotin alifbosi yaratildi. U bir necha asrlardan so‘ng G‘arbiy
Yevropaning ko‘plab xalqlari yozuviga asos bo‘lib xizmat qildi. Keyinchalik esa arab alifbosi yaratildi. Rus alifbosi kirillitsa deb atalgan eski slavyan alifbosi asosida vujudga keldi. Eski slavyan alifbosini qadimgi Vizantiyalik aka-uka Kirill va Mefodiylar IX asrda qadimgi yunon alifbosi asosida yaratdilar. Yaratilgan yangi alifbo Kirillning sharafiga kirillitsa deb ataldi. X asr oxirlarida qadimgi Kiyev Rusi davlati ham bu yangi alifboni  qabul qildi va u rus tiliga moslashtirildi. Hozirgi zamon kirill-rus alifbosida  33 ta harf va 2 ta belgi mavjud.

O‘zbekistonda yozuv

O‘zbek xalqi qadim zamonlardan beri turli yozuvlardan foydalanib keldi. Bular xorazm, sug‘d, urxun-yenisey, arab, kirill-rus va lotin  alifbolariga asoslangan yozuvlardir.
Xorazm va sug‘d yozuvlaridan ajdodlarimiz deyarli ming yil davomida foydalandilar. Sug‘d alifbosi dastlab 23 ta harfdan iborat bo‘lgan. Bu alifboda so‘zlar o‘ngdan chapga qarab yozilgan. O‘zbekistonda bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanilmoqda.


Предлагаем вашему вниманию информацию о рекорде.

Внешний вид первой записи

Первые письменные знаки на земле изначально были созданы народами Азии и Северной Африки (Древний Египет).
История прошлого, человеческий жизненный опыт и знания, открытия передавались от предков к поколениям в письменной форме.
Письменность – это система письменных символов, используемая для общения между людьми.
Запись прошла долгий путь в своем нынешнем виде.

Ученые долго не могли прочесть первые записи. Потому что эти рекорды сильно отличались от сегодняшних рекордов. Это были не буквы, а символы. Во-вторых, они написаны на языках, на которых сегодня никто не говорит. Однако в результате своих неустанных исследований ученым удалось прочесть многие из них.

Древние надписи и их виды

Ученые разделили древние письмена на несколько типов. Первые из них использовались как «напоминания» или оболочки. Наши предки также использовали тип письма, называемый «письмом по частям». Например, изображение замка символизирует место захоронения усопшего, а хлеб символизирует дружбу. Еще одним видом древнего письма было «живописное письмо». Наши древние предки вырезали изображения различных животных на камнях, костях и стенах пещер. Это просто картинки
дело было не только в информации.
С течением времени изобразительное письмо больше не могло удовлетворять потребности людей. Они начали ощущать потребность в гораздо более совершенной записи. В результате был создан новый тип письма — «письмо слов». Примерами этого являются древнеегипетские и китайские иероглифы, шумерская клинопись и другие.

Однако писать иероглифами непросто из-за большого количества иероглифов.
Это было трудно вспомнить. Теперь жизнь стала требовать изобретения «алфавита».

Появление алфавита

Возможно, вы помните, что первой книгой, которую вы взяли в руки в первом классе своей школы, была «Алфавит». Это был учебник для начальной школы. Алфавит представляет собой сочетание арабских букв «алиф» и «бо» на узбекском языке.
Алфавит – это набор письменных знаков, принятых для письменности языка и расположенных в строгой последовательности. Эти символы называются буквами. Слово «алфавит» представляет собой сочетание первой буквы (алиф) и второй буквы (бо) арабского алфавита.
Первый в мире алфавит, алфавитное письмо, был создан древними финикийцами в середине 2-го тысячелетия до нашей эры и получил название финикийское письмо.

Финикийский алфавит состоит из 22 букв, написанных справа налево. Это был отличный опыт — писать финикийские слова этими 22 буквами. Финикийская письменность стала быстро распространяться и в других странах. Они адаптировали финикийский алфавит к своему языку.Сегодня более четырех пятых письмен мира основаны на финикийском письме.
Даже современные латиница и кириллица произошли от финикийской письменности.
В IV-III веках до нашей эры был создан латинский алфавит. Прошло несколько столетий с тех пор, как Запад
Она послужила основой для письменности многих европейских народов. Позже был создан арабский алфавит. Русский алфавит основан на старославянской азбуке, называемой кириллицей. Древнеславянский алфавит был создан древними византийскими братьями Кириллом и Мефодием в IX веке на основе древнегреческого алфавита. Созданный новый алфавит был назван кириллицей в честь Кирилла. В конце Х века древнерусское Киевское государство также приняло этот новый алфавит, и он был адаптирован к русскому языку. Современный кириллицо-русский алфавит состоит из 33 букв и 2 знаков.

Письмо в Узбекистане

Узбекский народ с древних времен использовал разные письменности. В их основе лежат хорезмийский, согдийский, урхунско-енисейский, арабский, кириллицо-русский и латинский алфавиты.
Хорезмская и согдийская письменность использовалась нашими предками почти тысячу лет. Согдийский алфавит изначально состоял из 23 букв. Слова в этом алфавите пишутся справа налево. Сегодня в Узбекистане используется узбекский алфавит на основе латиницы.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: