“Elektron ta’lim” imkoniyatlari

“Elektron ta’lim” imkoniyatlari haqida maqola chop etildi

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining shu yil 12 avgust sonida TDYUU professori v.b, yuridik fanlar doktori Xurshida Abzalovaning “Elektron ta’lim” imkoniyatlari” nomli maqolasi chop etildi.

Milliy ta’lim tizimining xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi yo‘lidagi sa’y-harakatlar bugungi jadal islohotlarda o‘z ifodasini topmoqda. Xususan, oliy ta’limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasi va boshqa bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilingani bunga yorqin misoldir.
Prezidentimizning 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni soha rivojida muhim qadam bo‘ldi.
“Elektron universitet” (E-University) tizimini joriy etgan holda, ochiq, shaffof, sub’ektivlik va suiiste’molchilikdan xoli ta’lim muhitini yaratish kabi ustuvor vazifalar ijrosi Toshkent davlat yuridik universiteti faoliyatida ham o‘z aksini topmoqda. Hozirgi kunda universitet professor-o‘qituvchilari masofadan turib onlayn va oflayn tarzda videodars, audiodars, elektron kitob va o‘quv materiallari asosida ta’lim bermoqda.
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab joriy etilgan kredit-modul tizimi (ECTS Yevropa kredit tizimi)ning nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar faoliyati, o‘z vazifasiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’sirini his qilmaslik mumkin emas.
Bu tizim mashg‘ulotlar sifati va samarasini keskin oshirish barobarida talabalar bilimini baholashda ham ob’ektivlik va shaffoflik ta’minlanishining kafolati bo‘lyapti.
Nazorat turlari — sinov va imtihonlarni olish va baholash tartibi maxsus elektron tizim orqali amalga oshirilishi, bunda talaba ism-sharifi yashirilgan holda tekshirishga berilishi, bu jarayon elektron tizimda shaffof namoyon bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan baho hamda ish yuzasidan sharh talabaga darhol ko‘rinishi har qanday noxolislikning oldini oladi.
Universitetda o‘quv va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quv jarayoni uchun qator elektron tizimlar joriy qilingan. Talabalar uchun har qanday masala yuzasidan elektron murojaat qilish imkoniyati yaratilib, “yagona darcha” tamoyili asosida faoliyat yurituvchi Talabalarga xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi. Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari hamda ilmiy rahbarlarni tanlash elektron tizimi, to‘lov shartnomasini elektron ravishda olish hamda to‘lov bo‘yicha qarzdorlikni nazorat qilib borish mexanizmi ishga tushirildi.
Universitetning masofaviy ta’lim platformasi (https://distant.tsul.uz) dunyo bo‘yicha e’tirof etilgan Moodle (ob’ektga yo‘naltirilgan dinamik ta’lim muhiti) tizimida yo‘lga qo‘yilib, yanada takomillashtirildi. Jumladan, ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun videochat (Big Blue Button) va Zoom dasturiy vositasi, nazorat ishlarini topshirish hamda ularni antiplagiat tizimdan o‘tkazish mexanizmlari integratsiya qilindi. Ta’lim platformasiga 21 mingdan ortiq elektron kontent (videoma’ruza, audio, elektron adabiyotlar, ma’ruza matnlari, test va topshiriqlar, qo‘shimcha amaliyot materiallari) joylashtirildi.
Bundan tashqari, universitet elektron kutubxonasi ham tashkil etilib, unda 10 mingdan ziyod manba joylashtirildi, huquqshunoslar uchun mo‘ljallangan WestLaw, LexisNexis va JSTOR xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Universitet tomonidan yangi avlod darsliklarini yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Yangi ishlab chiqilgan talablar, xorijiy adabiyotlar namunalari asosida hamda xorijiy professorlarni jalb etgan holda, darsliklar tayyorlash ishlari, shuningdek, Oksford va Kembrij kabi xorijiy nashriyotlar bilan shartnomalar tuzilib, ularning eng mashhur huquqiy adabiyotlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida har yili 20 dan ortiq dars lik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etib borilmoqda.
Start-up ekotizimini yaratish maqsadida TDYUUda Legal Tech laboratoriyasi tashkil etilgan. U yoshlarning startap loyihalarini axborot-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Hozirgi kunda laboratoriya tomonidan Huquqiy shahar elektron platformasi va mobil ilovasi ishlab chiqildi. Mobil ilova Google Play Market platformasiga joylashtirildi hamda yuklab olish imkoniyati yaratildi. Platforma orqali universitetda tayyorlangan dolzarb mavzulardagi 20 ta ilmiy-ommabop risola joylashtirildi. Bundan tashqari, platformada fuqarolarga huquqiy sohaga oid savol yuborish ham mumkin. Hozirgi kunda fuqarolardan Huquqiy shahar mobil ilovasi orqali kelib tushgan savollar bo‘yicha huquqiy asoslangan tushuntirishlar berib borilmoqda.
Universitet ta’lim platformasi orqali o‘quv jarayoni onlayn darslar uchun barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda va ta’lim sifatini oshirmoqda. Ushbu platformada ma’ruzalar hamda amaliy mashg‘ulot va seminarlar uchun forum ochishda Big Blue Button imkoniyatlaridan foydalanilmoqda. Kredit-modul tizimining asosiy kriteriysi talabalarning mustaqil ta’lim olishi bo‘lib, buning uchun barcha manbalar platformaga joylashtirilgan.
Shuningdek, mustaqil ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlarni platforma orqali avtomatik baholash imkoniyati mavjud. Darsda qatnashmagan yoki darsni o‘zlashtira olmagan talaba professor-o‘qituvchilar ma’ruzalarini qayta ko‘rish imkoniyatiga ega. Forum vositasida onlayn muloqot qilish barcha muammolarni birgalikda hal etishga yo‘l ochadi.
“Elektron ta’lim” sohasida Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Daniya va Rossiya kabi davlatlar tajribasida axborotlashtirishning asosiy maqsadi, birinchi navbatda, ta’lim sifatini oshirishga, so‘ng esa jarayonlarni avtomatlashtirish orqali oliy ta’lim muassasasi xodimlari va professor-o‘qituvchilari faoliyatida ko‘p takrorlanadigan vazifalar uchun ketadigan vaqtni tejashga qaratilgan. Ta’lim sifatini oshirishda asosiy e’tibor ta’lim kontentlarini yaratish va ulardan ochiq foydalanishni tashkil etishga ahamiyat beriladi.
Muxtasar aytganda, “elektron ta’lim”ning yuridik kadrlarni tayyorlashdagi o‘rni huquqiy ta’limni ixtisoslashtirish va huquqshunos kadrlarni muayyan yo‘nalishlar bo‘yicha tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.


В номере газеты «Новый Узбекистан» от 12 августа была опубликована статья профессора ТДЮУ, доктора юридических наук Хуршиды Абзаловой «Возможности электронного образования».

Усилия по интеграции национальной системы образования в международное сообщество находят свое отражение в сегодняшних стремительных реформах. В частности, ярким примером этого является принятие Концепции развития системы высшего образования Республики Узбекистан до 2030 года и ряда других нормативных документов.
Важным шагом в развитии отрасли стал Указ Президента от 29 апреля 2020 года «О дополнительных мерах по коренному совершенствованию юридического образования и науки в Республике Узбекистан».
Реализация таких приоритетных задач, как создание открытой, прозрачной, свободной от субъектности и злоупотреблений образовательной среды с внедрением системы «Электронный университет» (Е-Университет), также находит свое отражение в деятельности Ташкентского государственного юридического университета. В настоящее время профессора и преподаватели вуза ведут дистанционное обучение онлайн и офлайн на основе видеоуроков, аудиоуроков, электронных книг и учебных материалов.
Невозможно не ощутить положительное влияние введенной с 2020/2021 учебного года кредитно-модульной системы (Европейская кредитная система ECTS) не только на студентов, но и на деятельность и обязанности профессорско-преподавательского состава.
Данная система является гарантией обеспечения объективности и прозрачности оценки знаний студентов при резком повышении качества и эффективности обучения.
Виды контроля — процедура сдачи и выставления оценок зачетов и экзаменов осуществляется через специальную электронную систему, в которой имя студента скрыто для проверки, этот процесс прозрачно отображается в электронной системе, а оценка и комментарии преподавателя к работа предоставляется студенту в непосредственной видимости, что предотвращает любую предвзятость.
Университет уделяет особое внимание цифровизации образовательной и управленческой системы. Для учебного процесса внедрен ряд электронных систем. Для студентов создана возможность обращаться в электронном виде по любому вопросу, создан Центр обслуживания студентов, работающий по принципу «одного окна». Запущена электронная система отбора выпускных квалификационных и магистерских диссертаций и научных руководителей, электронная квитанция договора об оплате, механизм контроля за задолженностью по оплате.
Запущена и усовершенствована платформа дистанционного обучения университета (https://distant.tsul.uz) на всемирно известной системе Moodle (объектно-ориентированная динамическая среда обучения). В частности, интегрированы видеочат (Big Blue Button) и программное обеспечение Zoom для проведения лекционных занятий, сдачи контрольных работ и механизмы их прохождения через систему антиплагиата.На образовательной платформе размещено более 21 000 электронных материалов (видеолекции, аудио, электронная литература, тексты лекций, тесты и задания, дополнительные практические материалы).
Кроме того, создана электронная библиотека университета, где размещено более 10 000 источников, а также создана возможность использования международных баз данных WestLaw, LexisNexis и JSTOR, предназначенных для юристов. Особое внимание университет уделял созданию учебников нового поколения. На основании вновь разработанных требований, образцов зарубежной литературы и с привлечением иностранных профессоров подготовка учебников, а также договоров с зарубежными издательствами, такими как Оксфорд и Кембридж, перевод и издание их наиболее популярной юридической литературы на узбекский язык ведутся год. В результате ежегодно издается более 20 учебников и учебных пособий.
В целях создания стартап-экосистемы в ТДЮУ создана лаборатория Legal Tech. Он направлен на информационно-техническую поддержку молодых стартап-проектов. В настоящее время лабораторией разработаны правовая городская электронная платформа и мобильное приложение. Мобильное приложение размещено на платформе Google Play Market и доступно для скачивания. Через платформу размещено 20 научно-популярных брошюр по актуальным темам, подготовленных в университете. Кроме того, на платформе есть возможность направлять вопросы гражданам в правовом поле. В настоящее время даются правовые разъяснения на вопросы, поступившие от граждан через мобильное приложение «Правовой город».
Учебный процесс через образовательную платформу университета создает все возможности для онлайн-занятий и повышает качество образования. Большая синяя кнопка используется для открытия форума для лекций и практических занятий и семинаров на этой платформе. Основным критерием кредитно-модульной системы является самостоятельное обучение студентов, для чего все ресурсы размещены на платформе.
Также через платформу можно автоматически оценивать знания, полученные в ходе самостоятельного обучения. Студент, не участвовавший в занятии или не сумевший освоить урок, имеет возможность ознакомиться с лекциями профессоров и преподавателей. Онлайн-общение через форум открывает путь к совместному решению всех проблем.
В сфере «электронного образования» по опыту таких стран, как Южная Корея, Великобритания, Дания, Россия, основной целью информатизации является, в первую очередь, повышение качества образования, а затем уже за счет автоматизации процессов, сотрудников и преподавателей высших учебных заведений, направленных на экономию времени, затрачиваемого на повторяющиеся задачи в работе преподавателей. В повышении качества образования основное внимание уделяется созданию образовательного контента и организации его открытого использования.Одним словом, роль «электронного образования» в подготовке юридических кадров важна при специализации юридического образования и подготовке юридических кадров по определенным направлениям.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: